Fransiya turizm resurslari



Download 23,2 Kb.
bet1/5
Sana06.07.2022
Hajmi23,2 Kb.
#746169
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Fransiya turizm resurslari


Fransiya turizm resurslari

Reja:



  1. Fransiya

  2. Ispaniya

  3. Portugaliya

  4. Buyuk Britaniya


Fransiya
Fransiya ichki turizm bozori boshqa g’arbiy Yevropa davlatlari ichki turizmi bozoridan farq qiladi. Birinchidan, fransuzlarning juda oz miqdorigina o‘z ta’tillarini chet davlatlarda o‘tkazadi (1 yilda 18%). Ikkinchidan, bu yerda ta’til davrining "pik" vaqtlari mavjud: iyul va avgust oylarida o‘quvchilar ta’tillari, qisqa rojdestvo ta’tillari, fevral oyidagi ta’tillar va pasxa davridagi ta’tillar. Uchinchidan, fransuzlar avtomobillarda sayohat qilishni xush ko‘radilar (bu ko‘rsatkich 81%ni tashkil qiladi). To‘rtinchidan, sayohatchilarning aksariyati shahar aholisi. Ular ta’til davrida mehmonxonalarga emas, boshqa joylarga joylashishni yoqtiradilar. Masalan: 1990 yilda mamlakatda 2,8 mln "2-uylar" mavjud edi. Otellar qishda dam oluvchilar uchun qulay hisoblanadi. Fransuzlarning 50%ga yaqini o‘z ta’tillarini yozda dengiz bo‘yida, 25%i qishloq joylarida, 17%i tog‘ kurortlarida o‘tkazadilar. qishda esa qirg‘oq bo‘yida faqat 17% fransuz dam oladi. Chet elga chiqish turizmiga kelsak, fransuzlarning faqat 5% igina Pekij-turlari bo‘yicha va 6%i aviatransportda sayohat qiladilar. Yozgi davrda qo‘shni Ispaniya va Italiya mamlakatlari mavqei oshadi (ularning ikkalasi yozgi sayohatlarning 40%ini tashkil qiladi). 1991 yilda Ispaniya Fransiyadan 8 mln turist, Italiya esa 7,29 mln turistni qabul qildi. Keyingi paytlarda fransuzlar AqSH, Osiyo kabi uzoq hududlarga sayohat qilishni ma’qul ko‘rmoqdalar. Ish yuzasidan bo‘ladigan sayohatlarning aksariyati Germaniya va Buyuk Britaniyaga to‘g‘ri keladi. 1980-91 yillarda chet el turistlarining Fransiyaga kelishi keskin o‘sdi va 29 mln. dan 55 mln kishiga yetdi.
Fransiya uchun katta asosiy bozor – bu Germaniya. U yerdan 25% mehmon keladi. Ularning miqdori esa 1980-91 yillar orasida 8,4-13,4 mln odamga yetdi. Germaniyadan keyin Buyuk Britaniya, Belgiya, Italiya, Shveytsariya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlar keladi. Fransiyaga keluvchi turistlar ko‘proq Fransuz rivyerasida dam olishni xush ko‘radilar. Undan keyin Parij, Alp, Akvitaniya, Langedok-Russilyon turadi.
Fransiya iqtisodiyoti davlat muvozanatini saqlagan holda hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida mehmonlarni qabul qilish uchun muntazam ravishda qishloq joylarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi. Avvallari bu hollarni Akvitaniya, Markaziy massiv va Langedok-Russilyon hududlarida ko‘rish mumkin edi. Ammo bu loyiha birinchi navbatda chet el turizmini emas, balki ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qilar edi. 1967 yilda Fransiya rahbariyati tomonidan Akvitaniyada turizm va qishloq joylarni birgalikda rivojlantirish rejasi qabul qilindi. Rejani moliyalashtirish ishi xususiy sektor, rivojlantirish koordinatsiyasi esa hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshirilar edi. Bu rejaga ko‘ra qirg‘oqdagi tuman 16 sektorga bo‘linar, ulardan 9 tasi turizmni rivojlantirish uchun kerak edi. YA’ni, plyajlar, dam olish zonalari, suv sportlari qurilishi lozim edi. qolgan 7 ta sektor yashil zona deb nomlanib, u yerdagi landshaft va yovvoyi tabiatni saqlab іolish ko‘zda tutilgan edi. Bu rejaga ko‘ra, amaldagi Arkashon va Biarits kabi faoliyat ko‘rsatayotgan kurortlarni saqlab іolish, yashash joylarini kengaytirish va nihoyat Moliyets kabi yangi kurortlarni qurish lozim edi. Yangi obyektlarni qurish, rejalashtirish mamlakatni ichki turizm talablarini qondirish maqsadida amalga oshirilar edi. 1982 yilgacha tunash uchun joylarning 28%i dam olish lagerlarida joylashgan edi. Mehmonxonalar qismi esa faqatgina 13%ni tashkil qilar edi. Shu bilan birgalikda "2-uylar" 46%ga yetgan edi. Ushbu loyiha amalgaidaЬshi bilan turizmda katta rivojlanish sezildi. Bu holatga hattoki 80-yillardagi inqiroz ham ta’sir ko‘rsata olmadi. Langedok-Russilyon qirg‘oqi 60-yillargacha turizm va dam olish uchun rivojlangan emas edi. qirqoqning qumlik tepaliklari asosiy yerlarda botqoqliklar bilan ajratilgan edi. 1964 yilda hududda turizm sektorini rivojlantirishni raqbatlantirish maqsadida fransuz hokimiyati rejaning rivojlantirish dasturini ishlab chiqdi. Bu dasturga asosan 5 ta turistik yashash joylari, ularni boqlovchi yo‘llar va avtomobil trassalari qurilishi ko‘zda tutilgan edi. Shimoliy kurortlar guruhi Ajua-Morte nomli qadimiy shahardan 20 km janub va qarbda dengizning qumli qirg‘oqida joylashgan. 1990 yilda uni amalga oshirish uchun rayonga turizmni rivojlantirish uchun belgilangan mablaqning 24%i ajratildi. Oldingi qurilgan kurortlardan Sarnon va Palava turistlar orasida yuqori mavqega ega. La-Grand-Mot o‘zining mashhur yaxta-klubi ulkan kurortiga ega. Kurortlarning 2 guruhi umumiy Tu nomi bilan atalib, qumlik qirg‘oqlarda uzunligi 30 km masofada joylashgan. Shuningdek, bu kurort o‘z ichiga qadimiy kurortlar bo‘lmish Set, Meze va Marsel hamda yosh kurort Kap de Adglarni oladi. Bulardan keyin Valras-Grussan, Lyuka-Barkares, Kane-Arjeles guruhlari turadi. Dasturni ishlab chiqqanlar fikricha, avtomobil yo‘llarini yaxshilash turizm o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Dasturga muntazam ravishda o‘zgartirishlar kiritildi (1969-1972 yillar). Uni amalga oshirish hududda o‘tkazilayotgan turistik kunlarning ortishiga olib keldi. YA’ni, 1968 yilda ular soni 16 mln. ni tashkil qilgan bo‘lsa, 1979 yilda 39 mln. gacha o‘sdi. 1960 yilda bu yerlarga 30 ming kishi kelgan bo‘lsa, 1990 yilda 5 mln kishiga yetdi. Turizmning rivojlanishi hudud iqtisodiga katta ta’sir ko‘rsatayotganligini tan olib, Fransiya hukumati avtomobil yo‘llarini kengaytirish va ekologiyani yaxshilash ishlariga tavakkalchilik qilib katta mablaq ajratdi. Ammo ushbu sxema har doim ham ijobiy natija bermaydi. Masalan: Italiya janubida turizmni rivojlantirish uchun shu kabi avtomobil yo‘llarini yaxshilashga ketgan Italiya hukumatining barcha urinishlari befoyda bo‘ldi. Langedok-Russilyon hududi aksariyat hollarda ichki turistlarga xizmat qiladi. Masalan: 1986 yillarda mehmonxonalarning 88%ini fransuzlar tashkil qildi. 1992 yil 54,1 mln turistik kunlar aynan shu hududga to‘g‘ri keldi. Chet davlatdan kelgan turistlarning aksariyati Belgiya, Germaniya va Niderlandiya orqali kelar edilar. 1988 yilda joylashgan o‘rinlarning 63%ini "2-uylar", 26%ini esa lager shaharchalar tashkil etdi. Yaqin yillarda ichki turizm modeida NATgartirish, yoz mavsumida yashash joylariga bo‘lgan talabni oshirish uchun Fransiyada imkoniyatlar ko‘p. La-Manshdagi tonnelning ochilishi Buyuk Britaniyalik turistlar oqimining ko‘payishiga va chet el turizmi modelini o‘zgartirishga olib keldi.

Download 23,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish