Frezalash rdb dastgohini tuzilishi va ishlashi bilan tanishish. Dastgohni muayyan ishni bajarish uchun sozlash



Download 287,56 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2022
Hajmi287,56 Kb.
#647534
  1   2   3
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI 1


LABORATORIYA ISHI №1

Frezalash RDB dastgohini tuzilishi va ishlashi bilan tanishish. Dastgohni muayyan ishni bajarish uchun sozlash


1. Ishning maqsadi: 6Р13Ф3 modelli frezalash RDB dastgohining tuzilishi va ishlashini o’rganish hamda texnik tavsilotlari bilan tanishish.
2. Kerakli asbob va jihozlar.
2.1. 6Р13Ф3 modelli frezalash RDB dastgohining;
2.2.Torets va silindrik freza;
2.3. Ishlov berish uchun zagotovka;
2.4. Zagotovkaga ishlov berish uchun tuzilgan dastur;
2.5. Nazorat asboblari.


Nazariy ma’lumotlar
Frezalash dastgohlarida tashqi va ichki va ichki tekis hamda shakldor yuzalarga, shuningdek vintsimon sirtlarga ishlov beriladi. Sirtlarning hosil qiluvchi chiziqlari nusxa ko’chirish, iz va urinish usullarida yasaladi. Ishlov beradigan asbob sifatida frezalar – ko’p tig’li asboblardan foydalaniladi.
Frezalarning kesuvchi tig’lari aylanuvchi jism sirtida yoki uning yon yuzasida joylashadi (1.1-rasm).

1.1-rasm. Frezalarning turlari: kesuvchi tig’larnning joylashishiga qarab
a) tsnlnndrnk freza; b) torets (yon) freza
Frezalash dastgohlari tasniflash qoidalariga binoan 6-guruhga kiradi. Ularning turlari stol ish yuzasining gabarit o’lchamlari bilan tavsiflanadi.
Asosiy qismlarning joylashishiga ko’ra konsol va konsolsiz, gorizontal va vertikal, bo’ylama va karusel-frezalash dastgohlari bor.
Frezalash dastgoxlaridan farki ularok frezalash RDB dastgoxlari dastaki boshkariladigan universal modellari bazasida kurilgan. Original joylash va asboblar magazinini maxsus frezlash dastgoxlari aloxida ishlov beruvchi markazlar (IВM) guruxini tashkil kilgan. RDB dastgoxlari konstruktsiyasiga bazaviy modeliga nisbatan printsipial o’zgartirishlar kiritilgan, ular dastur bilan boshkarish imkoniyatlaridan unumli foydalanishga imkon beradi. Buning barchasi dastgoxni yanada yukori aniklikda va unumdorli bo’lishini ta’minlaydi.
Zamonaviy frezalash dastgoxlari chiziqli-aylanali interpolyatorli konturli tizimli RDB bilan kurollanadi, bu uch va undan ortik koordinatal buyicha boshkarishni ta’minlaydi.


1.2-rasm. 6Р13Ф3 modelli frezalash RDB dastgohining umumiy ko’rinishi
Frezalash RDB dastgoxlari turli egri chiziqlarning tekkis konturlarini avtomatik rejimda frezalashga, xajmiy frezalashga, parmalashga, zenkerlashga va yo’nishga imkon beradi. Ular konturga ishlov berish anikligini (aylananing geometrik anikligidan chetga chikishini) 0,1mm oralig’ida, chiziqli o’lchamlar olish anikligini ±0,08mm oraligida bo’lishini ta’minlaydi.
6Р13Ф3 modelli frezalash RDB dastgohining asosiy tarkibiy qismlari 1.3-rasmda keltirilgan. 1 – stanina; 2 – reduktor; 3 – konsol; 4 – elektr qutisi; 5 – stol va salazka; 6 – elektro jihoz; 9 – shpendel kallak; 10 – tezliklar qutisi; 11 – tezliklar qutisini sozlovchi dastak; 12 – himoyalovchi yo’naltirgich; 14 – sovutish suyuqligini shlangi; 15 – ish joyini o’rash (ajratish); 17 – himoya vositasidan iborat.





1.3-rasm. 6Р13Ф3 modelli frezalash RDB dastgohining olidan va yondan ko’rinishi.
6Р13Ф3 modelli frezalash RDB dastgohining boshqarish qismlari 1.4-rasmda keltirilgan:
1 – staninani harakatini cheklovchi tutqich;
2 – asbobni bo’shatish tugmasi;
3 – asbobni mahkamlash tugmasi;
4 – sovitish suyuqligini nasosini ishga tushirish tugmasi:
5 – Z koordinatasini ishga tushirish tugmasi;
6 – Y koordinatasini ishga tushirish tugmasi;
7 – X koordinatasini ishga tushirish tugmasi;
8 – texnologik to’xtatish tugmasi;
9 – qo’lda va avtomatik ishlashda almashtirish tugmasi;
10 – surish tezligini tanlash tugmasi;
11 – stolning bo’ylama xarakatini qo’lda ta’minlash tutqichi;
12 – surish harakatini ishga tushirish tugmasi;
13 – koordinotaning nol holatini sozlash tugmasi;
14 – “dasturni boshlash” tugmasi;
15 – qadamli dvigatelning ishga tushirish tugmasi;
16 – “Pusk Shpindel” tugmasi;
17 – konsolni yuqori tugmasi;
18 – Shpindelni to’xtatish tugmasi;
19 – konsolni pastki tugmasi;
20 - Z koordinatasini nol nuqtasini sozlash tugmasi;
21 – X koordinatasini nol nuqtasini sozlash tugmasi;
22 – staninadagi konsolni mahkamlash tugmasi;
23 – bo’ylama harakatni cheklovchi tutqich;
24 – hamma komondalarni to’xtatuvchi tugma;
25 – tezlik ko’rsatgichi;
26 – Shpindelni surish tugmasi;
27 – tezliklarni o’zgartiruvchi tugma;
28 – konsol harakatini cheklovchi tugma;
29 – konsolni qo’l bilan vertikal harakatini ta’minlovchi tugma;
30 – to’siqni ko’ratish va tushirish uchun tutqich;
31 – Y koordinatasini nol nuqtasini sozlash tugmasi;
32 – stolni ko’ndalang harakatini cheklovchi tutqich;
33 – barchasini to’xtatish tugmasi;
34 – stolni qo’lda harakatini ta’minlovchi tugma.





1.4-rasm. 6Р13Ф3 modelli frezalash RDB dastgohining boshqarish qismlari

Download 287,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish