Buxoro viloyati Yuridik texnikumi o’quvchilari “Fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo sudida ”O’tkazgan sayyor dars
Bayonnomasi
17.03.2021y Buxoro shahri
Qatnashdi:
Fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo sudi raisi A.Baxromov ,Buxoro viloyati yuridik texnikumi Xususiy huquqiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi
M. Rajabova hamda 102-guruh o’quvchilari
Кun tartibida:
1.Sud huquq tizimidagi o’zgarishlar hamda umumiy yurisdiksiya sudlari to’g’risida Fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo sudi raisi A. Baxromov ma’ruzasi.
Eshitildi:
Sayyor darsda Fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo sudi rais
A Baxromov so’zga chiqib O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 39-moddasiga ko‘ra, erning nikohdan ajratish to‘g‘risida talab qo‘yishini man etadigan hollar quyidagi asoslar mavjud bo‘lganda, ya’ni xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga haqli emas. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 44-moddasiga ko‘ra, nikohdan ajratish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarish vaqtida sud tomonidan hal etiladigan masalalar belgilangan bo‘lib, nikohdan sud tartibida ajratilayotganda er va xotin voyaga yetmagan bolalari kim bilan yashashi, bolalarga va (yoki) mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj er yoki xotinga ta’minot berish uchun mablag‘ to‘lash tartibi, bu mablag‘ning miqdori yoxud er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishga doir kelishuvni ko‘rib chiqish uchun sudga taqdim qilishlari mumkin. Mol-mulkni bo‘lish uchinchi shaxslarning manfaatiga daxldor bo‘lgan hollarda, sud mol-mulkni bo‘lish talabini alohida ish yuritish uchun ajratadi. Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganida to‘yni o‘tkazishga ketgan sarf-xarajatlarni undirish haqidagi talablar qanoatlantirilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 48-moddasiga ko‘ra, sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilingan yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan er (xotin) qaytib kelgan va tegishli sud qarorlari bekor qilingan hollarda, nikoh er-xotinning birgalikdagi arizasiga ko‘ra fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi tomonidan tiklanishi mumkin. Agar er (xotin) yangi nikohga kirgan bo‘lsa, nikohni tiklash mumkin emas. Bolalarning aliment olish huquqlari hamda ota-onalarning aliment berish majburiyatlari ota-ona g‘amxo‘rligining asosini tashkil etadi. Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish shartligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan. Ota-onaning voyaga yetmagan bolaga aliment to‘lash majburiyati uning bolaga nisbatan g‘amxo‘rlik ko‘rsatish shakli hamda moddiy jihatdan ta’minlash majburiyati sanaladi.
Aliment “alimentium” so‘zidan olingan bo‘lib, “oziq-ovqat, ta’minot” degan ma’nolarni anglatadi. Aliment – voyaga yetmagan bolalarni mulkiy huquqlaridan biri, yashash manbai, ta’minot shakli sanaladi. U bolalarning ota-onasi o‘zaro nikohda yoki nikohda turmasligidan, shuningdek nikohi haqiqiy emas deb topilishidan qat’iy nazar to‘lanadi. Faqat bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasida aliment to‘lovchi ota-ona sifatida ko‘rsatilgan yoki bolaga nisbatan otalik belgilangan bo‘lishi lozim deb ta’kidladi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Qaror qilindi:
1.O’quvchilarning Fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo sudida olgan amaliy bilimlari mustahkamlansin va kelgusida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik davom ettirilsin.
‘’Xususiy huquqiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi ‘’ M. Rajabova
Do'stlaringiz bilan baham: |