Francia, 1703
Fransiya hududi birmuncha kengayib,
Yevropada
Fransiyaga tamomila qaram bulgan davlatlar
paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, Fransiyaning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga
boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi.
1814
—
1815
va
1815
—
1830
-yillarda Burbonlar
monarxiyasi qayta tiklandi.
1815
-yil martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan
keyin Vaterloo yonidagi jangda (
1815
-yil
18-iyun
) u magʻlubiyatga uchragach,
Parij
sulhiga
muvofiq, Fransiya
1790
y.gi chegarasiga qaytarildi.
1830
-yil Iyul inqilobi natijasida Burbonlar
sulolasi agʻdarib tashlandi. Fransiyada monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol
deb eʼlon qilindi.
1848
-yil fevral inqilobi natijasida Fransiyada Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror
topdi (184852).
1851
-yil 2-dekabrda boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng Lui Napoleon
Bonapartning harbiy diktatura tuzumi oʻrnatildi.
1852
-yil 2-dekabrda u Napoleon III nomi bilan
imperator deb eʼlon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 70).
Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi.
1870
—
1771
-yillardagi Fransiya —
Prussiya
urushida Fransiya yengilib turgan sharoitda (
1870
)
Sentabr inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. Fransiya respublika deb eʼlon qilindi.
Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qoʻrqqan
Muvaqqat xukumat amalda taslimchilik siyosatini olib bordi. Hukumatning ishchilarni
qurolsizlantirish siyosatiga karshi Parij ishchilari 1871-yil
18-martda
qoʻzgʻolon koʻtarib, Parij:
kommunasini eʼlon qildilar.
1871
-yil
Frankfurt
sulh shartnomasiga koʻra, Fransiya
Elzas
va
Lotaringiyaning
talaygina qismidan mahrum boʻlib, Olmoniyaga katta tovon toʻladi.
Monarxiyachilarning monarxiyani qayta tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
1875
-
yil Milliy majlis tomonidan Uchinchi Respublika (
1870
—
1940
) konstitutsiyasi kabul qilindi. 19-
asr oxiriga kelib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasi koʻlami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan
Buyuk Britaniyadan soʻng 2oʻringa chiqdi. 20-asr boshlarida Fransiya sanoati tez surʼatda
rivojlandi, lekin u Birinchi jahon urushigacha agrarindustrial mamlakat boʻlib qolaverdi. Fransiya
bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi sababli
1891
—
1893
-yillarda Fransiya — Rossiya
ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoq
1904
y.gi Fransiya—
Buyuk Britaniya
bitimi bilan Antantanp
tashkil etishda muhim rol oʻynadi. Fransiya Birinchi jahon urushi (
1914
—
1918
)da qatnashdi.
Olmoniyaning
urushdagi harbiy magʻlubiyatidan foydalanib, Fransiya
Yevropada
oʻzining
hukmronligini oʻrnatishga harakat qildi. 30-yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni Fransiyada boshqa
mamlakatlarga nisbatan kechroq boshlandi va uzoqroq davom etdi. Mamlakatda fashistik
guruhlar faollasha boshladi. Fashizm xavfiga qarshi Fransiyadagi demokratik kuchlar Xalq
frontiga uyushib, harakat qildilar (1935).
1936
-yil iyunda Xalq fronti madadiga tayangan
hukumat tuzildi.
1938
-yil boshlarida reaksiya kuchlari Xalq frontiga rahna solib, yangi xukumat
tuzishga muvaffaq boʻldilar.
1939
-yil 3-sentabrda Fransiya
Olmoniyaning
Fransiya ittifoqchisi
boʻlgan
Polshaga
hujumidan soʻng unga qarshi urush eʼlon qildi. Ammo
Polshaga
yordam berish
uchun hech qanday tadbir koʻrilmadi.
1940
-yil may oyida Olmoniya qoʻshinlari Fransiya hududiga
bostirib kirdi.
10-iyunda
Fransiyaga
Italiya
urush eʼlon qildi.
14-iyunda
esa Olmoniya qoʻshinlari
Parijni
urushsiz egalladilar.
22-iyunda
Fransiya hukumati taslim boʻlish shartlariga rozi boʻldi.
Olmoniya
qoʻshinlari Fransiya hududining 2/3 qismini bosib oldi. Mamlakatning qolgan qismini
boshqarish uchun Vishi shahrida A. F. Peten boshchiligida qoʻgʻirchoq (Vishi) hukumati tuzildi.
1942
-yil
11-noyabrda
Germaniya bilan
Italiya
bu xududni ham ishgʻol qildi. Fransuz xalqi
fashistlar okkupatsiyasining dastlabki kunlaridanoq Qarshshshk koʻrsatish harakatinm boshlab
yubordi.
1940
-yil general Sh. de Goll boshchiligida „Ozod Fransiya“ harakati (1942-yildan
„Kurashayotgan Fransiya“) tuzildi. Bu harakatga Fransiyaning
Afrikadagi
mustamlakalari (Chad,
Kamerun, Oʻrta
Kongo
,
Gabon
va boshqalar)ning fransuz harbiy qismlari va maʼmurlari ham
qoʻshildi.
1941
-yil 24-sentabrda de Goll fransuz milliy qoʻmitasini tashkil etdi, bu qoʻmita
keyinroq muhojirlikdagi Fransiya hukumatiningoʻzagi boʻldi.
1943
-yil
3-iyunda
Jazoirda general
de Goll raqbarligida Fransiya Milliy ozodlik qoʻmitasi (FMOQ) tuzildi.
1944
-yil
2-iyunda
AQSH,
Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan tan olingan FMOQ Fransiya respublikasining Muvaqqat
hukumatiga aylandi. 1944-yil oxmriga kelib, Fransiya hududi fransuz vatanparvarlari va Angliya,
Amerika qoʻshinlari tomonidan ozod etildi.
Ikkinchi jahon urushida mamlakat iqtisodi katta zarar koʻrdi. Uning xalqaro mavqei pasayib,
Fransiya mustamlakachilik imperiyasining parchalanishi boshlandi.
1946
-yil 24-dekabrda
demokratik ruxdagi yangi konstitutsiya qabul kilindi.
Toʻrtinchi respublika davri (
1946
—
1958
) boshlandi.
1949
-yil Shimoliy Atlantika shartnomasi
tashkiloti (NATO)ga aʼzo boʻldi. Mamlakat va armiya ichidagi reaksion kuchlar 1958-yil mayda
Jazoirda respublikaga qarshi isyon koʻtardilar. Jazoirdagi fransuz armiyasi qoʻmondonligi de Goll
boshchiligida „milliy najot“ hukumatini tuzishni talab qildi. 1-iyunda Milliy majlis de Gollga
hukumat tuzish vakolatini berdi. 1958 i. yangi konstitutsiya qabul qilindi. Sh. de Goll prezident
etib saylandi. Shu-yildan Fransiya Beshinchi respublika nomini oldi. 60-yillarda Fransiya
Afrikadagi mustamlakalari — Gvineya, Sudan, Madagaskar, Dagomeya (hozirgi Benin), Niger,
Yuqori Volta (hozirgi Burkina Faso), Fil Suyagi Qirgʻogʻi (hozirgi Kotd’ Ivuar), Chad, Markaziy
Afrika Respublikasi, Kongo, Gabon, Mavritaniya, Togo, Kamerun va Jazoirga mustaqillik berishga
majbur boʻldi. 1966-yil martda Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqib, oʻz hududidagi AQSH
harbiy bazalarini tugatdi. 1965-yil 19-dekabrda Sh. de Goll qaytadan 7-yilga prezident etib
saylandi. 1968-yilgi talabalar gʻalayoni va umumiy ish tashlash harakatlari, ijtimoiy siyosiy tanglik
Fransiyani larzaga keltirdi. 1968-yil kuzda Beshinchi respublika tuzumi chuqur moliyaviy tanglikni
boshidan kechirdi. Fransiya oʻz oltin valyuta rezervlarining yarmini yoʻqotdi, frankning kursi
beqaror boʻlib qoldi. 1969-yil de Goll maʼmuriyhududiy boshqarish tizimini oʻzgartirish va Senatni
isloh qilish toʻgʻrisida referendum oʻtkazdi, ammo muvaffaqiyat qozonmadi. Natijada de Goll
isteʼfoga chiqsi. 1969-yil „Respublika uchun demokratlar ittifoqi“ partiyasining nomzodi J.
Pompidu, 1974-yil Mustaqil respublikachilar milliy federatsiyasi rahbari Valeri Jiskar d’ Esten,
1981-yil soʻl kuchlar yetakchisi Fransua Mitteran prezident etib saylandi. 1986— 88-yillar oʻng
va soʻl kuchlar bahamjihatligining birinchi davri boshlandi va 1988-yil Fransiya Mitteran yana
prezident etib saylandi. 1995-yil prezident saylovi natijasida Jak Shirak hukumat tepasiga keldi.
2000-yil 25-sentabrdagi referendumga asosan prezidentlik davri 7-yildan 5-yilga oʻzgartirildi.
2002-yil J. Shirak qayta prezident etib saylandi. Fransiya — 1945-yildan BMT aʼzosi. OʻzR
mustaqilligini 1992-yil 3-yanvarda tan olgan va 1992-yil 1-martdan diplomatiya munosabatlari
oʻrnatgan. Milliy bayrami — 14-iyul — Bastiliya ishgol qilingan kun (1789).
Fransiya sotsialistik partiyasi, 1971-yil tashkil etilgan; Respublikani qoʻllabquvvatlash birlashuvi
partiyasi, 1962-yil tuzilgan, 1976-yilgacha turli nomda boʻlgan; Fransuz demokratiyasi uchun
ittifoq partiyasi, 1978-yil asos solingan; Fransuz demokratiyasi uchun xalq partiyasi, 1965-yil
tashkil etilgan, 1995-yildan hozirgi nomda; Fransiya kommunistik partiyasi, 1920-yiltuzilgan;
Milliy front partiyasi, 1972-yil asos solingan. Umumiy mehnat konfederatsiyasi Fransiyadagi eng
katta kasaba uyushmasi boʻlib, 1895-yil tuzilgan; Fransiya demokratik mehnat konfederatsiyasi,
1919-yil asos solingan; Fransiya xristian mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1919-yil asos
solingan; „Fors uvriyer“, kasaba uyushma markazi, 1947-yil tuzilgan.
Fransiya — yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Jahondagi eng rivojlangan yetti
davlatdan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24,9 %, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon, baliq
xoʻjaligining ulushi 2,7 %., xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 72,4 % ni tashkil etadi (2002).
Fransiya sanoat ishlab chiqarish boʻyicha AQSH, Yaponiya va Germaniyadan soʻng dunyoda
4oʻrinni egallaydi. Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlari: aerokosmik sanoati, mashinasozlik
(aviasozlik, kemasozlik), elektron texnika, radioelektronika, qora va rangli metallurgiya, kimyo va
farmatsevtika mahsulotlari, toʻqimachilik, tikuvchilik, neftni qayta ishlash, neft kimyosi kabilar.
Fransiyada temir rudasi (asosan, Lotaringiyada), uran rudasi (LaKruziy, L’Ekarpyer va boshqa
konlar), boksit (Var va Ero departamentlarida) va alyuminiy rudalari qazib olinadi. Lotaringiya
kumir qazib chiqarishning anʼanaviy markazi hisoblanadi. Keyingi davrda mamlakat markazi va
janubida kumir qazib olish birmuncha kamaydi. Nikel, kaliy tuzlari, gips, volfram va oltingugurt,
bariy, kaolin, asbest, plavik shpat, oz miqdorda qoʻrgʻoshin, pyx va kumush qazib chiqariladi.
Fransiyaning janubi-gʻarbiy xududi, Landesda neft va gaz zaxiralari mavjud. Metallurgiya
kombinatlarida poʻlat (LeKryozo, SentEtyen), alyuminiy (Gardann, Salendr, Noger), mis (LePale),
qoʻrgʻoshin va rux (NuayelGodo, Lion, Vivye), nikel (Gavr), kobalt, volfram va boshqa eritiladi.
Kurilish materiallari, jumladan, qum, shagʻal, tosh butun Fransiya hududida qazib olinadi. „Reno“ va
„Pejo“ kompaniyalari avtomobil ishlab chikaruvchi eng yirik kompaniyalardir. Avtomobil sanoati
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari
Xoʻjaligi
Sanoati
markazlari Parij, Monbelyar, Lionda joylashgan. Aviatsiyakosmos tarmoqlari (harbiy va fuqaro
samolyotlari, vertolyot, dvigatellar, raketa va kosmik texnika)ning asosiy markazlari — Parij,
Tuluza, Bordo. Kemasozlik rivojlangan (Nant, Dyunkerk, Marsel). Lokomotiv va vagonlar, stanok,
traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari va boshqa ishlab chiqariladi. Fransiya kompaniyalari
mudofaa, transport mashinasozligi va boshqa tarmoqlarda oʻzining eng yangi texnologiyalari
bilan mashhur. Yiliga oʻrtacha 475,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya (shundan 3/4 qismi atom
elektr styalarida) hosil qilinadi. Atom sanoatining asosiy markazlari — LeBushe, Pyerlat, Markul.
Neft va neft kimyosi sanoati plastmassa, sintetik kauchuk va smola, kimyoviy tola, harbiy
kimyo mahsulotlari, mineral oʻgʻit, doridarmon, upaelik va boshqa mahsulotlar ishlab chikaradi
(Parij, Lion, Gavr va Marsel). Yengil sanoatning asosiy tarmogʻi — toʻqimachilik boʻlib, Parij, Lill,
Armantyer, RubeTurkuen, Myuluz, Epinal, Truada yirik ip gazlama, jun, zigir, jut, trikotaj
korxonalari mavjud. Toʻqimachilik va galantereya, poyabzal, oziq-ovqat sanoati rivojlangan.
Konyak, vino, likyor, shampan vinolari dunyoda nom chikargan.
Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar mamlakat hududining 35,6 % ni tashkil qiladi, shundan 40 %
yaylov va pichanzor. Chorvachilik qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi (mahsulot qiymatining
55 %). Qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini boʻlgan bugʻdoy
Shimoliy Fransiya pasttekisligida ekiladi. Arpa va makkajoʻxori katta ahamiyatga ega. Markaziy
Fransiya massivining unumsiz yerlarida javdar, Rona deltasida sholi yetishtiriladi. Texnika
ekinlaridan qand lavlagi, zigʻir, xmel va tamaki muhim oʻrin oladi.
Bordo departamenti hamda Rona, Sona, Garonna, Dordoni va Luara dare vodiylarida tokzorlar
katga maydonni egallaydi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Oʻrmonlarda
yogoch tayyorlanadi. Atlantika okeani va Oʻrta dengizda baliq ovlanadi.
Temir yoʻl uzunligi 42000 km. Soatiga 300 km yoʻl bosadigan tez yurar poyezd Parij va
Fransiyaning boshqa shaharlarini Angliya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya bilan bogʻlaydi. Ichki
yuklarning aksar qismi avtomobilda tashiladi. Avtomobil yoʻllari uz. 812,7 ming km. Parij, London,
Marsel, Nitssa, Strasburg va Tuluzada yirik aeroportlar bor. Sena, Reyn daryolarida, Sena—Sevr,
Marna—Reyn kanallarida kema qatnaidi. Dengiz savdo flotining tonnaji 4981 ming t dedveyt.
Yirik dengiz portlari: Marsel, Gavr, Dyunkerk, Ruan, Nant, SenNazer, Bordo. Ichki suv yoʻllari uz.
8,6 ming km. Neft va boshqa suyuq mahsulotlarning bir qismi quvurlar orqali tashiladi.
Fransiya chetga elektron va maxsus mashina, uskunalar, samolyot, temir va poʻlat, ofis
mashinalari, don mahsulotlarini qayta ishlash vositalari, alkogolli ichimliklar, gazlama, pishloq,
Transporti
Tashqi savdosi
goʻsht, sut, kiyimkechak, poyabzal, upaelik va hokazolarni chiqaradi. Chetdan yonilgʻi, sanoat
xom ashyolari, transport jihozlari, mashinalar, isteʼmol mollari keltiriladi. Tashqi savdoda Yevropa
Ittifoqi mamlakatlari: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Buyuk Britaniya,
Ispaniya, shuningdek, AQSH va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Fransiyada xalqaro turizm
rivojlangan:-yiliga 50 mln. kishi kelibketadi. Pul birligi — frank.
Sogʻliqni saklash sohasi kasalxonalardan va „shahar tibbiyoti“ deb ataluvchi erkin tibbiy
muassasalardan iborat. Tibbiyot tarmogʻida 2 mln.ga yaqin kishi ishlaydi (60 mingi
kasalxonalarda). Davlat sogʻliqni saklash tizimi rivojlangan. Fransiyada profilaktik tibbiyotning
ahamiyati katta. Bu — tugishgacha va undan keyingi davrlarda ayollarni nazorat qilib, tadqiqotlar
olib borish va ayrim koʻp tarqalgan kasalliklar (asosan, chekish, alkogolizm, OITSga qarshi
kurash va hokazo) boʻyicha ish joylarida va axborot kompaniyalarida konsultatsiyalar olib borish
va hokazolardir. Shu tufayli Fransiyada bolalar oʻlimi dunyoda eng past darajada. Vrachlar 33
universitetning tibbiyot f tlarida tayyorlanadi. Mashhur balneologiya kurortlari: Vittel, Vishi,
PlombyerleBen, EksleBen va boshqa; iklimiy kurortlari: Antib, Kann, Mentona, Nitssa (Lojuvard
sohil), Biarrits, Dyep.
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Davlat maorif tizimi markazlashgan. Davlatning
maktab ustidan nazorati 19-asr boshida Napoleon I davridan boshlangan. Zamonaviy taʼlim
tizimi 19-asr oxirlarida qabul qilingan. 1905-yildan davlat va cherkov maktablari ajratilgan. 1959-
yildan majburiy taʼlim joriy kilingan. 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim
majburiy va universitet darajasiga barcha oʻrta maktablarda oʻqish bepul. Maktabgacha taʼlim
muassasalari hamda oʻrta maktablarda 12 mln. 236 ming bola tarbiyalanadi va taʼlim oladi
(2002). Oʻsmirlar savodxonligi dunyoda eng yukrrilardan biri — 99 %. 2—3-yil maktabgacha
tarbiyadan soʻng 6 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalar boshlangʻich maktabda oʻqiydilar.
Oʻrta maktabdagi taʼlim 2 bosqichdan iborat boʻlib, oʻquvchilar 15 yoshgacha kollejlarda, soʻng
umumiy litsey, akademik kurslarda oʻqiydilar yoki hunar litseylarida texnika taʼlimi oladilar va
hunar oʻrganadilar.
Oliy taʼlim tizimiga universitetlar, oliy oʻquv yurtlari, texnika maktablari kiradi. 90 universitet,
3600 oliy oʻquv yurtida 2 mln. 129 ming talaba taʼlim oladi (2003). Eng yirik oliy taʼlim
muassasalari — Parij universiteti, Oliy normal maktab, Milliy politexnika instituti, Oliy amaliy
maktab, Milliy maʼmuriy maktab, Oliy konchilik maktabi, Kollej de Frans va boshqa
Eng yirik kutubxonalari: Parijdagi Milliy kutubxona (7 mln.dan ortiq asar), Fransiya instituti
kutubxonasi (1,5 mln. asar), Sorbonna kutubxonasi (1,8 mln. asar), SentJenevyev kutubxonasi
(1,5 mln.dan ortiq asar), Arsenal kutubxonasi (1,5 mln.dan ziyod asar), Strasburgdagi Milliy va
universitet kutubxonasi (3 mln.dan ortiqasar). Eng yirik muzeylari: Parijdagi Luvr (225 galereya
Tibbiy xizmati
va 400 mingdan ortiq eksponat) Versal, Karnaval (Parij tarixi) muzeylari, J. Pompidu nomidagi
sanʼat va madaniyat milliy markazi, Pikasso muzeyi, Zamonaviy sanʼati muzeyi, Impressionistlar
muzeyi, Amaliy sanʼat muzeyi, Balzak, Gyugo, Roden muzeylari, Graf MonteKristo qasri deb
atalgan If oroldagi muzey va boshqa Ilmiy muassasalari, asosan, Parij va uning atrofida
joylashgan.institutlarning asosiy kismi oliy taʼlim maktablarida olib boriladi. Davlat ilmiy tadqiqot
muassasalari: Kosmik tadkikrtlar milliy markazi, Atom energiyasi boʻyicha komissarlik, tibbiyot
tadqiqotlari va sogʻliqni saklash milliy instituti, ijtimoiy tadqiqotlar milliy instituti, Okeanografik
tadqiqotlar milliy markazi va Informatika vakolatxonasi. Yirik ilmiy tadqiqot markazlari:
„Noraviasion“, „Elektrisite de Frans“, „Sharbonaj de Frans“, „Gaz de Frans“, „SenGoben“,
„FransAtom“, „MerlenJeren“, „Krezo“ va „Shneyder“ kompaniyalari.
Fransiyada matbuot davlat nazorati va senzuradan mustaqil. Fransiyada nashr etiladigan yirik
gaz. va jurnallar: „Figaro“ (kundalik gazeta, 1826-yildan), „Le Pariziyen“ („Parijlik“, kundalik gazeta,
1944-yildan), „Mond“ („Tinchlik“, kundalik gazeta, 1944-yildan), „Frans Suar“ („Fransiya oqshomi“,
kundalik kechki gazeta, 1941-yildan), „Oror“ (kundalik gazeta, 1944-yildan), „Krua“ („Xoch“,
kundalik kechki katolik gazeta, 1880-yildan), „Yumanite“ („Insoniyat“, kundalik gazeta, 1904-
yildan), „Uest—Frans“ („Gʻarbiy Fransiya“, kundalik gazeta, 1944-yildan), „Syud—Uest“
(„JanubiGʻarb“, kundalik gazeta, 1944-yildan), „L ekspress“ (haftalik ijtimoiysiyosiy jurnal, 1953-
yildan), „Pari match“ („Parij matchi“, haftalik bezakli jurnal, 1949-yildan), „MariKler“ (oylik jurnal,
1954-yildan) va boshqa
Frans Press agentligi — muxtor tijorat agentligi (1944-yilda tashkil etilgan) dunyodagi eng yirik
agentliklardan biri; 1835-yil tuzilgan Gavas fransuz axborot agentligining davomchisidir. Radio va
televideniye xizmatlari mustaqil, jamoat tomonidan taʼminlanuvchi tashkilotlar va xususiy tijorat
operatorlari tomonidan boshqariladi. Telekoʻrsatuvlar mustaqil komissiya — Conseil Superieur
de G Audiovisuel (CSA) tomonidan nazorat qilinadi. 100 dan ortiq telekoʻrsatuv mavjud, ulardan
tashqari, tekin va pullik tarmoqlar, kabel va yoʻldosh kanallar bor. Yirik radio va televideniye
tashkilotlari: „Radio Frans“, 1975-yil tuzilgan, Televizion fransez— 1, „Antenn—2“, „Frans rejone“
davlat televideniye kompaniyalari, 1975-yil tashkil etilgan.
Eng qad. adabiyot namunalari 9-asrning 2yarmiga toʻgʻri keladi. Ular, asosan, diniy mavzuda
boʻlgan (mas, „Avliyo Yevlaliya haqida kantilena“). 10—11-asrlarda birinchi epik afsonalar paydo
boʻlgan. „Roland haqida qoʻshiq“ asari Buyuk Karl nomi bilan bogʻliq. „Russilonli Jirar“ asari ham
oʻsha davrga mansub. Epik afsonalar 11-asrdan 13-asrgacha yozib kelingan. Bu davrning
mashhur yozuvchilari: Gas Bryule va shampanlik Tibo (1201—53). 12-asr oʻrtalaridan ritsarlik
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
Adabiyoti
romanlari paydo boʻla boshladi. Dastlabki romanlar tarixiy afsonalarning qayta ishlanishi
maqsulidir. Ularga Benua de SentMoraning „Aleksandr haqida roman“, „Fiva haqida roman“,
„Eney“, „Troya haqida roman“ (barchasi 1140—65-yillarda yaratilgan), Kretyen de Truaning
(taxminan IZO—taxminan 1191) „Erek va Enida“, „Iveyn“, „Perseval“ va boshqa romanlari kiradi.
12-asrning oxirlarida"Tristan va Izolda" afsonasi, „Fluar va Blansheflor“, „Okassen va Nikolet“
kabi sevgi romanlari yozilgan. 14—15-asrlar Fransiya adabiyoti uchun oʻtish davri hisoblanadi.
Oʻsha davrning mashhur yozuvchilari Gilom de Masho (taxminan 1300—77), Estash Deshan
(taxminan 1346— taxminan 1407), Kristina Pizanskaya (1363—taxminan 1431), Alen Shartye
(1385— taxminan 1434), orleanlik Karl (1394—1465)lar oʻz asarlarida davr ruhiyatini — 1337—
1453-yilgi 100-yillik urush fojeasini aks ettirdilar.
15-asr oxirlarida Fransiyada uygʻonish davri boshlandi. Italiya bilan aloqalar kuchaydi, matbaa
rivojlandi, antik va gumanitar fanlarga qiziqish ortdi. Uygʻonish davri adabiyotining Fransiyadagi
yirik vakili Fransiya Rable (1494—1553) „Gargantyua va Pantagryuel“ asari bilan mashhur boʻldi.
16-asr 1yarmida Fransiya lirikasi italyan neopetrarkizmi taʼsiri ostiga tushib qoldi va asr
oʻrtalariga kelib, fransuz adabiyotida islohot oʻtkazildi. „Pleyada“ deb nomlangan fransuz sheʼriy
maktab shoirlari adabiyetda gumanizm gʻoyalarini olgʻa surdi, uni yangi shakllar (sonet, oda, epik
asar va boshqalar) bilan boyitdi. Bu esa milliy adabiy tilning shaklanishiga olib keldi. „Pleyada“
sheʼriy maktabining mashhur shoirlari P. de Ronsar (152485), J. Dyu Belle (1522— 60), R. Bello
(152877), E. Jodel (1532—73) va boshqadir. 16-asrning oxirida shoirlar T. A. d’Obinye (1552—
1630), J. Voklen de la Frene (1535— 1606), F. Deport (1546—1606) „Pleyada“ning ijobiy
uslublari kridalariga amal qilgan holda barokko unsurlarini ham qoʻlladilar. 17-asr boshida fransuz
adabiyoti realistik, klassik va barokko janrlarining qayta ishlanishi kabi jarayonni boshdan kechirdi.
Klassitsizm estetikasi J. Shaplen (15951674), K. Vojl (15851650), G. de Balzak (1597—1654), F.
d’Obinyak (1604—76) nazariy asarlarida aks etdi. 1635-yil tashkil topgan Fransiya akademiyasi
faoliyati va R. Dekart (1596— 1650)ning ratsionalistik falsafasi klassitsizm doktrinasining
shakllanishiga olib keldi. Klassitsizm teatrning tragediya janriga koʻproq taʼsir oʻtkazdi.
Klassitsizm komediyasining asoschisi va uning buyuk vakili Molyer hisoblanadi. U oʻzining
„Tartyuf“, „Mizantrop“, „Xasis“, „Don Juan“ va boshqa asarlarida jamiyatning salbiy tomonlarini,
aristokratiyaning munofikligini, tekinxoʻrligini zoʻr isteʼdod bilan aks ettirdi. Jan de Lafonten
masallari jaxrn adabiyotida masal janri rivojiga samarali taʼsir kursatdi.
17-asr 2yarmida klassitsizmning yangi qirralari ochildi. Bu davrda F. Fenelonning „Telemakning
sarguzashtlari“ romani, Sh. SentEvremonning makrlalari, dramaturg J. Rasin (1639— 99)ning
„Andromaxa“, „Britannik“, „Fedra“ asarlari yaratildi. 18-asrning boshida rokoko adabiyoti paydo
boʻldi. U oʻzining geodenizmi, skeptizmi va juda erkin fikri bilan ajralib turgan. J. B. Russo oʻynoqi
rokokoni klassitsizm meʼyorlari bilan uygunlashtirishga harakat qilgan. Monteskye, Volter, Didro
kabi maʼrifatparvarlar ham rokoko usullaridan keng foydalanishgan. 18-asr 1yarmida komediya
va roman janri rivojlandi. Molyer, A.R. Lesaj, P.K. Marivo, F.N. Detush, Sh. L. Monteskye („Fors
maktublari“) bu janrning yetuk namoyandalari boʻlsa, unda Volter yetakchi rol oʻynadi. 1751-
yildan D. Didro, J.L. D’Alamber va boshqa maʼrifatparvarlar tomonidan Ensiklopediya nashr etila
boshlandi.
18-asr 2yarmi — 19-asr boshida Fransiya adabiyotida sentimentalizm oqimi paydo boʻldi. Buyuk
Fransuz inqilobi arafasida sentimentalizm bilan bir qatorda romantizm kurtaklari koʻrina
boshladi. Bu J. Kazot, E. Parni, J.B. Luve de Kuvre asarlarida va, ayniksa, P.A. F. Shoderlo de
Lakloning „Xavfli aloqalar“ romani, Bomarshening „Figaroning uylanishi“ komediyasida namoyon
boʻldi. K.J. Ruje de Lillning „Marselyeza“ qoʻshigʻi, Robespyer, Maratlarning publitsistik
maqolalari oʻsha davrda keng tarqaddi. 19-asr boshlarida Fransiya adabiyotida romantizm
yetakchi oqim boʻldi, uning 2bosqichida inqilob shabadasi esa boshladi. Bu davr V. Gyugo
asarlarida oʻzining yorqin aksini topdi. Shuningdek, Jorj Sand, A. Dyuma, E. Syu asarlarida ham
yorqin ifoda etildi. Stendal va O. de Balzakning jamiyatda mehnatkash inson fojiasi katta
mahorat bilan koʻrsatilgan romanlarida, P.J. Beranje (1780—1857)ning satirik sheʼr va
qoʻshiklarida realizm tamoyillari oʻzining yuksak ifodasini topdi. 60—70-yillardagi ilmiy texnika
taraqqiyoti sharoitida J. Vernning ilmiy fantastik asarlari keng tarqaldi. 1870—71-yil Fransiya-
Prussiya urushi va Parij Kommunasi davrida adabiyotning yangi rivojlanish davri boshlandi. E.
Potye 1871-yil iyunda „Internatsional“ sheʼri va 1876-yil „Parij Kommunasi“ dostonini yezdi. E.
Zolya ijodida, Gi de Mopassan novellalarida jamiyat muhitining oʻta tubanligi, mehnatkash
insonning ogʻir qismati oʻz badiiy ifodasini topdi. 19-asr oxirida nazmda koʻproq simvolizm
asosiy yoʻnalish boʻlib qoldi. Birinchi jahon urushi davrida A. Barbyus asarlari fransuz adabiyotida
oʻchmas iz qoldirdi. Barbyus 1919-yil „Klarte“ Xalqaro yozuvchilar tashkilotini tuzdi. 20—30-yillar
adabiyotida Alen, P. Valeri, B. Sandrar, P. Reverdi, J. Kokto, T. Tsara, A. Breton, P. Elyuar, L.
Aragon, F. Supo kabi shoir va yozuvchilar ijodi salmokli oʻrin egalladi. 2jaqon urushi davrida
antifashistik ruxdagi adabiy asarlar yozila boshladi. P. Elyuar, L. Aragon, E. Gilvik, M. Riffo, A.
SentEkzyuperi kabi yozuvchilar asarlarida urush voqealari aks etdi. 50—60-yillarda fransuz
adabiyotida ekzistensializm oqimi vujudga keldi. J.P. Sartr, A. Kamyu, E. Ionesko, S. Bekket, N.
Sarrot, M. Byutor, K. Simon (1985-yil Nobel mukofoti laureata boʻlgan) va boshqa bu oqimning
namoyandalaridir. Margerit Yursenar (1903— 87), Margerit Dyura (1914—96) kabi yozuvchilar
Fransiya adabiyotida beqiyos iz qoldirdilar. Zamonaviy yozuvchilardan Mishel Turnye, Filipp
Sollers, JanMari LeKlezio, Patrik Modiano, Patrik Grenvil, Paskal Kinyar mashhur.
Fransiya yozuvchilaridan O. de Balzak, V. Gyugo, Mopassan, A. Sent Ekzyuperi, J. Bern, A. Dyuma,
Stendal, Volter, Fransua Moriak, Sharl Perro, Monteskye, L. Argon kabi adiblarning asarlari
oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Fransiya hududidagi eng qad. sanʼat yodgorliklari paleolit davriga mansub. Temir davrida Rim
tomonidan kelt (gall)lar shaharlari zabt etilgach, bu yerda gallrim sanʼati rivojlandi: toshdan
Meʼmorligi
makbara, teatr, zafar darvoza, akveduklar kurila boshladi, tobut, sarkofaglar tayyorlandi. 5-
asrdan varvarlar davlati tashkil topgandan soʻng oʻrta asrlar sanʼati shakllana boshladi.
Karolinglar sanʼati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos boʻldi (10—12-asrlar), ibodatxona
va monastirlar koʻproq qurildi (Akvitaniyadagi Klyuni cherkovi, 3-asr, Perigyodagi SenFron, 1120-
yildan keyin, Langedokdagi cherkovqoʻrgʻonlar).
12-asrda Shimoliy Fransiya shaharlarida gotika vujudga keldi. Bu davrda shaqarlar soni ortdi,
shaharlarda soborlar koʻplab qurila boshladi. Ularning eng yiriklari: SenDeni abbatligidagi cherkov
(1137—44), Sane (taxminan 1140) va Lan, Shartr, Reyms, Amyendagi soborlar, Parijdagi Bibi
Maryam ibodatxonasi (1163—1257). 15-asrning 2yarmidan meʼmorlikda fransuz Uygʻonish
davrining hashamdor va goʻzal uslubi shakllana boshladi. Shu davrda vujudga kelgan Ambuaz
(1492—98), Gayon (1501 — 10) qirol va dvoryanlar qoʻrgʻonlari oʻzining qulayligi hamda
hashamatliligi bilan ajralib turadi. Qirol Fransisk I tomonidan Italiyadan taklif qilingan mashhur
meʼmorlardan (jumladan, Leonardoda Vinchi) tashqari, Fransiyaning oʻzida ham N. Bashelye, F.
Delorm, P. Lesko, J. A. Dyuserso kabi isteʼdodli meʼmorlar yetishib chiqa boshladi. Fransuz
Uygʻonish davri meʼmorligining eng yuksak milliy durdonalari qatoriga Bluadagi Fransisk I
qasrining qanotlari, Luara vodiysidagi AzeleRido, Shenonso, Shambor kabi qoʻrgʻonqarorgohlar,
Fontenblo saroyi va Parijdagi Yangi Luvr binosini (meʼmor P. Lesko, haykaltarosh J. Gujon) kiritish
mumkin.
17-asrda absolyutizm kuchayishi bilan sanʼatda monarx shaxsi va hokimiyatini ulugʻlash
kuchaydi. Qirollik rassomlik va haykaltaroshlik (1648) hamda meʼmorlik (1671) akademiyalari
tashkil topdi. Klassitsizmning sipo va vazminligi bilan kenglik kulamini uygʻunlashtirgan absolyut
monarxiya deb atalgan uslub shakllandi. U klassitsizmning ulugʻvorligi, mantiqiy tuzilishini aks
ettirgan edi. Bu shahar va shahar tashqarisidagi ansambllar, qirol qarorgohlari va zodagonlar
uylari kurilishida namoyon boʻldi. Parij geometrik jihatdan toʻgʻri, uslubiy yaxlit Dofina, Vogezov,
Gʻalaba, Vandom maydonlari bilan bezaldi. PaleRuayal saroyi (1629—36), Nogironlar uyi (1671 —
76), Sorbonna binosi (cherkov bn, 1629—54), Versal saroyi (1661—89), zafar darvozalar va
koʻpriklar kurildi.
Saroy va binolar plastik naqshlari hamda ixchamligi bilan ajralib turadi. 18-asrning 1yarmida
hashamatli reja uslubi qoʻllanildi. Bordodagi maydon va koʻchalar tarmogi, Nansidagi maydonlar,
Lyudovik XV maydoni shular jumlasidandir.
18-asr 2yarmida absolyutizmning inqirozi munosabati bilan maʼrifatparvarlik klassitsizmi
yoʻnalishi vujudga keldi. Klassitsizm ruxida cherkovlar (SentJenevyev, hozirgi Parijdagi
Panteon), saroylar (Versaldagi Kichik Trianon), teatrlar (Bordodagi Katta teatr) va boshqa
jamoat inshootlari (Parijdagi harbiy maktab) qurildi. 19-asr boshlarida yangi meʼmoriy uslub —
ampir uslubida ulugʻvor, mahobatli inshootlar kurildi (La Madlen cherkovi, Vandom kolonnasi).
19-asr oʻrtalarida Parijda yirik kurilish ishlari amalga oshirildi, 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida
Amyen, Nant, Orlean,Tuluza va boshqa shaharlar qisman rekonstruksiya qilindi. 19-asr 2yarmida
kurilishlar eklektizm ruhida olib borildi („GrandOpera“ teatri, SakreKyor bazilikasi). Yopiq bozor,
universal magazin, passaj, vokzal, kutubxona (Parijdagi SentJenevyev kutubxonasi va Milliy
kutubxona), elevator, depo va boshqalarlar kurildi. Mashhur Eyfel minorasi ham shu davrda
kurildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida modern uslubida inshootlar yaratildi (Parij metrosining
bekatlari, Parijdagi „Kastel Beranja“ mehmonxonasi). 1860-yildan qurilishda temirbeton ishlatila
boshlandi. 1920—30-yillarda zamonaviy meʼmorlikning asosiy qirralarini shakllantirishga kirishildi.
Meʼmor Le Korbyuzye shakllarning funksional va konstruktivligini, beton, oyna va poʻlatning
keng qoʻllanilishini zamonaviy meʼmorlikning 5 asosiy prinsipiga aylantirishga harakat qildi. 1960
—70-yillarda Parij va uning atroflarida kurilishlar avj oldi. Bu davrning mashhur meʼmorlari R.
Kamelo, J. de Mayi, B. Zerfyuss va muhandis N. Eskvillan meʼmorlikda ajoyib inshootlar
yaratdilar. Bunga misol qilib, Parijdagi sanoat va texnika milliy markazi zali, YUNESKO binosi va
Radio uyini koʻrsatish mumkin.
1980-yillardan Fransiya meʼmorligida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, xorijiy
meʼmorlarning gʻoyalariga keng yoʻl ochib berildi. Luvr muzeyi amerikalik meʼmor Mario Pey
tomonidan toʻliq qayta rekonstruksiya qilindi. Shishadan yasalgan piramida Luvrning ramziga
aylandi. Keyingi-yillarda yaratilgan meʼmoriy inshootlardan Parij shahridagi SenLazar vokzali
perronidagi Arman kompozitsiyasi (1985), P. Pikasso sharafiga qurilgan Sezar kompozitsiyasi
(1985), Sen Jermen oroldagi Jan Dyubyuffe haykallari bilan bezalgan minora (1988), „Ateney“
teatridagi rassom JanPyer Shamba tomonidan chizilgan asarlar (1989)ni koʻrsatish mumkin.
Fransiya hududidagi eng qad. sanʼat asarlari paleolit davriga mansub. Polixrom rasmlar (Lasko,
FondeGom), hayvonlar tasviri va haykallari (LaMadlen, Tyukd’Odeber) saqlanib qolgan. Temir
davri galiitat madaniyati va laten madaniyati yodgorliklari bilan namoyon buldi. 5-asrdan
varvarlar davlati tashkil topishi bilan oʻrta asrlar sanʼati (merovinglar sanʼati) vujudga kelgan.
10—12-asrlarda karoling sanʼati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos boʻldi. Bu davrdan
har xil taqinchoklar, Limoj emallari, mato va kashtalar, gilamlar saklanib krlgan. Fransiyaning gotik
haykaltaroshligida insonning jismoniy goʻzalligi va hislariga, real tabiiy shakllarga qiziqish ortdi.
Bu Parij Bibi Maryam ibodatxonasidagi haykallar, Amyen soborining haykal va obrazlarida
namoyon boʻldi. 14-asrda haykaltaroshlik majmualari kamroq yaratildi, interyerlarda koʻproq
tasviriy sanʼat asarlari va boʻyalgan yogʻoch haykallar paydo boʻldi. Gotika tasviriy sanʼatida
interyerni rangli bezatishda vitraj eng asosiy unsur boʻlib qoldi (Parijdagi SentShapel
ibodatxonasi va Shartr sobori vitrajlari). 13-asr 2yarmidan vitrajlarda koʻproq yorugʻ ranglar
qoʻllanila boshladi. Freska saroy va qasrlar devorlarida koʻproq uchraydi. 14—15-asrlarda
niderland va italyan sanʼati taʼsiri ostida dastgoxli kartina va portretlar paydo boʻla boshladi.
Tasviriy sanʼati
Tevarak atrofii real tasvirlash akauka Limburglar ijodidan boshlandi. Ularning „Berriy gersogining
eng boy chasoslovi“ (taxminan 1411 — 16) asari saklanib qrlgan. 15-asr urtalarida qirol saroyi
qoshida fransuz Uygʻonish davri kurtaklari boʻlgan maktablar tashkil topgan. Uning eng mashhur
vakili J. Fuke boʻlgan. Uygʻonish davri haykaltaroshligini M. Kolomb boshlab bergan. 15-asr
2yarmida Uygonish davri uslubi yogochdan ishlanadigan gravyuralarga ham taʼsir qildi. 16-asr
boshlarida qirol saroyi tasviriy sanʼat markaziga aylandi.
Inson shaxsiyatiga boʻlgan qiziqish qalam va rangli portretlarda ham oʻz aksini topdi. Bu davr
sanʼatiga kenja J. Klue, Kornel de Lion, Etyenn va Pyer Dyumustyelar kabi rassomlar uzlarining
hissalarini qoʻshdilar. 17-asrga kelib, klassitsizm uslubi maydonga chikdi. Rasmiy tasviriy
sanʼatning rahbari S. Vue Rim barokkosi, Bolonya maktabi akademizmi va Fontenblo maktabi
manyerizmini uygunlashtirdi. 17-asr 2-choragida tasviriy sanʼatda klassitsizm yetakchi rol oʻynay
boshladi. Bu davr sanʼat asarlari plastik shakllari aniq boʻlishi, tabiat manzaralarining chuqur
lirizmi bilan ajralib turadi. 17-asr oʻrtalarida Fransiya sanʼat hayotining peshqadami Sh. Lebren
Parij va Versal saroylarini bezashga rahbarlik qildi. Bu davrdagi G. Rigo, N. Larjilyer, R. Nanteyl, J.
Odran, J. Edelink, F. Jirardon, A. Kuazevoks kabi rassom va haykaltaroshlarning koʻp asarlari
hozirgacha yetib kelgan. Portret, gravyura, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat, zargarlik rivojlandi. 18-
asr tasviriy sanʼatida A. Vatto asarlari rokoko uslubiga asos boʻldi. Rokoko uslubi manzarali
naqshin pannolarda, gilamlar, afsonaviy sahnalarga ega boʻlgan desyudeportlarda,
allegoriyalarda aks etdi. F. Bushe, K. Vanloo, N. Lankrelar rokoko uslubi namoyandalaridir. 18-asr
1yarmida bezak plastika ham rivojlana bordi. M.K. Latura, J.B. Lemuan, J. B. Perronno kabi
rassomlar ijodida analitik aniklik, emotsional jozibadorlikkoʻrinadi. 18-aar oʻrtalariga kelib
tabiatga boʻlgan qiziqish peyzajning vujudga kelishiga turtki berdi. J. Berne, L. G. Moro, Yu.
Rober, O. Fragonar, J. A. Gudon, J. L. David bu davrning mashhur rassomlari qatoriga kiradilar. 19-
asr boshida baʼzi rassomlarning asarlarida avvalgi qahramonlik obrazlari oʻrnini Napoleon I ni
ulugʻlaydigan asarlar egalladi. Restavratsiya va Iyul monarxiyasi davrida romantik maktab tashkil
topdi. T. Jeriko, E. Delakrua asarlarida romantizm yaqqol namoyon boʻldi. Haykaltaroshlikda
romantizm tamoyillari F. Ryudaning „Marselyeza“ asarida, P.J. David d’Anje portretlarida va A. L.
Bari asarlarida aks etdi. 1848-yilgi inqilob Fransiya sanʼatiga demokratlashtiruvchi taʼsir
koʻrsatdi. 1851-yil toʻntarishdan soʻng reaksiya kuchlari qukmronligi sharoitida demokratik
sanʼat koʻp jihatdan oʻzining ommaviyligini yoʻqotdi. 1860-yillarda mamlakat tasviriy sanʼatida E.
Manening realistik izlanishlari markaziy oʻrinni egallaydi. Mane ijodi impressionizm yoʻnalishi bilan
yaqinlashdi. Bu yoʻnalishda Manedan tashqari K. Pissarro, A. Sisley, O. Renuar va E. Degalar ham
ijod qilishgan. 1850—60-yillar x, aykaltaroshlikda J.B. Karloning dekorativ, aniq va quvnoq
asarlari, J. Daluning mehnat odamlarining xayratli va jiddiy obrazlari, O. Domyening
ekspressivgrotesk plastikasi alohida oʻrin tutadi. 19-asr soʻnggi choragida fransuz
xaykaltaroshligining eng yorqin namoyandasi O. Roden hisoblanadi.
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida impressionizm bilan birgalikda „modern“ uslubining paydo
boʻlishiga taʼsir etgan simvolizmnnng turli variantlari ham rivojlandi. 19-asr oxirida tasviriy
sanʼatda ijtimoiy mavzulardan birmuncha chekinish seziladi. 20-asr boshidan Parijga koʻplab
chet el rassomlari kela boshladi va ularning ijodi fransuz sanʼatining ajralmas qismiga aylandi.
1905-yilda A. Matiss boshchiligida fovizm (A. Marke, J. Ruo, A. Deren, M. Vlamink, R. Dyufi va
boshqalar), 1907-yilda esa kubizm okimi (P. Pikasso, J. Brak, X. Gris) vujudga keldi. Birinchi jahon
urushidan soʻng syurrealizm, Ikkinchi jahon urushidan keyin abstrakt sanʼatning turli yunalishlari
vujudga keddi. 1970-yillarda sanʼatda abstraksionizmdan chekinish va sanʼatning turli xil figurativ
turlari (gipperrealizm)ga oʻtish kuzatiddi. Umuman olganda, Fransiya tasviriy sanʼatida gumanizm
koyalari saklanib qolgan. P. Pikasso va F. Leje asarlarida urush va fashizmga qarshi alangali
gʻalayon, xalqlarning tinchlik uchun kurashi mavzulari koʻp aks etgan. 1945-yildan soʻng
neorealizm okimi paydo boʻldi, karikatura sanʼati rivojlandi, qoniqmaslik va tushkunlik kayfiyati
asketik rassomchilikda aks etdi. Gumanistik sanʼat anʼanalari haykaltaroshlikda ham yetakchi
rolni egallaydi. A. Burdelning qahramonona dramatik obrazlarida, A. Mayolning garmonik
haykallarida, J. Bernarning oʻtkir psixologik portretlarida bu narsa oʻz aksini topdi. Umuman,
Fransiya 21-asrda ham jahon badiiy sanʼatining eng yirik markazlaridan biri xisoblanadi.
Fransiya milliy musiqasi qad. kelt, gall va frank qabilalari folkloridan boshlanadi. 11 — 13-asrlarda
trubadur va truver (shoirxonandalar) musiqa sanʼati rivojlangan. 14-asrdagi ilk Uygʻonish davrida
cherkov ijrochiligi rivoj topdi. Oʻsha davr mashhur kompozitorlari Gilom de Masho, Filipp de Vitri
Are nova (yangi sanʼat) musiqa harakatining eng yetuk namoyandalari edilar. Musiqaning keyingi
rivoji G. Dyufai, Josken Depre, I. Okegem, xor polifoniyasi ustasi K. Janeken, gugenot xorali
asoschisi K.Gudimel, buyuk polifonist, niderland maktabi vakili O. Lasso ijodi bilan bogʻliq. 1672—
87-yillar „Grand opera“ teatrini milliy opera maktabi hamda lirik tragediya janri asoschisi Lyulli
boshqargan. 17-asrdan cholgʻu musiqa — lyutnya (D. Gotye), klavesin (J. Shambonyer, L.
Kuperen), viola (M. Mare) maktablari tashkil topdi. Cholgʻu syuita janrida ijod qilgan F.
Kuperenning badiiy merosi — fransuz musiqiy klassitsizmi choʻqqisidir. 18-asrning eng yirik
kompozitori J.R. Ramo K.V. Glyukning opera islohotiga zamin yaratgan, garmoniya faniga asos
solgan. 18-asr oʻrtalarida milliy simfoniya paydo boʻldi (F. Gossek). Bu davrda yangi janr — komik
opera ham paydo boʻla boshladi. Uning yetuk mualliflari qatoriga E. Duni, F. Filidor,
kompozitorlardan P. A. Monsini („Dezertir“, 1769), A.E. M. Gretri („Lyusil“, 1769) kiradi. Komik
operalar „Opera komik“ teatri (1715-yil SenJermen yarmarkasida teatr sifatida tashkil topgan,
1801-yildan yuqoridagi nom)da qoʻyilgan. 1792-yil J. Ruje de Lil tomonidan „Marselyeza“ yoziddi
va u keyinchalik F. milliy madhiyasiga aylandi. 1793-yil Parijda Milliy musika instituti (1795-yildan
Musiqa va deklamatsiya konservatoriyasi) ochildi. 19-asr boshlarida Parij jaxrn musika
madaniyatining markazlaridan biriga aylandi. Fransuz musiqasidagi romantizm G. Berlioz
asarlarida, 19-asr 2yarmida esa lirik opera janri paydo boʻlgach, Sh. Guno, J. Masne, A. Toma, L.
Delib asarlarida oʻz aksini topdi. J. Bize ijodi fransuz musiqasida opera realizmining choʻqqisiga
aylandi („Karmen“, 1874). 19-asr 80-yillarida F. buyuk R. Vagnerni qarshi oldi. 19-asr 2yarmida
Musiqasi
operetta janri rivoj topdi (J. Offenbax, F. Erve, Sh. Lekok, R. Planket). 19-asr oxiri — 20-asr
boshida S. Frank, K. SenSane, E. Lalo, E. Shosson turli janrlarda samarali ijod qilishdi. Fransiyada
shanson (ommabop qoʻshiq) janri gullab yashnadi. 20-asr musiqasida impressionizm yaratildi (K.
Debyussi, M. Ravel). Birinchi jahon urushidan soʻng Fransiya musiqa sanʼatida neoklassitsizm,
ekspressionizm, konstruktivizm tobora rivojlandi („Oltilik“ kompozitorlari D. Dyurey, D. Miyo, J.
Orik, A. Onegger, F. Pulenk, J. Tayfer va boshqalar). Ikkinchi jahon urushidan soʻng Fransiya
musiqa hayoti jonlandi. O. Messian, F. Pulenk, D. Miyo, A. Jolive, A. Core, J. Orik, J. Franse, M.
Landovski kabi kompozitorlar ijodi faollashdi. 1950-yillardan dodekafoniya, aleatorika, elektron
muyesha, sonorizm, konkret musisha kabi yangi musiqa yoʻnalishlari rivoj topdi (P. Bulez, Ya.
Ksenakis, P. Sheffer va boshqalar). 20-asr fransuz yirik ijrochilari: dirijyorlar — P. Montyo, I.
Markevich, A. Klyuitens, Sh. Myunsh, L. Forestye, P. Pare, Sh. Bryuk, S. Bodo, J. Martinon, P.
Bulez; pianinochilar — A. Korto, M. Long, R. Kazadezyus, I. Nat; skripkachilar — J. Tibo, 3.
Francheskatti, J. Neve; violonchelchilar — M. Mareshal, P. Furnye, P. Tortelye; organchilar — Sh.
Turnsmir, Sh. Vidor, M. Dyupre, M. Dyurufle; xonandalar — D. Dyuval, J. Krespen, L. Pens;
shansonyelar — M. Shevalye, E. Piaf, Sh. Aznavur, J. Beko, J. Dassen, J. Brassens, M. Matyo va
boshqa Parij, Avinon, EksanProvans, Strasburg, Bezanson, Bordo, Tur, Ruan, LaRoshelda musiqa
tanlov va festivallari oʻtkazib turiladi. Parijda eng muhim musiqa oʻquv yurtlari — konservatoriya,
„Sxola kantorum“ (1894-yil asos solingan), „Ekol normal de myuzik“ (1919) hamda grammofon
firmalari, musiqa jamiyatlari, Fransiya Milliy musika qoʻmitasi joylashgan. Bir qancha musika
jurnallari chop etiladi.
Fransiya teatr sanʼati oʻrta asrlardagi sayyor aktyor va sozandalar, jonglyorlar tomoshalaridan
boshlanadi. 9—10-asrlardayoq oʻrta asr teatrida diniy drama vujudga keldi. Ulardan eng mashhuri
15 a. oʻrtalaridagi A. Grebanning „Xudo ehtiroslari misteriyasi“dir. 1599-yildan professional
artistlar truppasi ishlay boshladi. Bu birinchi doimiy akterlar jamoasi edi. Ular tragediya,
tragikomediya va pastorallar qoʻyar edilar. 17-asrdan J. Rotru, M. Skyuderi pyesalari qoʻyila
boshladi. 1634-yil „Mars“ teatri ochildi. P. Kornel, J. Rasin tragediyalari va Molyer komediyalari
teatr sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshdi. Molyer vafotidan soʻng tashkil etilgan „Komedi
Fransez“ teatrida (1680) aktyor M. Baron va tragik aktrisa A. Lekuvryor uning sahna prinsiplarini
davom ettirdilar. Fransuz maʼrifatparvarlari teatrni xalqni tarbiyalash vositasi deb bildilar.
Maʼrifatparvar klassitsizmning eng yirik aktyorlari J. Brizar, F. Mole, J. Ofren va J. Dyugazondir.
Buyuk fransuz inqilobi qahramonlik sanʼatini vujudga keltirdi. 1791-yil „Teatrlar erkinligi haqida
dekret“dan soʻng, Parijda 19 teatr tashkil topdi. „Komedi Fransez“ teatrida V. Gyugo, A. Vini, A.
Dyuma asarlari koʻrsatildi. Gyugoning „Ernani“ dramasining qoʻyilishi (1830) fransuz teatrida
muhim voqea boʻldi. 19-asr 1yarmida bulvar teatrlari paydo boʻldi. 1848-yildan qahramonlik
mavzusi yana oldinga chiqdi. 19-asr oxirida E. Zolya yangi "onangni ami" nomli dramaturgiyani
yaratish va teatrlarni isloh etishni talab qilib chiqdi. Fransuz sahnasidagi chuqur oʻzgarishlar A.
Teatri
Antuan nomi bilan bogʻliq. „Erkin teatr“ va „Antuan teatri“ asoschisi, „Odeon“ teatri
boshqaruvchisi boʻlgan Antuan oʻz davrining dolzarb muammolarini sahnaga olib chikdi. 1910-yil
J. Rushe tomonidan „Teatr dez Ar“ tashkil etildi. 1926-yil toʻrt buyuk rejissor: G. Bati, Sh.
Dyullen, L. Juve va J. Pitolar ittifoqi — „Kartel“ tuzildi. Ular koʻproq klassikaga — Molyer,
Shekspir, A. P. Chexov, B. Shou, L. Pirandello, P. Klodel, J. Dyuamel, J. Romen, J. Jirodu, J. Anuya,
A. Salakru asarlariga murojaat etishdi. 1930-yillar boshida demokratik va antifashistik harakat
rivojlandi, xalq teatri katga rol oʻynadi. Ikkinchi jahon urushi-yillari — nemisfashist okkupatsiyasi
davrida fransuz teatrlari deyarli ishlamadi. Ilgʻor jamoatchilik Fransiyaning qadimiy teatrlaridan
boʻlgan „Komedi Fransez“ni qoʻllabquvvatladi. Unda yirik aktyor va rejissorlardan J. L. Barro, M.
Reno, P. Dyuks, J. Rusiyon va boshqalarlar voyaga yetdilar. 40-yillar 2yarmi — 50-yillar 1-yarmida
mamlakatda drama markazlarining keng tarmoklari tashkil topdi. Lion, Grenobl, Tuluza, Kann,
Bordo, Strasburg va boshqa shaharlarda teatrlar paydo boʻldi. Milliy xalq teatri teatr sanʼatining
yetakchi markaziga aylandi. Unda buyuk fransuz aktyorlari J. Filipp, M. Kazares, J. Vilson, D.
Sorano, S. Monforlar faoliyat olib bordi. 1970-yillarda Buyuk fransuz inkilobiga bagʻishlangan
„1789“ va „1793“ teatrlarining tashkil topishi Fransiya teatri hayotida katta voqea boʻddi.
Fransuz sahna sanʼatining rivojiga aktyor va rejissor J.L. Barro katta hissa koʻshdi. Turmush
oʻrtogʻi M. Reno bilan birgalikda „Kompani Reno—Barro“ truppasi yaratildi va u 20-asrda fransuz
dramaturgiyasini targib etdi. 1950 — 60-yillarda teatr hayotida „absurd teatri“ katta oʻrin
egalladi. 20-asr 2yarmidan Fransiya teatr sanʼati yanada rivojlandi. Bunga 1981 —86 va 1988—93
ylarda Fransiya madaniyat vaziri boʻlib ishlagan J. Lang katta hissa qoʻshdi. Parijning koʻp
teatrlari, jumladan, „Grandopera“, „Komedi Fransez“, „Odeon“ va „Shayo“ milliy teatrlari hukumat
tomonidan qoʻllab quvvatlandi. J.L. Barro, A. Vite, A. Mnushkin, P. Bruk, R. Blen, R. Planshon, J.
Savari kabi rejissorlar mashxur. Fransiyada 42 milliy dramatik markaz mavjud; 170 teatr guruhi
shartnoma asosida, 398 guruh dotatsiya asosida faoliyat yuritadi. „Komedi Fransez“ teatri milliy
teatr anʼanalarini davom ettirmoqda. 1954-yil tashkil etilgan „Xalqlar teatri“da xalqaro teatr
festivallari oʻtkaziladi.
Akauka L. va O. Lyumyerlar tomonidan qoʻyilgan kinematografiyaning dastlabki asarlari (xronikal
syujetli „Poyezdning kelishi“, „Bolani emizish“, „Shalabbo boʻlgan suv sepuvchi“ filmlari) 1895-yil
28-dekabrda Parijda namoyish etilgan. Fransiya kinosining ilk davrdagi rivoji kinotryuklarni
suratga olish ixtirochisi J. Melyesu nomi bilan bogʻliq. Uning „Film d’ar“ firmasi kinoga mashxur
dramaturg, aktyor va kompozitorlarni jalb etdi. 1919-yilda rejissor A. Gans urushga qarshi
ruhdagi „Men ayblayman“ pamfletini, rejissor A. Antuan esa bir qancha filmlar („Yer“, 1921;
„Arlezianlik ayol“, 1922)ni yaratdi. Birinchi jahon urushidan keyingi-yillarda kinodan tijorat yoʻlida
foydalanishga qarshi chiqqan va kinoni badiiy jihatdan yangilashni talab qilgan kino nazariyachilari
va amaliyotchilaridan L. Dellyuk, A. Gans, M.L. Erbye, J. Epshteyn, J. Dyulak „Avangard“
Kinosi
harakatiga birlashdilar. Bu harakatdagi bir qancha realist rejissorlar qad. anʼanalarga tayangan
holda koʻpgina asarlarni yaratdilar ["Krenkebil" (1922) va „Yangi janoblar“ (1928, rejissor J.
Feyder), „Nana“ (1926) va „Kichik gugurt sotuvchi“ (1927, rejissor J. Renuar), „Somon shlyapa“
(1927, rejissor R. Kler)].
30-yillardan fransuz kino sanoati ovozli filmlar chiqara boshladi. 30-yillar oʻrtalarida Fransiya
kinematografiyasining ijtimoiy yoʻnalishi Milliy front harakati bilan bogʻliq; „Oktabr“ va „Erkin kino“
uyushmalari tashkil topdi. Bu davr uchun „Marselyeza“ (1938, rejissor R. Renuar), „Buyuk sarob“
(1937, rejissor R. Renuar), „Oxirgi milliarder“ siyosiy satirasi (1934, rejissor R. Kler), „Ahil
kompaniya“ (1936, rejissor J.Dyuvivye) kabi filmlar xarakterlidir. Ikkinchi jahon urushi va natsistlar
okkupatsiyasi davrida fransuz kinematograflari kurash va jasoratga chorlovchi „Kechki
mehmonlar“, „Osmon sizlarga tegishli“ kabi filmlarni yaratdilar. 1944-yil „Parijni ozod etish“ filmi
chiqarildi. „Rayka bolalari“ filmi (1945) milliy madaniyatning eng yaxshi gumanistik anʼanalarini
oʻzida aks ettirgan, fashizmga qarshi ruhsagi film boʻldi. rejissor R. Klemanning „Relslar ustidagi
jang“ filmi ozod etilgan Fransiyaning birinchi kartinalaridan hisoblanadi. Shu davrda yaratilgan
mashxur filmlar: „Parma ibodatxonasi“ (1948, rejissor KristianJak), „Qizil va kora“ (1954, rejissor
K. OtanLara, ikkisi ham Stendal asarlari asosida), „Tereza Raken“ (1953, rejissor M. Karne),
„Jerveza“ (1956, rejissor R. Kleman, ikkisi ham Zolya asarlari asosida), „Oʻlimga mahkum qilingan
qochdi“ (1956, rejissor R. Bresson). 1940 —50-yillar boshlaridaJ. Filipp, Burvil, J. Mare, M.
Kazares, L. de Fyunes, S. Rejani va boshqa aktyorlar mashxur. 50-yillarning 2yarmida yaratilgan
filmlarning kupi koʻngil ochar filmlar boʻldi. Fransiya kinematografiyachilari kuchli ijtimoiy
qahramonni fashistlarga qarshi kurash mavzusidan topdilar. „Kun va soat“ (1963), „Parij
yonyaptimi?“ (1966) filmlari fashizmga qarshi ruhda yaratildi. 1968-yildan keyin asosan siyosiy
mavzuda, fransuz mehnatkashlarining hayoti haqida filmlar yaratila boshladi. J. Tatining „Bayram
kuni“ (1949), „Mening amakim“ (1958), Kristian Jakning „FanfanTyulpan“ (1952), „Qonun — bu
qonun“ (1958), P. Eteksning „Ohtortuvchi“ (1963), „Yoyo“ (1965) filmlari komediya janriga
mansub. Fransiya kiska metrajli filmlari (rejissor A. Lamorisning „Qizil shar“), P. Grimoning
multiplikatsiyalari, J. Rushaning ijtimoiy filmlari mashxur. 70ylar oʻrtalariga kelib, fransuz kinosida
oʻtkir mavzulardan chekinish kuzatiladi, bu davrda koʻngil ochar kinolarni ishlab chiqarish keng
rivojlandi. 60 —70-yillardagi eng mashxur aktyorlar sirasiga: J. Gaben, J. Moro, J.L. Trentinyan,
J.P. Belmondo, K. Denyov, A. Delon, A. Jirardo va boshqa kiradi. Eng yaxshi fransuz tasvirchilari:
R. Yuber, A. Tirar, R. Kutar, A. Alekan, A. Deke. Fransuz va jahon kinosi tarixi va nazariyasiga
oʻzlarining fikr va goyalari bilan katta xissa qoʻshgan kishilar: L. Mussinak, J. Sadul, A. Bazen, J.
Mitri, A. Ajel, K. Mets va boshqa 1943-yil tuzilgan Oliy kino taʼlimi instituti rejissor, tasvirchi,
montajchilarni tayyorlaydi. 1946-yildan Kannda har-yili Xalqaro kinofestival oʻtkaziladi. 1936-yil
„Sinematika“, 1972-yil Kino tarixi muzeyi ochilgan. 1976-yilda Amerikaning „Oskar“ mukofotiga
oʻxshash „Sezar“ milliy kino mukofoti taʼsis etilgan. 1970 —90-yillarda rejissorlar J.Sh. Takell
(„Jiyanlar“, 1975), D. Vin („Martin Gerrning qaytishi“, 1984), D. Kyuri („Oramizda“, 1985), K. Berri
(„Jan de Florett“, 1987), J. Rivett („Maftunkor yongʻoq daraxti“, 1991), R. Varnyer („Hindixitoy“,
1992) hishayajonli hamda anʼanaviy mavzularda filmlar yaratishdi. Fransiyada 4400 kinoteatr
mavjud,-yiliga 130 ga yaqin toʻliq metrajli film yaratiladi (2003).
„Fransiya“ Yevropada, muharirlar — Ferdie McDonald, Claire Marsden va Dorling Kindersley
(Gale, 2010), 144-217-betlar.
online (https://link.gale.com/apps/doc/CX1644200020/GPS?
u=wikipedia&sid=GPS&xid=3062efe1)
„France“ in Worldmark Encyclopedia of the Nations, muharirlar — Timothy L. Gall and Derek M.
Gleason, (13-nashr., 5-jild: Yevropa, Gale, 2012), pp. 215-243.
online (https://link.gale.com/ap
ps/doc/CX4017200258/GPS?u=wikipedia&sid=GPS&xid=3bc09443)
Do'stlaringiz bilan baham: |