X U L O S A
Mustaqil O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tishida xo’jalik yuritishning yangi shakllarini tashkil etish, ularning huquqiy holatini belgilab berish muhim yuridik ahamiyatga ega bo’lib, hozirgi kunda qishloq xo’jalik ^sorxonalari doirasi rivojlanib bormoqda. Ularning tashkil etilishi, faoliyat yuritishi, samarali tashkiliy-huquqiy shaklga qayta tashkil etish usullarini amalda joriy etish yoki ular faoliyatini tugatish masalalari dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, yerga oid huquqiy munosabatlar buzilishi natijasida kelib chiqayotgan qishloq xo’jalik korxonalarini majburiy tugatish hollari xo’jalik amaliyotida uchrab turibdi. Bizningcha mana shunday holatlar bo’yicha ishlarni xo’jalik sudlari tomonidan ko’rib chiqilishida tegishli xududda (ya’ni o’sha yer uchastkasi joylashgan joy) yashovchi fuqarolarning huquqi ustunligiga e’tibor berilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari borayotgan hozirgi vaqtda yuqoridagi holatga o’xshash ba’zi nizolarni joyning o’zida hal etish bilan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organi hamda nizolashayotgan tomon vakillari, shuningdek joylardagi xokimliklar ishtiroki bilan yechish orqali sud prosessini ancha yengillashtirishga erishiladi. Bu organlar (ayniqsa mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan sudlarning) ish faoliyatlarini muvofiqlashtirish yaxshi samara berishi mumkin.
Biz ushbu masalalarni tadqiq qilish davomida, ilmiy nazariy va amaliy jihatdan qo’yidagi xulosalarga keldik:
Birinchidan, qishloq xo’jaligi sohasida olib borilayotgan tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirilishi avvalgi qishloq xo’jalik korxonalarining bozor munosabatlari sharoitlariga moslashtirishga imkon yaratdi. Buning natijasi o’laroq, davlat va jamoa xo’jaliklari o’zlarining tashkiliy-huquqiy maqomini qayta tashkil etish yo’li bilan o’zgartirdi. Ya’ni, ustuvor yo’nalish sanalgan davlat xo’jaliklari, birinchi navbatda zarar keltirayotgan davlat xo’jaliklari qayta tashkil etilib, jamoa xo’jaliklariga aylantirildi. Endilikda esa jamoa xo’jaliklarining o’zi yirik kooperativ xo’jaliklariga (uning tarkibida pudratchi oilaviy jamoalar) aylantirilib, shu singari fermer va dehqon xo’jaliklari faoliyati yanada rivojlanadi. Qishloq xo’jalik kooperativi bir vaqtning o’zida xizmat ko’rsatish kabi ko’shimcha faoliyat turlari bilan ham shug’ullanishi mumkin. Bu ko’proq xizmat ko’rsatuvchi kooperativlarga xosdir. Qishloq xo’jalik xizmat ko’rsatish kooperativlari deganda qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan o’z xo’jaliklarining ishlab chiqarish ehtiyojlari (talablari)ga qo’shimcha xizmat ko’rsatish va uning samaradorligini oshirish uchun tashkil etilgan kooperativlar tushuniladi.
Kelajakda fermer va dehqon xo’jaliklariga ham servis xizmati ko’rsatish maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan mustaqil xizmat ko’rsatish kooperativlar tashkil qilinishi mumkin (texnika xizmati, kimyolashtirish, urug’chilik, naslchilik, veterinariya, konsalting va boshqalar). Bunday servis xizmati ko’rsatuvchi kooperativlar va fermer xo’jaliklarning o’zaro munosabatlari ularning ixtiyoriy a’zoligi yoki shartnoma asosida olib borilishi maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchidan, qishloq xo’jaligida olib borilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida qishloq xo’jalik korxonalarining samarali faoliyat yurituvchi tashkiliy-huquqiy shakli qishloq xo’jalik kooperativi (shirkat xo’jalik), qishloq xo’jalik xizmat ko’rsatish kooperativlari, fermer xo’jaligi, dehqon xo’jaliklari bo’lib qolishiga amin bo’ldik. Biz bunda qishloq xo’jalik korxonalarining boshqa shakllari ham amal qilishligiga qarshi emasmiz. Lekin qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatini samarali rivojlantirish maqsadida bunday korxonalarning turini ko’paytirib yuborish ham yaxshi foyda bermasligi mumkin. Buning o’rniga o’sha biz yuqorida sanab o’tgan xo’jalik shirkati, fermer hamda dehqon xo’jaliklari o’rtasidagi huquqiy munosabatlari, ichki imkoniyatlari hamda yutuqli xususiyatlariga e’tiborni qaratish lozim. Bu hol yuqorida sanab o’tilgan qishloq xo’jalik korxonalarining barqaror rivojlanish darajasiga yetgandan so’ng, ularning o’z erkiga binoan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
Uchinchidan, qayta tashkil etish institutini qishloq xo’jaligi amaliyotida qo’llash yordamida: fuqarolik oborotining barqarorligi saqlanib qolishiga; barcha huquq va majburiyatlar majmuining huquqiy vorisligi ta’minlanishiga; shartnomaviy va ho’jalik aloqalari erkinligi ta’min etilishiga; kreditorlar huquqlari maksimal darajada kafolatlanishiga; qo’shimcha soliq to’lash zarurati yo’qolishiga; vaqtinchalik xarajatlar qisqarishi; ayniqsa qayta tashkil etishning o’zgartirish shaklini qo’llash samarasining yuqoriligi shundaki unda ishlab chiqarish kapitali, moddiy vositalar, asosiy va oborotdagi fondlar to’liq saqlanib qolishiga erishish mumkin.
Fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning majburiyatini muddatidan oldin bekor qilish va zararni qoplash to’g’risidagi kreditorning talabi kim tomonidan qondirilishi va qaysi paytgacha uni ko’rib chiqish mumkinligi bir tomonlama aniqlashtirilmagan. Ya’ni yuridik shaxsning tugatilish jarayonida kreditorlar bilan bo’ladigan munosabatlarni, ularning talab qilish muddatini, shuningdek muddat o’tishining boshlanishi haqida aniq belgilangan bo’lsa, o’zining ba’zi yuridik tabiatiga ko’ra shunga o’xshab ketadigan yuridik shaxsni qayta tashkil etish vaqtida yuzaga keladigan shunday masalalarga z’tibor berilmagan.
Binobarin, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi "Bankrotlik to’g’risida"gi Qonunni 1994 yil 5 mayda qabul qildi va shu yil 26 maydan boshlab kuchga kirdi. Bu qonunning qabul qilinishini ma’lum sabablari bor: birinchidan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tayotgan O’zbekiston Respublikasi uchun ushbu qonunning ishlab chiqilishi bozor munosabatlarini tartibga solishda ayni zarurat edi; ikkinchidan, ko’pgina rivojlangan huquqiy demokratik mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda bozorni sog’lomlashtirish va to’lovga noloyiq korxonalar faoliyatini tugatish; uchinchidan, mamlakatimiz bozor munosabatlariga o’tish jarayonida davlat tasarrufida bo’lgan korxonalar xususiylashtirilib, oqibatda, yangi tashkil etilgan xususiy korxonalar o’z majburiyatlarini bajara olmaslik hollari ko’paydi. Biz yuqorida to’xtalib o’tgan Yevropa mamlakatlaridagi yangi tashkil etilgan korxonalarning bankrotga uchraganlik fakti bunga to’la misol bo’la oladi. Yetuk nemis huquqshunos olimi professor R.Kniper haqli e’tirof etganidek, korxonalarning to’lovga noloyiqligi, bankrotligi muammosi nafaqat O’zbekistonlik yuristlarning, balki nemis yuristlari uchun ham o’ta dolzarb hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
-
Karimov.I.A «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» T: «O’zbekiston» 1992 y
-
Karimov.I.A «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat» T: «O’zbekiston» 1992 y
-
Karimov.I.A «Buyuk maqsad yulidan ogishmaylik» T: «O’zbekiston» 1993 y
-
Karimov.I.A «O’zbekiston iqtisodiy siyosatning ustivor yunalishlari» T «O’zbekiston» 1993 y
-
Karimov.I.A «O’zbekiston: milliy istiqlol,iqtisod, siyosat, mafkura» T: «O’zbekiston» 1993 y
-
Karimov.I.A «Bizdan ozod va obod vatan qolsin» T: «O’zbekiston» 1994 y
-
Karimov.I.A «O’zbekistonnning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» T: «O’zbekiston» 1995 y
-
Karimov.I.A «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir» T: «O’zbekiston» 1995 y
-
Karimov.I.A «Qishloq xo’jaligi taraqqiyoti tukin hayot manbai» T: «O’zbekiston» 1998 y
-
Karimov. I.A. Barqaror taraqqiyotga erishish ustuvor vazifa. -T.: O’zbekiston. 1998. 29 b.
-
Karimov.I.A «O’zbekiston XXI-asrga intilmoqda» Prezident I.A.Karimovning birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n to’rttinchi sessiyasidagi ma'ruzasi. «O’zbekiston» 1999 yil,48
-
Karimov I.A. Tarixiy xotira va inson omili – buyuk kelajagimizning garovidir. Toshkent, 9 may 2012 yil
-
Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. T: O’zbekiston, NMNU, t.19, 2011 yil.
-
Karimov I.A. «O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy – ijtimoiy taraqqiyotining mustaqillik yillaridagi (1990-2010 yillar) asosiy tendensiya va ko’rsatkichlari hamda 2011-2015 yillarga mo’ljallangan prognozlar statistik ma’lumotiga» yozilgan so’z boshi. T., O’zbekiston, 2011 yil
-
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. 2012
-
Zokirov I.B. O’zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi. (1-qism) T. 1996.
-
Ro’zinazarov. Sh.N. Fermer xo’jaliklarining huquqiy holati. // Qonun himoyasida. №4. 2000 y. 13-18 b.
-
Rahmonqulov X.R. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik huquqi. (11-qism). T. 1999.
-
Rahmonqulov X.R. Xususiy mulk va uning daxlsizligi. T. 2000.
-
Rahmonqulov X.R. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: mulk huquqi T. 2002.
-
Rahmonqulov X.R. Fuqarolik huquqining predmeti, metodi va tamoyillari. T. 2003.
-
Mirsaidov. M.S. Tadbirkorlik: nazariya, amaliyot, muammolar. -T.: «O’qituvchi», 1994. 37
-
Ibratov B. Pudrat va qonun. T. 1998.
-
Ro’zinazarov Sh. Bozor sharoitida qishloq xo’jalik ishlab chiqarish tuzilmalarining fuqarolik – huquqiy maqomi. -Т.: Adolat. 1997. - 268 b.
-
Левитин. Л. Узбекистан: на историческом повороте. (Критические заметки сторонника Президента Ислама Каримова). -М:. Вагриус. 2001. С. 208.
-
Степаненко. Е. Правовое регулирования института перевода долга // Хозяйство и право. 2000. № 4. 33 с
-
Salomov.I. Mulkdor kim va u jamiyatga qanday naf keltiradi? Xalq so’zi. 1996. 3 yanvar.
-
Odilqoriyev. X.T. O’zbekiston Respublikasida qonun chiqarish jarayoni. «O’zbekiston», ~T.: 1995. 67 b.
-
Холбоев. С. Б. Право собственности государственньгх предприятий. Материалы прак. конф «Совершенствование законодательства о собственности в условиях рыночной экономики.» -Т.: Из-во. ГТЦ. 1995. С 51.
-
YE.A.Suxanov «Grajdanskoye pravo». 1-2 chast. Izdatelstva «Bek» Moskva-2005 god.
-
Bekmurodov. T.R. Mulkiy munosabatlarda yuridik faktlarning mohiyati. Davlat va huquq. 2000/2. 14 b.
-
O’zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi. Toshkent. 1996 y.
-
O’zbekiston Respublikasi kooperatsiya to’g’risidagi 1991 yil 14 iyun qonuni. (O’zbekiston yangi qonunlari. 3-son, Toshkent. 1992 yil).
-
O’zbekiston Respublikasi jamoat birlashmalari to’g’risidagi 1991 yil 15 fevral qonuni (O’zbekiston yangi qonunlari, 4-son, T. 1993 yil).
-
O’zbekiston Respublikasi ijara to’g’risida 1991 yil 19 noyabr qonuni. (O’zbekiston yangi qonunlari 4-son, T.1993 y).
-
O’zbekiston Respublikasi Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida 1991 yil 19 noyabar qonuni. (O’zbekiston yangi qonunlari 5-son, T. 1993 yil).
-
O’zbekiston Respublikasi dehqon xo’jaligi to’g’risida 1992 yil 3 iyul qonuni. (O’zbekiston yangi qonunlari, 6-son, 1993 yil).
-
O’zbekiston Respublikasi tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslardan ruyxatga olganlik uchun undiriladigan yig’im va bunday shaxslarni ruyxatga olish tartibi to’g’risida 1993 yil 28 dekabr qonuni. (O’zbekiston yangi konunlari, 10-son, T. 1995 yil).
-
O’zbekiston Respublikasi urug’chilik to’g’risida 1996 yil 29 avgust qonuni. (O’zbekiston yangi konunlari, 14-son, T. 1997 yil).
-
O’zbekiston Respublikasi seleksiya yutuqlari to’g’risida 1996 yil 30 avgust qonuni. (O’zbekiston yangi konunlari, 14-son, T. 1997 yil).
-
1998-2000 yillarda qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturi. -Т. «O’zbekiston» 1998 yil. 11-12 b.
-
«O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni. Xalq so’zi 1999 yil. 17 sentyabr.
-
O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudlarining 2000 yil 10 oylik (yanvar-oktyabr) ish faoliyati haqida statistik ma’lumot. Statistika sho’basi, 2000 yil. Oktyabr
-
Qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qonun va me’yoriy hujjatlar to’plami.-T. «Sharq» 1998. 302 b
-
O’zbekiston Respublikasi prokuraturasining 7-12/34-00 sonli axborotnomasi.
-
Jizzax viloyat xo’jalik sudining 2000 yil 12 iyundagi № 905- sonli ishi
M U N D A R I J A
Kirish……………………………………………………………………..4-7
Asosiy qism
1-bob. Qishloq xo’jalik korxonalarini tugatishning huquqiy tartibi va asoslari………………………………………………………………………….8-22
2-bob. Qishloq xo’jalik korxonalarini bankrot deb e’tirof etish va sanasiya qilishning huquqiy oqibatlari……………………………………..23-36
3-bob. Yerga bo’lgan huquqning buzilishi oqibatida qishloq xo’jalik korxonalarini tugatishning o’ziga xos xususiyatlari……………………….37-54
Xulosa…………………………………………………………………..55-58
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati…………………………………...59-62
Do'stlaringiz bilan baham: |