Fransiyada ta’lim tizimi



Download 0,99 Mb.
bet2/2
Sana09.07.2022
Hajmi0,99 Mb.
#759790
1   2
Bog'liq
isroilov B

Oʻzgarmas tok— tok kuchi va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmaydigan elektr toki. Oʻzgarmas tok oʻzgarmas elektr yurituvchi kuch taʼsirida oʻtkazgichdan yasalgan berk zanjirda vujudga kelishi mumkin. Agar elektr zanjiri tarmoqlanmagan boʻlsa, uning hamma qismlaridan oʻtayotgan tok kuchi bir xil boʻladi. Oʻzgarmas tokning asosiy qonunlari Om qonuni va Joul — Lens qonunipan iborat. Ishtirok etayotgan qarshiliklar va elektr yurituvchi kuchlardan foydalanib, zanjir tarmoqlarining har biridan oqayotgan tok kuchi va yoʻnalishi Kirxgof qoidalari asosida hisoblanadi. Oʻzgarmas tokdan turli sanoat tarmoqlarida, mas, elektrometallurgiya, transport, aloqa, avtomatika va boshqalarlarda foydalaniladi.
Dreyf oqim (gollandcha drijveh — suzish, haydash) — shamol va oqim taʼsirida okean va dengiz suvi ustki qatlamining oʻziga xos harakatga kelishi. Ishqalanish taʼsirida suv dengiz tagiga tomon tusha boradi. D. o. nazariyasini F. Nansen yaratgan; bu nazariyani shved geofizigi va okeanografi V. Ekman 1906 yilda matematik yoʻl bilan isbot qilgan. Yerning aylanishi natijasida D. o. dengiz yuzasida shim. yarim sharda 45° oʻngga, jan. yarim sharda 45° chapga buriladi. Dengiz tagiga chuqurlashgan sari oqim koʻproq burila boradi va muayyan chuqurlik (200 m) da oqim suv yuzasidagiga nisbatan boshqacha yoʻnalishda oqadi.
12-MAVZU: Rezonans kuchaytirgichlar
Rezonans (lot. resono — akssado beraman, javob beraman) — tebranish (elektr, mexanik) konturida majburiy tebranish amplitudasi eng yuqori (maksimum) qiymatga yetganda sodir boʻladigan hodisa. Mac, tizimning barcha parametrlari oʻzgarmas va bu tizim xususiy tebranish chastotasi tashqi kuch davri sinusoidal boʻlsa, yaʼni tizim xususiy tebranish chastotasi tashqi kuch chastotasiga mos kelsa, Rezonans hodisasi roʻy beradi.Rezonansning foydali va zararli tomonlari bor. (Mas, radiotexnikada foydali boʻlsa, inshootlarda zararli). 
Rezonan fizikada koʻp uchraydi (toʻlqinlar Rezonansi, kuchlanish  Rezonansi, toklar Rezonansi). Tebranish konturida tok kuchi faza jihatdan tashqi elektr yurituvchi kuchga teng kelib qolgan hollarda ham Rezonan roʻy beradi. Rezonan aksariyat tabiatda kuzatiladi. Barcha inshootlar, binolar va mashinalar oʻz xususiy tebranishlariga ega. Shuning uchun tabiatda yuz beradigan davriy tashqi taʼsirlar ularda Rezonanni paydo kilishi mumkin. Mas, koʻprik ustidan  poyezd oʻtganda yuz beradigan davriy zarb (silkinish) kuchlari taʼsirida Rezonan paydo boʻladi. Rezonan hodisasi koʻprik, poydevor, mashinalarga  zararli taʼsir qiladi, hatto ularni buzib yuborishi ham mumkin. Shuning uchun Rezonanga qarshi maxsus tadbirlar koʻriladi, zarblarni yumshatkichlar, amortizatorlardan foydalaniladi. Radiotexnikada Rezonan radiostansiyaning bir  xil (zarur) signallarini boshqa (xalaqit) signallaridan ajratib olishga imkon beradi 
13-MAVZU: Kuchaytirgichni avtomatik boshqarish
Elektron kuchaytirgichlarning xususiyati ularning yuqori sezuvchanligi: ular juda kam quvvatli signallarni kuchaytirishga qodir. Shu sababli, elektron kuchaytirgichlardan foydalanish, ayniqsa sezgir elementlar yoki sensorlarning chiqish quvvati juda past bo'lgan holatlarda (bir necha mikrovattlar bo'yicha) maqsadga muvofiqdir.
14-MAVZU: Tunnel diod generatori
Tunnel diodlar ko‘p miqdorda aralashmali yarim o‘tkazgichlardan tayyorlanadi (yaratilgan yarim o‘tkazgichlar). Yaratilgan yarim o‘tkazgichlar asosida bajarilgan n-p o‘tishni volt-amperli tavsifi manfiy qarshilikli hududga ega bo‘lib, bunda kuchlanish ko‘payganda oqib o‘tadigan tok kamayadi. Manfiy qarshilikka ega bo‘lgan element, elektr energiyani talab qilmaydi, uni zanjirga beradi, ya’ni zanjirning faol elementi hisoblanadi.
Volt-amperli tavsifining tushib ketuvchi qismi bo‘lgani uchun tunnel diodlarni generatorlar va keng diapazon chastotali shu jumladan SVCH (o‘ta yuqori chastotali), elektr tebranishlarni kuchaytirgichlari sifatida va yuqori tezlikli qayta ulashlar sifatida ishlatishga imkon yaratadi.
Tunnel diodlar yaratilgan yarim o‘tkazgichlardan, asosan, germaniy, kremniy va galliy arseniddan tayyorlanadi. Potensial to‘siq orasidan tashuvchilarni tunnel o‘tishi uchun n-p o‘tish tor va keskin bo‘lgani sababli, tunnel diodlarning n-p o‘tishlari eritib quyish usuli bilan tayyorlanadi. Bundan tashqari, yaratilgan qatlamlarni epitaksial qo‘shib borish usuli qo‘llaniladi, bu shuningdek keskin o‘tishlarni olishga yordam beradi. Sig‘imni kamaytirish uchun (demak, manfiy qarshilik bilan faol element sifatida ishlashi mumkin bo‘lgan tunel diodni yuqori chegaraviy chastotasini oshirish uchun) p-n o‘tishlarni kichik maydonini olish usuli qo‘llaniladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish