SAVOL BAYONI:
FM rejasini va uning ilovalarini ishlab chiqish uchun FMning yuqori tashkilotlari va bo’limlaridan qo’yidagi ma’lumotlar olinishi kerak:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining FMga oid qaror va ko’rsatmalari.
O’zbekiston Respublikasi FVVning nizomlari, ko’rsatmalari va tavsiyalari.
Iqtisodiyot tarmog’i yuqori organlarining ko’rsatmalari va tavsiyalari.
FM tizimlarini, undagi odamlar soni hamda aholini va moddiy boyliklarni muhofaza qilish imkoniyatlari xususidagi ma’lumotlar.
Boshpanalarning soni, ularning odamlarni qabul qilish imkoniyatlari hamda boshqa boshpanalar qurish imkoniyatlari.
Ob’ektning xususiyati, uning muhofaza va iqtisodiy imkoniyati.
Toifalangan shaharlarga FVda yordam berish imkoniyatlari.
Toifalangan shahar iqtisodiyot tarmoqlarining ro’yxati (FVda o’z ishini davom ettiradigan va evakuatsiya qilinadigan ob’ektlar ro’yxati).
Yuqori xavfli hamda tasarrufida kimyoviy, portlash-yong’in xavfi bor ob’ektlar, KTZM va ZM tashiladigan temir yo’l magistrallari, aeroportlar va boshqa ob’ektlar ro’yxati.
Xavfli hududlardagi aholi punktlar haqidagi ma’lumotlar.
FM vazifalarini bajarilishiga ta’sir etadigan mahalliy, xususiyatli ma’lumotlar (hududning geografik o’rni va tabiiy sharoiti).
FVdan chiqariladigan xulosalar.
FM rejasini tuzishda respulikada faoliyat ko’rsatadigan barcha tarmoq va korxonalar o’z ma’lumotlari bilan bir-birlarini ta’minlashlari kerak. Bu xususida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 11 apreldagi 143-son qarorida takidlab o’tilgan. Yani O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, IIV, Davlat geologiya va mineral resurslari qo’mitasi, davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, “O’zsanoatkontexnazorat” davlat qo’mitasi, G’anlar Akademiyasi, “O’zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O’zkimyosanoat” uyushmasi va “Boshgidromet” boshqarmasi, FVVning
hududlar, ob’ektlardagi tabiiy iqlim, ekologik, epidemiologik, epizootik, epifiotik, geologik va texnogen vaziyatlar hamda ularning istiqboldagi o’zgarish ehtimollari to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z vaqtida muntazam ravishda ta’minlashlari lozim deb takidlangan.
FM rejasini ishlab chiqishda va bajarishda FM kuch va vositalariga katta e’tibor beriladi.
Masalan, avariya-qutqarish ishlarini rejalashtirishda quyidagi tartibdagi vazifalar belgilanadi:
shikastlangan o’choqlarni va ofat joylarini razvedka qilish, qutqaruv-qidiruv ishlari kompleksini o’tkazish;
aholini, hayvonot va o’simlik dunyosini va iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqiladigan mahsulotlarni va madaniy boyliklarni muhofaza qilish tadbirlari;
v) zararlangan aholi hayot faoliyatini tashkil qilish, halok bo’lganlarni hisobga oldish va ko’mish, yaradorlarni kasalxonaga yotqizish;
g) karantin-observatsiya, sanitar-gigienik, epidemiyaga qarshi tadbirlar;
d) mahalliy organlar bilan hamkorlik qilish.
Yana bir misol. Aholini, moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish tadbirlarini rejalashtirishda:
shikastlangan hududlardan transport yoki piyoda olib chiqiladigan aholining soni;
zarur bo’ladigan transport soni;
odamlarning transportda olib chiqish tartibi;
qimmatbaho uskunalar, moddiy boyliklar, oziq-ovqatlarni olib chiqish tartibi;
xom ashyolar va boshqa kerakli moddiy resurslarni olib chiqish tartibi;
qishloq xo’jalik hayvonlarini xavfli hududdan uzoqlashtirish tartib qoidalari va boshqa vazifalar belgilanadi.
3-SAVOL BAYoNI:
Tinchlik davrida kuzatiladigan FVni bartaraf etish rejasi – FV yuz berganda fuqarolarni muhofaza qilish, atrof-muhitga etkazilgan moddiy zararlar miqdorini kamaytirish, shikastlangan hududlarni halqaga olish va bu hududlarda xavfli omillar ta’sirini kamaytirishga qaratilgan QBTI majmuasidan tarkib topadi.
Bu ishlarni bajarishda G’VDTning FVni tugatuvchi kuch va vositalaridan foydalaniladi. Bu kuch va vositalar FVV bevosita bo’ysunuvchi tezkor FM qo’shinlaridan, Respulika ixtisoslashgan tizimlaridan, vazirlik va idoralarning harbiylashgan va professional ixtisoslashgan avariyani tiklash tizimlaridan, mahalliy hokimiyat organlarining tizimlaridan, ob’ektlarning ixtisoslashgan va harbiylashtirilgan umumiy va maxsus tizimlaridan tashkitl topadi.
Reja ikki bo’limdan va ilovadan iborat bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |