FUQAROLARNING FUQARO MUHOFAZASI SOHASIDAGI HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI
modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
o’z hayoti, sog’lig’i va mol-mulki harbiy harakatlardan muhofazalanishi; umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan tekin foydalanish;
harbiy harakatlar kechayotgan joylarda o’zlari yo’liqishlari mumkin bo’lgan xavf darajasi va zarur xavfsizlik choralari to’g’risida axborot olish.
Fuqarolar fuqaro muhofazasi sohasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo’lishlari mumkin.
harbiy harakatlardan jabrlanganlarga ularning hayot faoliyatini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratiladi, tibbiy, moddiy-moliyaviy va boshqa xil yordam ko’rsatiladi.
modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi majburiyatlari
Fuqarolar:
ushbu Qonunga va fuqaro muhofazasi sohasidagi boshqa qonun hujjatlariga rioya qilishlari; fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etishlari va tegishli tayyorgarlikdan o’tishlari; fuqaro muhofazasi signallarini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish
qoidalarini bilishlari;
jabrlanganlarga dastlabki tibbiy va boshqa xil yordam ko’rsatishni bilishlari;
davlat organlariga, shuningdek tashkilotlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni hal etishda ko’maklashishlari;
fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol-mulkini asrab-avaylashlari shart.
Fuqaro muhofazasi sohasida fuqarolarning zimmasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
modda. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari
O’zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar fuqaro muhofazasi sohasida O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega bo’ladilar va majburiyatlarni bajaradilar.
modda. Aholi va mutaxassislarni fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash
Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari, oliy o’quv yurtlari, ishlab chiqarish va yashash joylarda aholini fuqaro muhofazasi sohasida o’rgatish umumiy va majburiydir.
Fuqaro muhofazasi sohasida rahbarlar va mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash malaka oshirish muassasalari, maxsus o’quv-uslubiyot markazlarida, kurslarda, shuningdek ish joyida amalga oshiriladi.
Fuqaro muhofazasi sohasidagi bilimlarni targ’ib etish davlat organlari, shuningdek odamlarni muhofaza qilish va qutqarish borasidagi tegishli jamoat birlashmalari tomonidan ta’minlanadi. Bilimlarni targ’ib etish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanish mumkin.
FUQARO MUHOFAZASI XIZMATLARI VA KUChLARI 17-modda. Fuqaro muhofazasi xizmatlari
Fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlari bajarilishini ta’minlash hamda ushbu maqsadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat, tuman, shahar, shuningdek ob’ekt fuqaro muhofazasi xizmatlari tashkil etiladi.
Fuqaro muhofazasi xizmatlarining ro’yxati, shuningdek ular to’g’risidagi nizomlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
modda. Fuqaro muhofazasi kuchlarining tarkibi
Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi qo’shinlari tuzilmalaridan tarkib topadi.
Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tarkibi, uning tarkibiy tuzilishi, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalari faoliyatining boshqa masalalari O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig’i tomonidan belgilab qo’yiladi.
Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qutqaruv tuzilmalari, qismlari va bo’linmalari ham jalb etilishi mumkin.
modda. Fuqaro muhofazasi qo’shinlari
Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasi qo’shinlari O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi.
Fuqaro muhofazasi qo’shinlarining urush davridagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: zararlanish o’choqlarida va zaharlanish zonalarida muhandislik, radiatsion, kimyoviy va boshqa
qidiruv turlarini olib borish;
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish;
aholini va iqtisodiyot inshoatlariob’ektlarini evakuatsiya qilishda ishtirok etish;
aholi hayot faoliyatini ta’minlash ob’ektlarini tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarish.
Fuqaro muhofazasi qo’shinlarining faoliyati, ularni butlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
modda. Fuqaro muhofazasi tuzilmalari
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun hududiy-ishlab chiqarish printsipiga ko’ra tashkil etiladi.
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari:
bo’ysunuviga ko’ra — hududiy (viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi) hamda ob’ekt (iqtisodiyot inshoatlariob’ektlaridagi) tuzilmalariga;
belgilangan vazifasiga ko’ra — umumiy maqsaddagi (zararlanish o’choqlarida qutqaruv ishlarini olib borish uchun) tuzilmalarga va maxsus tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar (qidiruv ishlarini olib borish, tibbiy yordam ko’rsatish, yong’inlarning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik va ularni o’chirish, jamoat tartibini saqlash va hokazo) tuzilmalariga bo’linadi.
Fuqaro muhofazasi tuzilmalariga O’zbekiston Respublikasi fuqarolari: 18 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar, 18 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar qabul qilinadi, safarbarlik ko’rsatmasiga ega bo’lgan harbiy xizmatga majburlar, I, II, III guruh nogironlari, homilador ayollar, sakkiz yoshga to’lmagan bolalari bor ayollar, shuningdek uch yoshga to’lmagan bolalari bor, o’rta yoki oliy tibbiy ma’lumotli ayollar bundan mustasno.
FUQARO MUHOFAZASINI MOLIYaVIY TA’MINLASh. FUQARO MUHOFAZASI OB’EKTLARI VA MOL-MULKI
Do'stlaringiz bilan baham: |