Siyosiy madaniyat- milliy huquqiy tizimning elementi sifatida jamiyat va
shaxsning huquqiy xolati sifatida baxolanishi mumkin bo’lgan aloxida ijtimoiy
xodisa xisoblanadi.
Siyosiy madaniyatning moxiyatiga oid barcha muammolar atroflicha o’rganilishi
zarur. Chunki, “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi”da
belgilangandek, “jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy
munosabatlar
barcha
ishtirokchilarining
siyosiy
madaniyatini,
huquqiy
savodxonligini oshirishni talab qilmokda. siyosiy madaniyat huquqiy bilim,
huquqiy etikod va izchil amaliy faoliyat mamui sifatida jamiyat va davlat oldida
turgan vazifalarning muvaffakiyatli xal etilishini taminlaydi”
1
. Shu bilan birga , har
bir muayyan xolatda madaniyatning turli kurinishlarini tushunishda katiy
belgilanadigan u yoki bu jixati ustun bo’ladi. Chunonchi siyosiy hayotda
marifatparvarlikning shakllanishini taminlashda inson omilining axamiyatini
oshirish nuktai nazaridan yondashilganda, etiborni avvalo siyosiy madaniyatning
mazmuniga karatish zarurligi matlum bo’ladi.
Siyosiy madaniyat tushunchasi, uning mazmuni va tarkibiy tuzilishi haqida turli
qarashlar mavjud. Bizningcha, siyosiy madaniyatga berilgan quyidagi tarif katta
ilmiy axamiyatga ega: “siyosiy madaniyat deganda, jamiyatda qaror topgan
huquqiy tizimning darajasini, davlat va hokimiyat munosabatlari, fuqarolarningg
qonunga bo’lgan xurmati, davlat boshqaruvi va siyosiy tizim, siyosiy huquq va
erkinliklar doirasi, huquq normalarining ijro etilish darajasi, huquqqa rioya
kilmaganlarga murosasiz bo’lish, konunga itoatkorlik darajasini tushinamiz”
2
.
1
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi T. 1997 y.
2
F.Haytboyev.O’zbekiston milliy huquqiy tizimining shakllanishi.T. TDYuI 2006 26-b
36
Jamiyatning siyosiy madaniyati huquqiy ong, konuniylik, konunlarni
takomillashtirish va huquqiy tajribaning muayyan darajasini aks ettiradigan xamda
insoniyat siyosat soxasida yaratgan butun boyliklarini kamrab oladigan ijtimoiy
madaniyatning bir turi sifatida qaraladi. Aslida, bu uning huquqiy tafakkur, yuridik
texnika va huquqiy tajribaning mujassamlantirilishidir. U amal kilayotganda va
uning tarkibiy kismlari rivojlantirilayotganida huquqning o’ziga, huquqiy amaliyot,
huquqiy munosabatlarga, konuniylik va huquqiy tartibotga, huquqiy ijodkorlik va
huquqni qo’llash, shuningdek, boshqa huquqiy faoliyatlarga, davlat hokimiyati
munosabatlariga va butun ijobiy huquqiy borlikka singib ketadi.
Siyosiy madaniyat insonsiz, uning dunyoqarashini belgilovchi faoliyatsiz,
bunday faoliyat va tafakkurning progressiv yunalishisiz mavjud bo’la olmaydi. U
jamiyatda huquqiy reallikning huquqiy amal qilinishi va rivojlanishidagi muxim
jihatlarini qamrab oluvchi, anik belgilangan maksadlarga qaratilgan ijtimoiy xodisa
sifatida namoyon bo’ladi. Shuningdek , huquqiy vositani qo’llashda shaxs va
jamiyatni progressiv rivojlantirishga alohida etibor berish lozim. Siyosiy madaniyat
fakat ijtimoiy taraqqiyot doirasidagina to’lik holda tushunilishi mumkin. Asl
siyosiy madaniyat tarixiy ijobiy huquqiy tajribani etiborga olmasdan mavjud bo’la
olmaydi.
Jamiyatning siyosiy madaniyati ko’pincha siyosiy voqyelikning qimmatli
bo’lagi, uning rivojlanishi darajasi sifatida namoyon bo’ladi. U ilg’or va ijobiy
marifatparvarlikning siyosiy kadriyatlarini kamrab oladi
Do'stlaringiz bilan baham: |