3. RSB va odddiy boshpanalar.
Radiatsiyadan saqlovchi boshpana (RSB). Radiatsiyadan saqlovchi boshpana (RSB) germetik bo'lmagan himoya inshootlari bo'lib, favqulodda vaziyatlarda fuqarolar o'sha eYerda saqlanadilar. Bunday pana joylar RM zararlangan o'chog'da odamlarning nurlanishini 100 - 400 marta kamaytiradi, zarbli to'lqin, yorug'lik nurlanishi, yonuvchi bombalar, suyuq - tomchi holdagi ZM-larning tegishidan himoya qiladi. Lekin RSB-lar germetik bo'lmaganligi sababli atmosfera RM, ZM va biologik vositalardan zararlanganda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishga to'g'ri keladi.
RSBlarga alohida qurilgan va tez jihozlanib quriladigan RSB lar hamda xo'jalik maqsadlarida foydalaniladigan chuqurliklar, sabzavot saqlanadigan qurilmalar va oddiy yashovchi qurilmalar kiradi.
Alohida qurilgan RSB-larning sqashlash xususiyati - radiatsiya nurini (gamma nur) susaytirish koeffitsienti (gamma) bilan aniqlanadi va u qanday matYerialdan qurilganligi va uning qalinigiga bog'liq.
Material
|
A
|
K
|
Suv
|
1
|
23
|
Egoch
|
0,7
|
33
|
Tuproq
|
1,8
|
14,4
|
g'isht blok
|
1,6
|
15,5
|
SHisha
|
1,4
|
16,5
|
Beton
|
2,3
|
10
|
Temir
|
7,8
|
3
|
Qurg'oshin
|
11,3
|
2
|
Binolarning yerto’lalari, yarim yerto’lalari va yerto’lalardan RSB sifatida foydalanish mumkin. Yog'ochdan tayorlangan binolarning yerto’lalari radiatsiya nurini 7-12 marta, g'ishtli uylar esa 200 - 300 marta kamaytiradi.
Binolarning yerto’lalarini qayta yopishda devorlarning eYerdan chiqib turgan joyiga qo'shimcha ustunlar, to'sinlar qo'yiladi. Kirish uchun qo'shimcha eshik quriladi, tuynuklar, teshiklar, yoriqlar yaxshilab bYerkitiladi. SHamollatish uchun havo tortuvchi quvur yoki oddiy ventilyator o'rnatiladi (elektr toki yoki motor bilan harakatlanuvchi ventilyator). Havo tortuvchi quvur oldiga RM-ni ushlab qoladigan yutuvchi filьr o'rnatiladi, u qum, lattalar bilan to'ldirilgan qutidan iborat. Oziq - ovqat va suv zaxirasi gYermetik idishlarda saqlanadi. 50 nafardan ko'p odamga mo'ljallangan RSB-larda kamida ikkita qarama - qarshi tomonda eshiklar bo'lishi kerak. RSB-da ham ikkita xona bo'ladi. Asosiy xonada odamlar saqlanadi. Uning ichiga so'ri va skameykalar o'rnatiladi, bir odamga 0,4 - 0,5 m hajmda joy to'g'ri kelishi kerak. Qo'shimcha xonada esa sanitar - gigienik jihozlar va havo almashtirgich joylashtirilgan bo'ladi. RSB-larda havo ta'minoti jihozlari talabga to'la javob bYermasligi sababli, u eYerda fuqarolar uzoq vaqt saqlana olmaydilar va uzog'i bilan 4-6 soat bo'lishlari mumkin.
Radioaktiv shikastlangan hududlardan kelgan odamlar RSBlarga kirishlaridan oldin tamburda kiyim - kechaklardagi, oyoq - kiyimlardagi radioaktiv changlarni yo'q qilib ( dezaktivatsiyaqilib, silkitish orqali, tozalovchi vositalar orqali), so'ngra ehtiyotlik bilan kiyim - kechaklarni (himoya kiyimlari, oyoq kiyimi) yechib, keyin boshpana ichiga kirishlari kerak.
Radioaktiv zararlanishning boshlang'ich 3-5 soatlarida, boshpananing chiqish eshiklari va havo almashtirish teshiklari yaxshilab bYerkitiladi. Bu vaqt oralig'ida radiatsiya darajasi tezda kamayib, radioaktiv changlar esa asosan eYerga tushib bo'ladi. 4-6 soatlardan keyin boshpana (RSB) shamollatiladi. Himoyalanuvchi odamlar tashqariga chiqqanda, albatta, himoya vositalarini kiyib 15-20 daqiqa RSBdan tashqarida bo'lishlari mumkin. Agar tashqarida radiatsiya darajasi juda yuqori bo'lsa, u holda boshpana shamollatilayotganda odamlar nafas organlariga himoyalovchi vositalarni kiyib o'tirishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |