Tuzuvchi: Oʻzbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti 2-kurs talabasi Koʻpalova Farangizning Jahon tarixi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.
Reja:
1.1848-yil inqilobi
2.Fransiyada 2-respublika oʻrnatilishi
3.Fransiya 2-respublika davrida
1848-yil inqilobi
1845-1847-yillarda Fransiyada qurgʻoqchilik roʻy berdi.Natijada oziq ovqat mahsulotlarining,birinchi navbatda nonning narxi oshib ketdi.
Bu ham yetmagandek 1847-yilda Yevropa davlatlari iqtisodiyotini inqiroz qamrab oldi.
Korxonalarning yopilishi yoki ishchi oʻrinlarining qisqartirilishi natijasida ishsizlik oshib bordi.Bularning barchasi inqilobning yuzaga kelishiga sharoit yaratdi.
Qisqa vaqt ichida Parij shahridagi barcha muhim joylar,muassasalar qoʻzgʻolonchilar qoʻliga oʻtdi.
Shunday sharoitda Lui Filipp taxtdan voz kechishga va Angliyaga qochib ketishga majbur boʻldi.
Shu tariqa 1848-yil Fevral inqilobi natijasida Iyul monarxiyasi quladi.25-fevral kuni esa Fransiya Respublika dab e’lon qilindi.Fransiya parlamenti vaqtinchalik hukumat tuzdi.
Ikkinchi imperiya
1848-yilning dekabr oyida hukmron tavaqalar Napoleon I Bonapartning jiyani Lui Napoleon Bonapartning Fransiya Prezidenti etib saylanishiga erishdilar.Uning asl maqsadi Fransiya imperiyasini tiklash edi.
Frantsiyadagi 1848 yilgi inqilob 19-asrdagi tarixini ikkiga bo'lgan ulkan voqea edi. Boshqa mamlakatlarda bo'lgani kabi, inqilob ham mag'lub bo'ldi, lekin Frantsiyada eng muvaffaqiyatli bo'ldi. 1848-1851 yillarda respublika tashkil etildi.
1848 yilga kelib ancha keng muxolifat harakati shakllandi, uning asosiy shiori saylov huquqini kengaytirish edi. Bu harakatga ko'proq radikal g'oyalar tarafdorlari - respublikachilar va hatto sotsialistlar ham qo'shildi.
Nihoyat,1852-yilning 2-dekabrida u oʻzini Napoleon III nomi bilan Fransiya imperatori deb e’lon qildi.Shu tariqa Fransiyada ikkinchi imperiya oʻrnatildi.
Mamlakatda Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 1870). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi.
1853- 1856-yillarda Fransiya Rossiyaga qarshi Qrim urushida ishtirok etdi. 1870-1871-yillardagi Fransiya-Prussiya urushi Elzas va Lotaringiyaning boy berilishi bilan tugadi.