Xlor va uning birikmalarining ishlatilishi
Xlor amalda galogenlar orasida eng muhimi bo’lib uning organic hosilalarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Xlor ko’pgina metallarni xlor metallurgiya usulida olishda va tozalashda foydalaniladi. Sanoatda olinadigan xlorning assay qismi xlorid kislota va xloridlar olish uchun sarflanadi. Bulardan tashqari xlor oqartiruvchi mahsulotlar (javel suvi, xlorli ohak) olishda, ichimlik suvlarini tozalashda dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Kaliy xlorid o’g’it, kaliy gidroksidi olishda asosiy xomashyo, xlorat va perxlorat olishda ham sanoat xom ashyosidir.
Kumush xloridi yorug’lik sezuvchi foto materiallarda plyonka hosil qiluvchi component, hamda IK-spektrometrlarda optic qismini tayyorlashda ham ishlatiladi.
Gipoxlorit (HClO) kislotasi, natriy va kalsiy gipoxloritlari gazmollarni, qog’ozlarni oqartiruvchi, zararsizlantiruvchi vosita, xatto chiqindi suvlarini ham zararsizlantirishda ishlatiladi. KClO3 portlovchi aralashma moddalarni oksidlashda, yondiruvchi aralashmalar olishda, gugurt kallagida ishlatiladi.
Ammoniy pexlorat va kaliy pexloratlari raketa yoqilg’ilari uchun oksidlovchi, natriy perlorat esa perotexnika tarkibiga kiradi. Gaz holidagi vodorod xlorid, xlorid kislota ishlab chiqarishda hom ashyo, xloridlar va vinil xlorid (keyinchalik polivinilxloridga aylantiriladi) olishda, Zn+HCl suyuqligi metallari kavsharlashda (kavsharlash yoki payvandlash suyuqligi) madanlardan metallarni ajratishda va hakozo sohalarda eng ko’p ishlatiladigan reaktivlardir.
Xlorning kislorodli birikmalari
Galogenlar kislorod bilan tog’ridan-to’g’ri birikmaydi. Hamma birikmalari kovolent. Bu birikmalarda normal oksidlanish darajalari: +1, +3, +5, +7. galogenlarni kisloradli birikmalaridan eng ko’p ishlatiladigani xlorning kislorodli birikmalaridir. Xlorning kislorodli birikmalarini olish gaz holidagi xlorni ishqorlarning eritmasidan o’tkazishga asoslangan:
Neytrallash reaksiyasi sodir bo’lganligi uchun bu reaksiyada muvozanat to’liq o’ngga siljiydi.
Xlorning +1 oksidlanish darajasidagi birikmalaridan eng muhimi xlorli ohakdir:
Xlorli ohakka suv yoki kislota ta’sir ettirilsa, dastlab kuchsiz kislota HClO ning hosil bo’lishi va uning HCl bilan reaksiyaga kirishib erkin Cl2 hosil bo’ladi. Ajralib chiqqan xlorga aktiv xlor deyiladi va uning miqdori xlorli ohakning sifatini belgilaydi:
Demak, xlorli ohak sanoatda xlor va so’ndirilgan ohakdan olingan bo’lib, kalsiy gipoxlorit Ca(ClO)2 ni CaCl2 va Ca(OH)2 lar bilan aralashmasidir. Ushbu aralashma dezinfiksiyalovchi vosita sifatida, toza Ca(ClO)2 esa harbiy zaharlovchi moddalarni dezaktivasiya (zaharsizlantirishda) ishlatiladi.
Kislorodli birikmаlаrida хlor hаr doim + oksidlаnish dаrаjаsini nаmoyon qiladi, ulаrni bеvositа olib bo’lmаydi, faqat bilvositа yo’llаr bilаn olinаdi: хlorning Cl2O (хlor(I)- oksidi, gаz), ClO2 (хlor (IV)- oksidi, gаz), ClO3 yoki Cl2O6 (хlor(VI) – oksidi, suyuq), Cl2O7(хlor (VII)- oksidi, suyuq), oksidlаri vа
+1 +3 +5 +7
HClO – gipoхlorit: HClO2 – хlorit; HClO3 – хlorаt ; HClO4- pеrхlorаt kislotаlаri mа’lum. Oksoхlorаtlаri ham mа’lum. Хlor suv tа’siridа gidrolizlаnаdi.
Cl2 + H2O ↔ HCl + HClO
Do'stlaringiz bilan baham: |