Fuqaro muhofazasi



Download 9,75 Mb.
bet39/59
Sana31.12.2021
Hajmi9,75 Mb.
#260202
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59
Bog'liq
8ta mavzu 5 list

SUVNI ZARARSIZLANTIRISH
Suvni zararsizlantirish 3 xildagi usullarni bajarishni talab qiladi:

1) dezaktivatsiya; 2)degazatsiya; 3)dezinfeksiya. Suvni dezaktivatsiya qilish usullari:




ionitlarni qo’llash (ion almashtiruvchi sun’iy mum) kationitlar va anionitlar - КУ-2, СБС, ЕДЕ-10 П, amberlit, permutit, daueks; ionitlar qatlamining qalinligi 40-50 sm boiib, suv dastavval kationit qavatdan, so’ngra anionit qatlamdan o’tqaziladi. Jarayon МАФС-6000 (7500) uskunasida amalga oshiriladi);

koagulyatsiya usuli (suvni koagulyatsiya qilib, tindiriladi va karboferrogel-M orqali o’tqaziladi; karboferrogel 2 tarkibdan iborat; 1) temir moddasining ishlatilgan to`zlari; 2) faollashtirilgan ko’mir; qo’llaniladigan uskuna - МАФС-6000;

xlorlash usuli (suv xlorlanib, tindirilib, ko’mirli so`zgich orqali o’tqaziladi; qo’llaniladigan uskuna-ТУФ-200. Mazkur uskuna orqali suv dezaktivatsiya qilinganida, ko’pincha suv xlorlanib, tindiriladi; zarur hollarda suv qo’shimcha ravishda koagulyatsiya jarayonidan o’tishi mumkin) (115-rasm).

Nomlari zikr etilgan uskunalar МАФС-6000 (7500) avtosozgichlash uskunasi bo’lib, 1 soat mobaynida 6000-7500 litr suvni tozalab beradi; ТУФ-200 uskunasi esa, suvni soatiga 200 litrdan tozalash qobiliyatiga ega.

4) suvni tarkibiy qismlarga ajratish. Suvni degazatsiya qilish amallari:

qaynatish (suv chidamsiz fosgen, sinil (bodom) kislotasidan 1 -2 soat ichida tozalanadi);

sorbsiyalash - so’rib olish (ko’mir, torf, karboferrogel, taxta, ko’mir orqali o’tqazilib, МАФС-6000(7500), ТУФ-200, УНФ uskunalaridan suzib olinadi;

kimyoviy sorbsion (suvga kimyoviy degazatsion moddalar (eritma holida) qo’shiladi va karboferrogel yoki faollashtirilgan ko’mir orqali o’tqaziladi.

Suvni dezinfeksiya qilish amallari:

1) qaynatish (+60°C gacha isitishni 15 daqiqa ichida – qisqa muddatli pasterizatsiya deyiladi, +90°C gacha isitishni 10-30 daqiqa ichida - me’yordagi pasterizatsiya; +100°C gacha qaynatish ham pasterizatsiya hisoblanadi; bu paytda mikrojonzotlarning faqat hayotiy (vegetativ) shakllarigina nobud bo’ladi; sterilizatsiya jarayoni nafaqat hayotiy shakllardagi mikrojonzotlarni qiradi, balki spora shaklidagilarni ham nobud qiladi; chunki sterilizatsiya jarayonidagi ta’sir etuvchi omil harorati (suv) +120 0C bo’lib, atmosfera bosimi esa, 1,5 ga teng bo’ladi;

2) xlorlash;

Odamlarning suvga bo’lgan ehtiyoji ko’p jihatdan mintaqa iqlim sharoitiga bog’liq bo’ladi. Oziq-ovqat mahsulotlari zararsizlantirilgandan keyin, tibbiy xizmat mas’uliyatiga tushuvchi, bakteriologik, kimyoviy va radiometrik nazorat amalga oshadi. Mabodo, oziq-ovqat mahsulotlarining zararlanganlik darajasi mumkin bo’lgan me’yordan oshib ketmasa, u holda bunday mahsulotlarni tanovul qilish uchun ruxsat berish jarayonida, beriladigan yo’llanmaga va solingan idishi ustiga - R-RM yoki R-ZM; ularga R - ruxsat etildi; RM - radiofaol moddalar; ZM - zaharlovchi moddalar) yozib qo’yiladi. Bakteriologik vositalar bilan zaharlangan oziq-ovqat mahsulotlari to’la-to’kis ravishda zararsizlantirilishlari kerak.

Zararsizlantirish amallaridan so’ng ham tanovul maqsadida ishlatilib bo’lmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi yoki yo’q qilib yuboriladi. Yeb bo’lmaydigan mahsulotlarni boshqa maqsadlarda qo’llash niyatidagi ishlov jarayoni mavjud bo’lgan ikqilamchi xomashyolarni qayta ishlaydigan yoki oldindan mo’ljallanib, kerakli uskunalar bilan jihozlangan korxonalarda amalga oshiriladi. Bunday korxonalardagi ishchilar mazkur turdagi mahsulotlar bilan ishlash va xavfsizlik qoidalarini bilishlari zarur.

Fuqarolar muhofazasi rahbariyati (shtabi) oldindan zararlangan va yeb bo’lmaydigan oziq-ovqat mahsulotlarini qaytadan boshqa maqsadlarda qo’llash uchun, korxonalarni ajratadi. Agar mahsulotlar qayta ishlovdan so’ng ham tanovul uchun yaramasa, u holda, ularni yo’q qilib tashlanadi.

Zararli oziq-ovqat mahsulotlarini yo’q qilish maqsadida, ular yo yoqib yuboriladi, yoki yerga ko’mib tashlanadi. Mahsulotlarni yoqish amali ataylab ajratilgan joylarda bajariladi. Yoqib bo’lmaydigan mahsulotlarni yer qa’riga 1,5 metr chuqurlikka ko’mishdan oldin, ularga neft, lizol, xlorli, oxak, kerosin, benzin, solyarka va boshqa moddalarga yaxshilab qoriladi. Qayta ishlash va yo’qotish zaruriyati bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, maxsus ajratilgan, usti yopiq, avtotransportlar orqali bajariladi. Bo’shagan avtotransport, sanitar ishloviga ro’para qilinadi.

Oziq-ovqat inshootining boshlig’i, zararli oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash yoki yo’q qilish uchun ruxsatni bevosita rahbaridan yoki yuqoridagi fuqarolar muhofazasi rahbariyatidan (shtabidan) oladi.

Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini, zararsizlantirish, ularni qoidalar asosida tashish, saqlash, boshqa maqsadlarda qo’llash yoki yo’qotish jarayonlari ustidan nazorat amallarini olib bora.di. Ammo, savdo qilish va ovqatlanish xizmatining tinchlik va urush davridagi asosiy ko’radigan tadbiri, fuqarolar muhofazasining shaxsiy tarkibi va aholini ommaviy qirg’in qurollari ta’siridan avaylab-asrash uchun oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvini zararlanib qolmasligini oldini olishga qaratilgan bo’ladi.

Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvini himoyalash tadbirlari bo’yicha mas’uliyatni Respublika, Avtonom Respublika, o’lka, viloyat, vazirliklar, korxonalar tarmog’i, fuqarolar muhofazasi rahbarlari olib boradi. Ular, mazkur tadbirlarni rivojlantirib, ularni amalga oshirish maqsadida moddiy vositalar ajratib, ko’zda tutilgan amallarni belgilangan muddatlarda bajarilishini tashkil etadi.

Turli oziq-ovqat mahsulotlarini avaylab-asrash jarayoni asosan 3 xil yo’nalishda amalga oshiriladi:

tashkiliy tadbirlarni o’tqazish;

muhandislik-texnik choralarni ko’rish;

sanitariya-gigiyena amallarini bajarish.

Tashkiliy tadbirlar qatori quyidagi amallar ham bajariladi:

dushman hujumi xavfi bo’lgan davrda, oziq-ovqat mahsulotlarini shahardan tashqarida tarqoqlashtirish;

ovqat ishlab chiqarish inshootlari ishchilari va xizmatchilarini oziq-ovqatlar va ichimlik suvini himoyalash hamda ularni zararsizlantirish bo’yicha tadbirlarni o’tqazishga tayyorlash;

sanitar-epidemiologik muassasa, harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh tahlilxonalarini; radiofaol va kimyoviy moddalarni hamda bakteriologik vositalarni aniqlash (indikatsiya), oziq-ovqatlarni va ichimlik suvini radiofaol va kimyoviy moddalar hamda bakteriologik vositalar bilan zararlanganligi bo’yicha sanitar tekshiruvi (ekspertiza)ni amalga oshirish;

4) zararsizlantiruvchi vositalar jamg’armasini yaratish. Muhandislik-texnik choralar quyidagi ishlarni bajarishga mo’ljallangan

yangi oziq-ovqatli mahsulotlari omborxonalari, elevatorlar, go’shtxona majmualarini quris.h va esqilarini ommaviy qirg’in qurollari ta’siridan himoya qila olish talablariga javob beradigan holat darajasiga keltirish maqsadida yaxshilab ta’minlash;

omborxonalar va ishlab chiqarish xonalarini zichlashtirish (герметизация), xonalarni samarali tozalash va zararsizlantirish uchun sharoit yaratish bo’yicha tegishli amallarga qo’l urish;

oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash maqsadida zichlashtirilgan uskunalar va idishlarni hayotga tatbiq etish;

suv olinadigan joylarni va suv quvurlari tizimlarini soz holida va ichimlik suvini saqlash maqsadida hajmiy (обёмные) idishlarni -xumlarni yaratish.

Sanitariya-gigiyena tadbirlari quyidagi vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi:

oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va saqlash, suv manbaalarini sanitar me’yorlar va talablarga raonand holda bo’lishini tashkil etish;

oziq-ovqat mahsulotlari inshootlari joyini va xonalarini orasta tutib, o’z vaqtida tozalash;

oziq-ovqat mahsulotlari inshootlari hududida hasharotlar va kemiruvchilarni qirish bo’yicha amallarni bajarish;

oziq-ovqat mahsulotlari inshootlari ishchilari va xizmatchilari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi va jamoa ovqatlanish korxonalari, oziq-ovqatlarni texnologik va pazandalikning sanitar me’yorlari va qoidalarining jiddiy ravishda amalga oshirilishi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini radiofaol va kimyoviy moddalar hamda bakteriologik vositalardan himoyalanishini kafolatlovchi idishlarga joylashtirishga erishish zarur. Yuqori darajali quvvatga ega bo’lib, o`zoq muddat mobaynida saqlanishga mo’ljallangan mahsulotlarni zich (герметик) idishlarga joylashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan, sifatli qotirilgan sut, baliq va go’sht mahsulotlari (seld, sardinalar, dudlangan go’sht va qazilar). Oziq-ovqat mahsulotlari shisha idishlar. metall xumlar (bochka), sisternalar, qonteynerlar, sovitkich xonalari, metalli bir butun yaxlamalarda ishonchli ravishda saqlanadi. Oddiy kartonli qutilar, yog’och xo’ppozlar, polietilen haltalar, oziq-ovqat mahsulotlarini radiofaol moddalar va bakteriologik vositalardan yaxshi saqlasa-da, kimyoviy zaharlovchi moddalarga nisbatan qarshilik ko’rsata olmaydi.

Shaxsiy oziq-ovqat mahsulotlari zahirasi tahlil tekshiruvlaridan o’tmasligini inobatga olib, ulardan foydalanish uchun ularni zararlanmaganligiga to’la-to’kis ravishda ishonch hosil qilish kerak. Zararlangan va zararlanganlikka shubha qilingan oziq mahsulotlarining zahirasi, odatda yo’q qilinadi.

Takrorlash uchun savollar
1.Biologik qurolga izoh bering.

2. Biologik qurollar ta’sirining о’ziga xosligi nima?

3. Biologik quroldan foydalanish usullarini aytib bering.


Download 9,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish