Фукаролар



Download 6,51 Mb.
bet30/79
Sana26.02.2022
Hajmi6,51 Mb.
#468223
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   79
Bog'liq
favqulotda vaziyatlar va fuqarolar muxofazasi

O’lchov jadvali


Diapazonchalar

O’lchagich
pultidagi holatlar

O’lchagich asbob shkalasi

O’lchov birligi

Eng yuqori o’lchov

I

x200

0-200

mpG’s

5-200

II

xlOOO

0-5

mpG’s

500-5000

III

xlOO

0-5

mpG’s

50-500

IV

xlO

0-5

mpG’s

5-50

V

xl

0-5

mpG’s

0,5-5

VI

xOl

0-5

mpG’s

0,05-0,5

Ko’rsatkichlarni olib tashlovchi knopka qayta o’lchash talab etilganda asbob strelkasini tezda
«O» holatiga keltirish uchun xizmat qiladi. Shkalani yorituvchi tumbler qorong’ida ishlaganda shkalani yoritadigan lampochkani ulaydi. O’lchov asbobi strelkasi nolga qaytmasa, ko’rsatkich olib tashlanganda nolga keltiruvchi vintdan foydalaniladi.
Moslash uchun saqlovchi vint echib olinib, uning tagida turgan ikkinchi vintni burash bilan strelkani «O» holatiga qo’yiladi. So’ng echib olingan saqlovchi vint joyiga qayta buriladi.
TG-7M turdagi telefon kichik o’lchami va boshchalari yumshoq materialdan bo’lgan ikkita telefondan tashkil topgan. Bular radioaktivlikning borligini tovush orqali aniqlashda qo’llaniladi. Radiatsiya darajasi yuqori bo’lsa, shuncha ko’p tovush belgilari eshitiladi.
ASBOBNI IShLAShGA TAYYoRLASh. Asbob joylab qo’yilgan qutidan chiqarib olinadi, futlyarning qopqog’i ochilib, hammayog’i tekshiriladi. Futlyarga bel va elka qayishlari o’rnatiladi. Mikroampermetrning strelkasini to’g’rilovchi vint yordamida «O» ga qo’yiladi. «Rejim» ruchkasini soat strelkasiga qarshi yo’nalishda taqalguncha buraladi. Poddiapozonlarni o’zgartiruvchining «vo’kl» holatida qo’yilgandan keyin quvvat olish manbalari joylashtiriladi. Buning uchun DP-5A rentgenometrdan 4 ta tushib ketmaydigan vint bo’shatiladi. DP-5B va DP-5V asboblaridan quvvatlanish bo’limining bitta tushib ketmaydigan vinti bo’shatilib, qopqog’i olinadi va 1,6 PMTs- X1,05 chizmaga 3 ta element muvofiq qo’yiladi. Asbob akkumulyatordan quvvatlanganda taqsimlagichdagi ulagichlar kerakli kuchlanishga qo’yiladi, so’ng u vintlar yordamida quvvatlanish bo’limiga birlashtiriladi. Undan keyin poddiapozonlavr o’zgartiruvchi «rejim» holatiga keltiriladi.
«Rejim» ruchkasini soat strelkasi yo’nalishida ohista burab, strelka tepa shkaladagi qora uchburchakka qo’yiladi. Strelka buralganda tepadagi qora chiziqqacha etmasa-kuchlanish ozligini ko’rsatadi, demak, yangi elementlarni qo’yish kerak. shundan keyin asbob strontsiy-90 bo’yicha tekshiriladi: poddiapozonlarni o’zgartiruvchi x1000 holatiga qo’yiladi, radioaktiv manba qopqog’i o’z o’qi atrofida burab ochiladi. Zond ekrani «B» holatiga buraladi va zond futlyar qopqog’iga tayanch o’simtalar bilan shunday mahkamlanadiki strontsiyli manba zond teshigi qarshisida tursin.


15-rasm. Zond:
1—po’lat tana; 2— aylanadigan ekran;
3— oyna; 4—muvofiqlashtiruvchi tumshuq; 5—SI— 3BG gaz sarflanishini hisoblagich;
6— STS—5 gaz sarflanishini hisoblagich; 7—qobiq;
8— yopiladigan murvat; 9— tutqich.

200 dan tashqari hamma poddiapozonlarda (strelka va telefon bo’yicha) asbob ishlashini tekshirish kerak. asbob strelkasi poddiapozonlar o’zgartiruvchining x1000, x100 holatlarida siljimasligi mumkin. 0,1 x 0,1 holatlarida shkaladan chetga chiqib ketishi, x10 holatida formulyarda ko’rsatilgan raqamda turishi kerak (2,2x10q22). Ishlaganda yoki radioaktivlik o’lchangandan keyin asbobni o’chirish kerak.


GAMMA-NURLANIShLARNI O’LChASh. 200 poddiapazonda 5 dan 200 rg’s.gacha radiatsiya darajasi o’lchanadi. Buning uchun asbob yuqorida ko’rsatilgandek moslanadi. Poddiapazonlarni o’zgartiruvchi «200» holatiga qo’yiladi, zond teshigi ekran bilan berkitiladi va zond futlyarga
joylashtiriladi. Radiatsiya darajasi 1 m balandlikda o’lchanadi va har 10 soniyada qo’yi shkala bo’yicha ko’rsatkichlar olinadi.
Doza quvvati 5 rG’s.gacha bo’lganda tepadagi shkala bo’yicha x1000 poddiapozonda o’lchanadi. Har 10-45 soniyada ko’rsatkichlar olinib, bu raqamlar poddiapazonlar o’zgartiruvchida turgan koeffitsientga ko’paytiriladi.
Ob’ektlarning mrG’s ifodalangan radioaktiv ifloslanishini ob’ekt yuzasi yopiq holda zondga yaqin 1-1,5 sm uzoqlikda ushlanib, yuqori shkala bo’yicha olingan ko’rsatkichlarni poddiapazon koeffitsientga ko’paytirilib aniqlanadi. Olingan ma’lumotlar ruxsat etilganlari bilan taqqoslanadi.

Download 6,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish