Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘G‘risida


-modda. Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash



Download 86,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana04.06.2022
Hajmi86,72 Kb.
#635161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O‘RQ-499-сон 15.10.2018. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida

8-modda. Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) fuqarolar yig‘ini tomonidan, fuqarolar yig‘inini chaqirish
imkoni bo‘lmagan taqdirda esa, fuqarolar vakillarining yig‘ilishi tomonidan uch yilga saylanadi.
9-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazishni davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazishda davlat organlari
fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashadi, zarur hollarda esa ularni binolar, transport va aloqa vositalari
bilan ta’minlashi shart.
2-bob. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish
10-modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini o‘tkazish muddatlarini belgilash
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini o‘tkazish muddatlari saylov boshlanishidan
kamida ikki oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan
belgilanadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) sayloviga tayyorgarlik tadbirlarini o‘tkazish muddatlari va
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
10 -modda. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi o‘tkazilishini cheklash
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etilgan favqulodda
holat amal qilishining butun muddati davomida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi
o‘tkazilmaydi.
(10 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-martdagi O‘RQ-756-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son)
11-modda. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga
ko‘maklashuvchi respublika komissiyasi
Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga
ko‘maklashuvchi respublika komissiyasi (bundan buyon matnda Respublika komissiyasi deb
yuritiladi) uning tarkibiga Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini
muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi vakillari albatta kiritilgan holda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan tuziladi.
Respublika komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
deputatlari va Senati a’zolari, davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy va
boshqa tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkin.
Respublika komissiyasining vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish;
1
1


fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga
ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va
shaharlar komissiyalari (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) faoliyatini
muvofiqlashtirib borish;
komissiyalarning saylovni samarali o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy
hujjatlar va boshqa hujjatlar bilan ta’minlanishini tashkil etish;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini o‘tkazish masalalari yuzasidan aholi
o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish jarayonining
ommaviy axborot vositalarida yoritilishini tashkil etish;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish masalalari
bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
saylov yakunlari to‘g‘risida tegishli komissiyalar tomonidan taqdim etilgan axborotni
umumlashtirish va ko‘rib chiqish, bu axborotni keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazish.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha
respublika kengashining ijro apparati Respublika komissiyasining ishchi organidir.

Download 86,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish