Fransiya turizm resurslari



Download 23,2 Kb.
bet3/5
Sana06.07.2022
Hajmi23,2 Kb.
#746169
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fransiya turizm resurslari

Portugaliya
Portugaliya Ispaniya turizm sanoatidan hajmiga nisbatan katta farq qiladi. Ammo ularning ijobiy tomonlari ham ko‘p. Masalan: ikkala mamlakatda ham turistik sektor katta bo‘lmagan hududlarda: mamlakat ichkarisida va Janubiy qirg‘oqlarda joylashgan. Shimoliy Atlantik qirg‘oqlarida esa turistlar kam. Portugaliya Ispaniya kabi Atlantika, Okeanida, Afrikaning g‘arbiy qirg‘oqlaridagi o‘z hududiga ega. Bu Modeyra orolidir. Bu yerdagi iqlimning yumshoqligi kishilarni dam olishga jalb qiladi. Ikkala mamlakatda ham ichki va chetga chiqish turizmi rivojlangan. Biroq Portugaliyada ichki turizm hajmi hozircha kichik va faqat aholining 1/3 qismigina ta’tilni o‘z mamlakatida o‘tkazadi. Chetga chiqish turizmi ham uncha katta emas. Masalan: 1986 yilda aholining faqat 8%igina chet davlatga chiqqan. Portugaliya 1 yilda 20 milllionga yaqin mehmon qabul qiladi, ammo ularning asosiy qismini quyoshli Ispaniya mamlakatining 1 kunlik turistlari tashkil qiladi. Biroq 90-yillar boshlarida turizmga oid yashash joylarida 4 mln.ga yaqin turistlar qayd qilingan. Portugaliyada chet el turizmi 80-90 yillarda jadal rivojlangan. O‘rtacha hisobda 10-11%ga Portugaliya uchun Ispaniyadan tashqari, Buyuk Britaniya (1991 yilda bir kunda 13,5%ni tashkil qiladi), Germaniya 9,1%, Fransiya 7,7%, Niderlandiya 3,8%, Italiya 2,9% va AQSH 1,7% yirik ta’minotchi bo‘lgan.
Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniya turizm sanoatining o‘sishi rivojlanish davrida aholi strukturasi o‘zgarishiga va uning dam olish darajasiga bog‘liq edi. Ammo aholi soniga buning ta’siri sezilmagan. Britaniyaliklar Ikkinchi Jahon urushidan keyin faol sayohat qila boshladilar. 70-yillar o‘rtasidagi neft inqirozi, shuningdek, 80-yillardagi iqtisod pasayishi turizm rivojini susaytirdi. 80-yillar o‘rtalariga kelibgina sayohatlarning umumiy miqdorida biroz o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Bu davr ichida ichki turizm va chet davlatlarga sayohat qilishdagi o‘zaro tafovut jadal o‘zgardi. Ichki turizm inqirozga uchradi. Lekin shu davr ichida turistlarning Britaniya dengiz kurortlariga sayohatlari 14%ga qisqardi. Shuningdek, o‘z-o‘ziga xizmat yuzasidan tashkil qilinadigan turizmda ham o‘sish sezildi. Turistlar soni 1978 yil 17 mln kishidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 1980 yilda 20 mln. gacha yetdi. Bu davrda esa ichki turizm qiyin ahvolda edi. Bozor strukturasidagi bu kabi o‘zgarishlar turizm sanoatiga oid mablaqlarni taqsimlashga ta’sir qildi.
Masalan: kurort zonalarida otellarga talab kamayayotganligi sababli otel egalarini mehmonxonalarni turizm uchun yoki qariyalar uyi sifatida foydalanishga majbur qildi. 70-yillardan boshlab to hozirgacha chet davlatga chiquvchi Britaniyaliklar soni Buyuk Britaniyaga keluvchi mehmonlarga nisbatan juda ko‘p. Chunki britaniyaliklar o‘z ta’tillarini Ispaniya, Fransiya, Gretsiya, Kipr, Portugaliya va Turkiyaning eng yaxshi kurortlarida o‘tkazishni xush ko‘radilar. Ikkinchi asosiy omillardan biri — bu milliy valyutaning kuchliligi. Shu sababli bu mamlakatga kelish chet elliklar uchun qimmatga tushadi. 80-yillarning oxirlarida "Cho‘ldagi bo‘ron urushi" va milliy valyuta muvozanatining buzilishi Buyuk Britaniyaning chetga chiqish turizmining qisqarishiga (1989 yilda 31,03 mln. nidan, 1990 yilda 30,5 mln kishiga tushdi) sabab bo‘ldi. Ammo 90-yillarda chet elga chiqish turizmida yana ijobiy o‘zgarish sezildi.
Buyuk Britaniyaning chet elga chiqish turizmida asosiy o‘rinni Shimoliy Amerika sayohatlari egallab turibdi. Bu sayohatlar dollar va funt sterling kurslari nomutanosibligiga bog‘liq. Britaniyaliklar uchun yozgi davrda Amerikaning Mayami kurorti katta mavqega ega. Boshqa vaqtda esa bu yerga faqat qarindoshlar, do‘stlar bilan uchrashish uchun sayohat qiladilar. 70-yillarda Buyuk Britaniyaga keluvchi chet el turistlarining soni o‘sib bordi va 1977-79 yillarda ularning soni 12,5 mln. kishini tashkil qildi. Ammo 80-yillarning boshlarida chet el mehmonlarining soni biroz kamaydi va 1981-yilda 11,4 mln kishini tashkil qildi. Shundan keyin bu ko‘rsatkich yana o‘zgardi va 1992 yilda 18,1 mln. kishini tashkil qildi. 1979-yilda turizmdan kelgan mablaq 2797 ming funt sterlingni tashkil qilgan bo‘lsa, 1992 yilda 7630 ming funt sterlingni tashkil qildi. Buyuk Britaniyaga turistlar turli maqsadlarda kelishadi. Ta’tilni o‘tkazish uchun keluvchilar 43%ni, ish yuzasi bilan keluvchilar esa 21%ni tashkil qiladi. Kelayotgan chet ellik mehmonlarning 50%ga yaqini Yevropa ittifoqi mamlakatlari fuqarolaridir. Ulardan 40% i ta’til o‘tkazuvchilar va 26%i biznes turistlaridir. Buyuk Britaniyaga tashrif buyuruvchi chet el mehmonlarining asosiy qismini biznes sayohatchilar tashkil qiladi. Ular madaniy turizm mavjud bo‘lgan katta shaharlarga, masalan, Londonga sayohat qilishni xush ko‘radilar.

Download 23,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish