41-modda. Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashda ish stajini o‘zaro hisobga olish xususiyatlari
Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashda, basharti, hisobga o‘tadigan ishlar ayni shunday yoki ancha imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini bergan taqdirda, 1, 2 va 3-sonli ro‘yxatlarda nazarda tutilgan ish davrlari o‘zaro hisobga olinadi.
42-modda. Ish stajini tasdiqlash tartibi
Mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Mehnat daftarchasi yoki unda tegishli yozuvlar bo‘lmagan taqdirda ish stajini tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |