Fransiya turizm resurslari



Download 23,2 Kb.
bet4/5
Sana06.07.2022
Hajmi23,2 Kb.
#746169
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fransiya turizm resurslari

Benilyuks mamlakatlari.
1958 yilda Benilyuks mamlakatlari Benilyuks iqtisodiy ittifoqi shartnomasini tuzadilar. Yevropaning 3 ta mamlakati – Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg ommabop turistik markazlar deb hisoblanadi.
Belgiyaning ichki turizm bozori 1990 yilda 23,9 mln turistik kunni tashkil qildi. Uning asosiy qismi, ya’ni 59%i mamlakatning qirg‘oq bo‘yi zonalariga, an’anaviy kurortlar Ostendle, Knokkl va Blankenberglga to‘g‘ri keladi. Belgiyada o‘z-o‘zig sababat qilish sektorida dam olishni xush ko‘radilar (Turistlarning 1/3 qismi lager shaharchalarda, yarmi esa o‘z-o‘zini boshqarish sektorining boshqa turlari — Villa apartamentlar va hokazolardan foydalanishni xush ko‘radilar).
Belgiyaliklar uchun qirg‘oq bo‘yi zonadan keyin ikkinchi dam olish maskani, ommabop Ardenna tog‘i hisoblanadi. Ushbu tog‘larda mamlakatning yozgi ichki turizmining 6%i to‘g‘ri keladi. 1991 yilda Belgiyada dam olish joylarido 12,17 mln tunash o‘rinlari qayd qilingan. Mehmonlarning asosiy qismini Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya, AqSH va Fransiya fuqarolari tashkil qiladi.
1992 yilda mamlakatni 3,2 mln. turist ziyorat qilgan. Turistlarning mamlakatda bo‘lishi o‘rtacha hisobda faqat 2 kunni tashkil qiladi. Belgiyaga tashrif buyurgan turistlarning asosiy qismini ishbilarmon, sayohatchilar, chinovniklar tashkil qiladi.
Bryussel Belgiyaning nafaqat poytaxti, balki Yevropa ittifoqi NATO va ko‘pgina transmilliy kompaniyalarning bosh offislari joylashgan shahardir. Ushbu tashkilotlarga qarashli mehmonlar qimmatbaho otellarda juda kam muddat yashaydilar. Turistlarning keyingi toifasini shaharning tarixiy-madaniy obidalari bilan tanishmoqchi bo‘lgan sayohatchilar tashkil qiladi.
Belgiyada O‘rta asr kvartallari yaxshi saqlangan 9 ta shahar bor. Chet el turistlarini ko‘proq qiziqtiradigan shaharlar – bu, Bryusseldan tashqari, Antverpen, Bryugge va Gent. Turistik kunlarning 85%i ushbu shaharlarga to‘g‘ri keladi.
Bryugge — go‘zal, o‘tgan asrdan darak beruvchi shahar. O‘zining tor ko‘chalari, eski ko‘priklari, binolari bilan Venetsiyani eslatadi. Bryuggeda 1248 yil qurilgan Belfi end Kloz Xoll, 1336 yil qurilgan Toun Xoll va boshqa ko‘plab XII—XIII asr ibodatxonalari mavjud. Shaharda muzeylar juda ko‘p. Dunyo san’ati namunalariga boy bo‘lgan Groyening muzeyi, shu jumladan, o‘rta asrning yana bir shahri hisoblanmish – Gent o‘zining gullar ko‘rgazmasi bilan tanilgan. Uning markazida 1180 yilda qurilgan Cherkov, 1300 yilda qurilgan Belfi end Kloz Xoll va XV asrda barpo etilgan Sant Bravo Kafedral joylashgan.
Antverpen shahri nafaqat o‘zining qadimiy binolari bilan tanilgan, balki u yerda Almaz ishbilarmonlar turizmi ham rivojlangan. Bryussel shahri ham o‘rta asrlarda vujudga kelgan shaharlar hisobiga kirib, ishbilarmonlar turizmidan tashqari katta tarixiy madaniy turizm markazi ham hisoblanadi.
So‘nggi yillarda o‘rta asrlar, ya’ni 1696 yilda qayta qurilgan Bryussel shahrining asosiy maydoni – Grand Palas e’tiborni jalb qila boshladi. Bu yerda yunon uslubida qurilgan shahar saroyi, Mezon de Roy va Gald Xausez binolari joylashgan. Chet davlatlardan kelgan mehmonlarning deyarli 3 qismi Belgiyaning qirg‘oq zonalarida dam olishni ma’qul ko‘radilar. Mehmonlar asosan qo‘shni bo‘lgan Buyuk Britaniya, Germaniya, Niderlandiya va Fransiya mamlakatlaridan tashrif buyuradilar. Mamlakatga, shuningdek, bir kunlik mehmonlar ham ko‘p miqdorda keladi. Masalan, 1985 yilda ularning soni 15 mln. kishini tashkil qilgan edi. Belgiya (asosiy strategik) Yevropa yo‘llarining chorrahasida joylashgan. U Parij va Shimoliy Germaniya, Buyuk Britaniya va Yevropa orollariga chegaradosh. Shu sababli mamlakat chegarasini juda ko‘p miqdorda tranzit turistlar kesib o‘tadi. Masalan, 1985 yilda ular soni 7 mln kishini tashkil qildi.
Belgiyaliklarning o‘zlari Fransiya, Italiya va Ispaniyaning O‘rta Yer dengizi kurortlarida hamda Alp mamlakatlarida dam olishni yoqtiradilar.
Benilyuksga kiruvchi ikkinchi davlat bu Niderlandiyadir. Bu yerda ichki turizm bozori juda yaxshi rivojlangan. Masalan, 1990 yilda 14,6 mln kishi ta’tilini o‘z mamlakatida o‘tkazdi. Ularning katta qismi o‘z-o‘zini boshqarish sektoridan foydalandilar (Niderlandiyada, ayniqsa, uning qarbiy qismida lager shaharchalar ko‘p).
Keyingi paytlarda mamlakatda o‘z-o‘zini boshqarishning yangi konsepsiyasi ommabop bo‘lib kelmoqda. "Parks markazi" kompaniyasi O‘rmon massivlari va suv havzalarida joylashgan. Umumiy maydoni 120—160 gektar bo‘lgan sog‘lomlashtirish sport komplekslariga ega. Mamlakatda 7 ta kompleks mavjud. Ulardan har biri 1 yilda 1,5 mln mehmonni qabul qila oladi. Shuningdek, 2 ta qo‘shimcha kompleks qo‘shni Belgiya mamlakatida joylashgan. Ushbu komplekslar tarkibiga yaxshi ta’minlangan bungalo, restoranlar, magazin, basseynlar, sport bilan shuqullanish uchun boshqa vositalar kiradi. Boshqa Yevropa mamlakatlari aholisiga qaraganda, niderlandiyaliklar o‘z ta’tillarini mamlakat ichkarisida joylashgan dam olish zonalarida o‘tkazadilar. Masalan, Shimol va Janub qirg‘oq zonalarida dam olish qismiga faqatgina 15,5% niderlandiyalik to‘g‘ri keladi. Bu esa 2 ta sabab bilan asoslanadi.
Birinchidan, qirg‘oq bo‘yi zona aholisi yashayotgan hududga 1 kunlik sayohatlar uyushtiriladi. Niderlandiya aholisi ko‘proq Germaniyada dam olishni xush ko‘radi. Ammo yakka holda sayohat qiluvchilar Fransiya, asosan uning markaziy massivi, Alplar, shuningdek Avstriya va Shveytsariya (ularga mamlakatdan chiqish bozorining 16%i to‘g‘ri keladi)ni ma’qul ko‘radilar.
Niderlandiyalik turistlarning aynan shu mamlakatga sayohat qilishlarining asosiy sabablaridan biri – bu, o‘zlari rivoji tamoman farq qiluvchi landshaft va sport qishki turlari bilan shuqullanish imkoniyatining mavjudligidir. O‘rta Yer dengizi mamlakatlari bozorida Niderlandiya faqat 26%ni tashkil qiladi (Chunki ushbu mamlakatlarga borib kelish juda qimmatga tushadi). Niderlandiyaning hududi kichkina bo‘lganligi sababli unga asosan 1 kunlik mehmonlar tashrif buyurishadi. 1991 yilda Niderlandiyaga 5,8 mln. turist sayohat qilgan. Niderlandiya bozorida birinchi o‘rinda Germaniya, katta tavofut bilan Buyuk Britaniya, keyin esa AqSH turadi. Turistik kunlarning yarmidan ko‘pini mehmonxona fondida ishbilarmon sayohatchilar tashkil qiladi.
Niderlandiya xalqaro turizmning asosiy markazi bo‘lib, uning poytaxti Amsterdam hisoblanadi.
Bu shaharda qadimiy (XVII asr) va go‘zal binolar ko‘p. Shahar aeroportini ulkan transport tarmoqi bilan boqlovchi Rotterdam Yevropaning eng katta dengiz porti hisoblanadi. Demak, mamlakat chegarasini 5 mln tranzit yo‘lovchining kesib o‘tishi hech kimni hayron qoldirmaydigan holat.
Lyuksemburg. Ushbu mamlakat yuqoridagi 2 mamlakatga nisbatan turistlarni kam qabul qiladi. Masalan, 1988 yilda u 760 ming turistni va 2 mln. 1 kunlik mehmonlarni qabul qildi. Ammo, turizm mamlakat iqtisodiyotining 3-muhim sohasi hisoblanadi. Lyuksemburg qo‘shni Belgiya hamda Niderlandiyaga mute. Bu mutelik sabablari shundaki, aynan shu mamlakatlar Lyuksemburgning xalqaro turizmini rivojlantiradilar. Shuningdek, chet el mehmonlarining asosiy qismini ishbilarmon sayohatchilar tashkil qiladilar. Chunki bu yerda YKL bankining shtab kvartirasi va ko‘plab chet el banklari joylashgan. Lyuksemburg aholisi ko‘p emas, ammo mamlakat aholisi chet davlatlarga, shuningdek qo‘shni mamlakatlarga sayohat qilib turadilar.


Download 23,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish