Qutqaruv xizmatlarini tashkil etishda xorijiy adabiyotlar ma’lumotiga ko’ra oldindan ogohlantirish tizimining ahamiyati muhim1. Masalan :
Albatta, yuqoridagi muammolarni hal qilishda О‘zbekiston mintaqasi uchun harakterli bо‘lgan tabiiy ofatlarni, ishlab chiqarish avariyalarni va yuzaga keladigan ekologik vaziyatlarni chuqur tahlil qilish natijasidagina (har bir vaziyatni kelib chiqish sababini, kuchini, ta’sir doirasini, odamlarga, atrof-muhitga kо‘rsatadigan oqibatlarini о‘rganish) ularga qarshi eng qulay chora-tadbirlar belgilanadiki, natijada har qanday favqulodda vaziyatlardagi ham moddiy, ham ma’naviy yо‘qotishlar miqyosini shunchalik qisqartirishga erishish mumkin.
Qutqaruv xizmatlari va fuqaro muxofazasining kundalik nutqida xavfli vaziyatda erta xabar berish tushunchasi bu ogoh qilish bilan sinonim, ko‘p xollarda oldindan ogohlantirish texnologik o‘lchamlarda ustunlik qiladi. Agar kengroq olib qarasak, oldindan ogohlantirish oddiy favqulodda yordam paytida ayrim texnologik uskuna va tizimlar yordamida tez ogohlantirishdan ko‘ra ko‘proq narsa.
Vaholanki, mavjud adabiyotlarda oldindan ogohlantirish amaldagi tajribada ham, asosan keng ko‘lamdagi tabiiy ofatlarni nazarda tutadi va oldindan ogohlantirishga ancha keng ta’rif beradi, murakkab ogohlantirish tizimi bir qator uzviy o‘lchamlar elementlaridan va bosqichlardan iborat. Ogohlantirish bu ta’rifga ko‘ra ogohlantirishning vaqtincha o‘lchovi, ammo biz oldindan ogohlantirish qachon boshlanib, qachon tugashini so‘ray boshlaymiz. Bundan kelib chiqib qarasak, tabiiyki oldindan har qanday ogohlantirish xavfni baholashdan boshlanadi. Buni ko‘pincha xavfni xaritalash, xavfni tahlil qilish yoki xavfni o‘rganish deb ham ataladi. Bu aniqlashga iloji bo‘lsa, yuqori xavf ostidagi xududlarni hisobga olish, zaifliklarni, ehtimol bo‘lgan zarar, shikastlarni va shunga o‘xshashlarni e’tiborga olish zarur. Agar biz yuzma-yuz keladigan xavfni tasavvur qilmasak, uni oldini olishning, yumshatishning va oldindan qanday yordam berishni bilmaymiz.
Oldindan ogohlantirishning 2-bosqichi bu mantiqan oldindan bilish, bu narsa oldindan ogohlantirish tizimini ishga tushiradi. Xavf aniqlangach bir qator chora tadbirlar ko‘rilishi lozim. Jumladan, qonunlar, rejalar, texnologik tashkilotlar bilan bog‘liq, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa barcha turdagi oldini olish qaror va echimlar.
__________
1Christe Pursiainen (ed.) assisted by Per Francke. Early Warning and Civil Protection. NORDREGIO 2008 (инг.тилидан тарж.21 б.)
Masalan, agar xudud suv toshqini xavfi bor deb topilsa, u erda himoya devorlari qurilishi yoki yerlardan foydalanilayotganda, drenajlar qurilish rejalashtirilayotganda tarixda bo‘lgan suv toshqinlari hisobga olinishi zarur.
Uchinchi bosqich bu xavfni monitoring qilish. Bu mumkin bo‘lgan signallarni qabul qilish va potensial favqulodda vaziyatni aniqlash uchun monitoringni o‘z ichiga to‘lqinlarni, radiatsiyani suv sathini o‘lchashni va boshqa barcha inson yoki texnikaviy uskuna yordamida aniqlash mumkin bo‘lgan narsalarni o‘lchashi zarar.
To‘rtinchi bosqich bu ogohlantirishlarni etkazish, ya’ni mansabdorlarga, xokimiyat organlariga, bu xavf ostida bo‘lgan xududdagi keng ommaga etkazish. Xavfni baholashga qaraganda bu bosqich asosan qo‘proq va favqulotda vaziyatlarda tez yordamga ko‘proq tegishli. Bu o‘z ichiga favqulotda vaziyatlarning turli ogohlantiruvchi signallarni olish mumkin: yong‘indagi signallar (trevoga) elektron axborot vositalari orqali beriladigan signallar va boshqa favqulotda vaziyat oqibatlarini oldini oluvchi yoki yumshatuvchi signal choralardir.
Va nihoyat oldindan ogohlantirish bu ma’suliyatdir, ma’suliyat ko‘proq yoki ozroq vaqtda bo‘lishi mumkin, chunki bu bosqich oldindan ogoh qilish tizimining samaradorligini isbotlaydi agar barcha favqulotda vaziyatlarning oldi olingan bo‘lsa, ham oldindan ogohlantirish tayyorgarlik ishlari uchun vaqt berishi va vaziyatni yumshatishi mumkin, jumladan evakuatsiya qilish yoki zaruriy extiyot chora qurollarini tayyor qilib qo‘yishga.
Agar biz oldindan ogohlantirish yuqoridagi bosqichlardan iborat desak, oldindan ogohlantirish vaqt oralig‘i uzoqroq bo‘lib qoladi va butun jarayon biz tushunganimizga qaraganda ko‘proq ko‘p o‘lchamli bo‘ladi va o‘tkir krizis holatlarida qat’iy aloqalar bilan aniqlanadi. Ushbu kontekstda oldindan ogohlantirish masalan, iqlim o‘zgarishlariga moslashuvi va o‘n kunlar oldin berilishi zarur. Bir necha kunlar mobaynida ma’lumotlar to‘planishi va berilgan bo‘lishi zarur bu ehtiyot choralari va vaziyatni yumshatuvchi ishlarni amalga oshirishga imkon beradi chunki bu narsalar odamlarning qattiq xarakati energiya siyosati yoki infratuzilmalarning qurilishi bilan bog‘liq.
Ikkinchi tomondan olib qaralaganda oldindan ogohlantirish yoki faqat keyingi ogohlantirish konsepsiyasi o‘rtasida katta farq yo‘q, oldindan ogohlantirishning orqasidanoq voqea sodir bo‘lishi mumkin, shuning uchun u vaziyatning oldini oladi yoki yumshatadi. Aslida ayrim holatlarda bir necha soniya yoki daqiqa shiddatli xavf yoki ofat ulkan zarar etkazishi mumkin. Boshqa xolatlarda esa, dastlabki bir necha daqiqalar yoki soatlar odamlarga tabiatga, odamlarga yoki mulkka etkazilgan ta’sirni zararni bartaraf etishda eng dolzarb bo‘ladi. Oldindan xabardor qilish shu erda tugashi zarur emas, u xalokatlarning dastlabki bosqichlarida ham zarur bo‘ladi, masalan tabiiy ofat ketidan texnologik xavf bo‘lishi ehtimolidan uzoq emas, shuningdek sog‘lik uchun xavf yoki ijtimoiy-iqtisodiy ofatlar. Bunday ehtimollar to‘g‘ri tushunilishi va orqasidan kelishi mumkin bo‘lgan ofatlarni oldini olish choralari vaqtida ko‘rilishi lozim.
Oldindan ogohlantirish ayrim adabiyotlarda ayrim olimlar jamiyatda yuz beradigin oldindan taxmin qilinadigan barcha krizis holatlarida ilk bosqichlaridayoq signallar boshlanishi va shuning uchun yaqindan kuzatuvchilar kerakli batafsil bilimga ega bo‘lishiga xayratlanmasa ham bo‘ladi deydi. Bu qarashlarga binoan ijtimoiy tizim buzilishlari sababli ham kutilmagan uzilishlar yuzaga keladi, xalokatlar o‘zlari haqida belgi beradi. Muammo shundaki o‘sha zaif bilinar- bilinmas signallarni sezishda ketayotgan faktik axborotlarni sezish orqasidan ketayotgan ofatni sezishdir. Agar yaqinlashayotgan xatar qanchalik yaqin bo‘lsa, bu signal ham o‘ziga xos bo‘ladi va shuning uchun ham uni aniqlash oson bo‘ladi. Eng o‘tkir muammo shundaki oldindan ogohlantirish ko‘pincha chora ko‘rish uchun etarli vaqtga ega bo‘ladi, oldindan ogohlantirishning muammosi esa birinchi yordam faktorlari chora ko‘rish vapqtini qisqartiradi.
Xuddi shunday g‘oya oldindan ogohlantirish va fuqaro muxofazasiga ham tegishlidir. SHuni aniq aytish kerakki oldindan ogohlantirish signallari ehtiyot choralari qo‘rishga tayyorgarlik choralarini ko‘rishga vaqtincha ma’suliyat yuklaydi. Savol shundaki, qachon fuqaro muxofazasi tavakkal qilsa, tabiiy va texnologik ofatlardan yoki oldindan kelib chiqish aniq bo‘lgan jamiyatdagi zo‘ravonlik kelishmovchiliklardami? Xar bir favqulotda vaziyat oldindan aniqlovchi signallar keladimi, bizga tayyorlanish uchun etarli vaqt bo‘ladimi yoki ba’zi vaziyatlar oddiygina qo‘qqisdan kutilmaganda sodir bo‘ladimi?
Bu nazariyalarning murakkabligi va qabul qilishda ko‘p holatlarda tizimning munosabati barqaror emas va u sabablarini aniqlamaydi va aksincha xalokatlar ko‘rinib turgan xatolar va noaniqliklar tufayli ko‘pincha qo‘qqisdan sodir bo‘ladi. Bu tushuncha 4 ta fazoning o‘zgarib turishidan deyilgan favqulotda vaziyat yuz berishi mumkin. Bilingan bu joyda sabab va samara tushunarli va oldindan aytsa bo‘ladi. Bilsa bo‘ladigan - bu shunday joyki sabab va samara o‘rtasidagi bog‘liqlik bor, tushunishga va egallashga qiyin ammo, ekspertlar va tadqiqotchilar bu aloqalarni etarli vaqt va resurslar yordamida aniqlay oladi.
Bilingan murakkab-bu joyda biz sabab va oqibatni faqat retrospektiv tushunamiz: faktdan so‘ng nima paydo bo‘lishi mantiqan, ammo ko‘plab variantalrdan biri kelishi mumkin va oxirgisi xolos-bu joy juda ko‘p bezovta qiladi, sabab va oqibat noaniq. SHu sababli biz imkonimiz, qobiliyatimiz etgancha o‘zgartirishimiz fuqaro muxofazasining oldindan ogohlantiruvchi signallarini aniqlashimiz kerak.
Barcha favqulotda vaziyatlarning oldindan bilishning iloji yo‘qligi tayin.Xatto biz barcha resurslarga ega bo‘lishimizda ham vaziyat ba’zan chegaralanib ketadi, chunki ba’zan qatnashuvchilar aksiyadorlar xalokatdan ogoh bo‘lishidan norozi bo‘lishadi. Ba’zida esa oddiy bilingan va bilish mumkin bo‘lgan holatlarni turlicha tushunishadi. SHunga qaramay oldindan ogohlantirish ko‘p hollarda zarur, xatto yolg‘on ogohlantirishlar va qiyin tushunishlar bo‘lsa ham. Bu kuzatuvlar bizga amalda bo‘lmagan narsalarga tayyorgarlik zarurligini iloji boricha tasavvurga sig‘maydigan narsalarni tasavvur qilishimizni eslatib turadi. Oldindan bilgan sezilgan tasavvur qilingan narsalarga asoslanib ko‘p narsa xalokat paytida qilish mumkin. Xalokatdan keyingi baholashlar shuni ko‘rsatadiki kutilmagan voqea xodisalar oldindan ogohlantirishlarning bo‘lishi ko‘p xollarda bilim etishmaganidan emas, balki tasavvur etishmaganidan sodir bo‘ladi.
Ayrim favqulodda yordam tashkilotlari aynan, aniq qaysi vaqtda xalokat sodir bo‘lishini ayta olmaydi ammo, ehtimolligini xavfni baholashda hisobga olishimiz va shunday qilib, biz ularga xar doim oldindan tayyor tura olamiz. Yuqoridagi tadqiqotda aytib o‘tilganidek (bilish mumkin) bo‘lgan mummolarni fazodan (bilinganga) o‘tkazsak , fazo haqidagi bilimlarimizni kengaytirsak sabab, oqibat o‘rtasidagi bog‘liqlikni bilsak ko‘proq muammolarni xal qilishimiz mumkin. Bu narsa bizga oldindan berilgan signallarni aniqlashga yaxshiroq tayyorlanish imkonini beradi va ularga qarab xarakat qilishadi.
Xatto sabab-oqibat munosobotlari aniq bo‘lgan hollarda ham, oldindan ogohlantirish doim ham ish beravermaydi. Bunday muvafaqqiyatsizlik alohida yoki bir vaqtning o‘zida yuqorida aytib o‘tilgan bosqichlar barbod bo‘lganda sodir bo‘ladi. Ba’zida xavfni baholash barbod bo‘ladi, chunki ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyati bor bo‘lgan bo‘lsada, ular potensial xavfdan etarlicha oldin ogoh bo‘lmagan. Ba’zan va ko‘pincha juda kech bo‘lganda, kimdir zaif yoki xatto aniq ogohlantiruvchi signal atrofdagi “shovqin” tufayli yo‘qolib qolganini sezib qoladi.
Boshqa holatda esa bizda sodir bo‘ladigan xavfni bilamiz, ammo ayrim sabablar oldini olish uchun zaruriy choralar ko‘pincha olib kelmadi. SHunday qilib xavfning oldi iqtisodiy va yoki boshqa sabablarga ko‘ra olinmadi. Yoki xavf “xavfni baholash”ga qo‘shilgan bo‘lsa ham, xavfni monitoring qilish jarayonida noto‘g‘ri ko‘rsatkichlar tufayli aks ettirilmadi; yoki bu xatarni monitoring qilish barbod bo‘ldi yoki noto‘g‘ri ishladi; shunday qilib u oldindan ogohlantiruvchi signallarni sezishga qodir bo‘lmadi. Xatto agar ogohlantiruvchi signallar monitor qilinsa ham aniqlansa ham ular doim ham oldindan berilgan signal natijasini bermaydi; ayrim signallar noaniqligi yuqori bo‘lishi mumkin; ayniqsa bu ogohlantirish moddiy siyosiy yoki boshqa qiymatga ega bo‘lsa, yolg‘on signaldan qo‘rquv aniq signallarni ham ogohlantiruvchi bo‘lishini cheklaydi. Shu erdan, muvafaqqiyatli oldindan ogohlantirishlar tan olinmasa, savol kelib chiqadi, fuqaro muxofazasining oldindan ogohlantirish tizimi hurmat qilinmasligida muammo nimada? Tabiyki biz oldindan ogohlantirishlarning barbod bo‘lganiga bir qator faktorlarni topishimiz mumkin, ularni bir-biridan ajratish ancha qiyin chunki ular chalkashib, aralashib ketgan. Deyarli barcha milliy va xalqaro ko‘lamdagi xalokatlardan so‘ng tekshiruv hisobotlarida shu narsa qayd etilgan: oldindan ogohlantiruvchi signallarning barbod bo‘lishi bir vaqtning o‘zida bir necha xatolar qilinganing natijasida yuzaga kelgan.(CHernobil 1986. USSR; 9/11 in the USA, east-Asian tsunami 2004).
Biz oldindan ogohlantirishlarning barbod bo‘lishini qanday tahlil qila olamiz, agar ular aralashib ketgan bo‘lsa? Xar xil xolatlarda barbod bo‘lgan oldindan ogohlantirishlarning har bir faktorini alohida va muammoli nuqtasini metodologik tomondan qo‘rib chiqish va ularni tushunishga xarakat qilishimiz zarur, bu xolatlarni tizimli ravishda kelajakdagi FUQARO MUXOFAZASIning oldindan ogohlantiruvchi strategiyani ishlab chiqayotganimizda hisobga olishimiz zarur2.
_________________
2Christe Pursiainen (ed.) assisted by Per Francke. Early Warning and Civil Protection. NORDREGIO 2008 (инг.тилидан тарж.24 б.)
Fuqarolar muhofazasi haqida umumiy tushuncha. Ma’lumki, har bir mustaqil davlat о‘zining mudofaa qudratiga ega. Mudofaa siyosatini qay tarzda amalga oshirish imkoniyatlari о‘sha davlatning qudratini belgilaydi. Chunki davlatlar ichida yangi-yangi qurollar yaratiladiki, bular nafaqat insoniyatga, balki butun jonli tabiatga, atrof-muhitga juda katta ziyon yetkazadi. Yuqoridagi qurollar yer yuzida mavjud ekan, albatta, har bir davlat bunday qurollardan saqlanish vositalarini izlaydi, omillarini ishlab chiqadi. Shuning uchun har bir davlatning mudofaa qudrati asosini fuqarolar muhofazasi tashkil etadi.
Fuqarolar muhofazasi - umumdavlat mudofaa siyosatlaridan biri bо‘lib, u har qanday favqulodda holatlarda fuqarolarni, iqtisodiyot tarmoqlarini muhofaza qilishda, ularning muttasil ishlashini ta’minlashda hamda qutqarish va tiklash ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik davrida fuqarolar muhofazasi sohasida yetarli ijobiy ishlar qilina boshlandi. Jumladan, mustaqilligimizning dastlabki davrlarida fuqarolarni va hududlarni tabiiy ofatlardan, turli xildagi avariyalardan muhofaza qilish, fuqarolarning mо‘tadil hayot faoliyatini ta’minlash borasidagi vazifalarni hal etish uchun О‘zbekiston hukumati tomonidan 1991 yilda fuqaro mudofaasi tizimi fuqaro muhofazasi tizimiga aylantirildi.
Mamlakat fuqarolar muhofazasini rivojlantirishning asosiy konsepsiyasi О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1994 yil 9 aprelda Toshkent shahrida bо‘lib о‘tgan Respublika faollarining Kengashida sо‘zlagan nutqida bayon etilgan. Keyinchalik, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi farmoniga binoan aholini va iqtisodiyot tarmoqlari inshootlarini tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, Respublikada tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi negizida О‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tashkil qilindi.
FVVning asosiy vazifalari va faoliyat yо‘nalishi asosan: favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar yuz berganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollarda harakatlarni boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash, fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va hokazolarga qaratilgan3.
FVVning muvaffaqiyatli ish olib borishida mamlakatimizda yaratilgan kuchli huquqiy bazaning ahamiyati katta. Jumladan, favqulodda vaziyatlar masalasida О‘zbekiston Respublikasining «Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tо‘g‘risida»gi(1999y.), «Gidrotexnik inshootlarining xavfsizligi tо‘g‘risida»gi (1999 y.), «Fuqaro muhofazasi tо‘g‘risida»gi (2000 y.), «Radiatsiyaviy xavfsizlik tо‘g‘risida»gi (2000 y.), «Terrorizmga qarshi kurash tо‘g‘risida»gi (2000 y.) kabi qator Qonunlari, Respublika Prezidentining ikkita Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 30 dan ortiq qaror va farmoyishlarini aytish mumkin.
Qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda Rossiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Ukraina, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Italiya va boshqa yetakchi davlatlarning fuqaro muhofazasi tizimini shakllantirish borasidagi tajribalari inobatga olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |