O’QUV FANINING MAQSADI VA VAZIFASI
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida ish yuritishni tashkil etish” fanining asosiy maqsadi - talabalarda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mehnat jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy-mehnat munosabatlarini takomillashtirish, uning nazariy va amaliy asoslari va rivojlanish tendentsiyalarini baholanishi va monitoringi bo’yicha ilmiy-nazariy bilimlarini chuqurlashtirish hamda mazkur fan bo’yicha mustahkam bilim, ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – uni o’rganuvchilarga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida ish yuritishni tashkil etish, mehnat salohiyati, resurslarning mohiyati, mazmuni va shakllanish jarayonini ko’rsatib berish, mehnat unumdorligi, uni oshirish omillari hamda zahiralarini aniqlash, bozor mexanizmi tizimida mehnat bozorining mohiyati, ahamiyati, nazariy asoslari, klassifikasiyasi va segmentatsiyasini ifodalash, bozor munosabatlari sharoitida aholini ish bilan banligi muammolari va ularning echimini topish, ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, tarkibi, tuzilishi va ularni aniqlash, xodimlar mehnatini baholash va ish haqini tashkil etish tizimini o’rganish, ijtimoiy sherikchilikning mohiyati, ahamiyati, asosiy maqsadi, elementlari, tamoyillari va tashkil etish yo’llarini o’rganish, ish haqqi shakllari va uni taqsimlash tahlili hamda mehnat unumdorligi va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlar tahlilini o’rganish, bozor munosabatlari sharoitida aholini ijtimoiy muhofaza qilishni tashkil etish yo’llarini o’rgatishdan iborat. Har bir mavzu yakunida ta’lim texnologiyalari keltirilgan va ularni qo’llash yuzasidan aniq tavsiyalar mazkur fandan ishlab chiqilgan o’quv-uslubiy majmua(O’UM)da bayon etilgan.
III. FANNI O’QITISHDA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI HAMDA O’QUV MASHG’ULOTLARINI LOYIHALASH
Fanni o‘qitishda interfaol, kommunikativ, perseptiv yondashuvlardan maksimal darajada foydalanish, o‘quv adabiyotlaridan tashqari autentik materiallar: audio, video, jurnallar, internet manbalaridan o‘zlashtirilgan bilimlar majmuasini amaliyotda kuzatilayotgan dalil va hodisalarga bog‘lay olish, olingan natijalarni baholash, tahlil qilish orqali kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka va kompetensiyalarni innovatsion tafakkur layoqati negizida shakllantirishga alohida e’tibor qaratish talab etiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash jarayonida:
- mezonni tanlash;
- o‘quv maqsadlarini toifalash;
- o‘quv materiallarini modullashtirish;
- ularni o‘rganish, tahlil qilish va qayta ishlash;
- o‘rganish natijalarini aniqlash kabi omillarga qaratish orqali ta’lim oluvchida nazariy bilimlar puxta egallanishi hamda ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish, mustaqil ta’limni samarali tashkil etish talab etiladi.
5230200 – “Menejment” bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida ish yuritishni tashkil etish” fanidan o’tiladigan mavzular va ular bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatlar hajmining taqsimoti
Do'stlaringiz bilan baham: |