Frans Kafka (1883-1924)



Download 30,92 Kb.
bet3/3
Sana15.12.2022
Hajmi30,92 Kb.
#886514
1   2   3
Bog'liq
Frans Kafka (1883-1924)

Kafka romanlari
Oldinroq aytilganidek, ijodiy umri davomida Frans Kafka uch roman yaratgan. Lekin ularning birortasi ham adib tomonidan to‘liq tugallangan ham emas, tirikligida e’lon ham qilinmagan. Uning birinchi romani «Amerika» deb atalib, 1911-1916-yillarda yaratilgan. Asarning bosh qahramoni-o‘n olti yoshli o‘spirin Karl Rossman. O‘ta sodda, ishonuvchan, kamtar va oliyjanob bu igitcha axloqsiz xizmatkor ayol tomonidan yo‘ldan urilgani uchun jazo sifatida Amerikaga jo‘natiladi. Kafkaning barcha asarlarida odam muhitning qurboni hisoblanadi. Chunki muhit, adibning nazarida, hamisha odamga begona. Amerikaning tamomila yot muhiti esa yosh yigitchaga ikki karra begonadir. Yozuvchi eng baland insoniy tuyg‘ularga ega inson muhit tomonidan qanday g‘ajib tashlanishini Karl timsolida ta’sirli qilib ko‘rsatib beradi. Rossman halok bo‘ladi. Uning aldov, zo‘rlik, yovuzlik asosiga qurilgan bu ayovsiz muhitda tirik qolishi mumkin ham emasdi.
1921-1922-yillar orasida yozuvchining «Qo‘rg‘on» romani yaratildi. F. Kafka ijodiga, ayniqsa, uning romanchiligiga sinchiklab qaragan kishi qiziq bir holning guvohi bo‘ladi: uning birinchi romani qahramoni Karl Rossman deb atalsa, ikkinchi romani qahramonining ismi Yozef deb ataladi-yu, familiyasi birgina K. harfi bilan belgilanadi. Uchinchi «Qo‘rg‘on» romani qahramonida na ism va na familiya bor. U faqat K. tarzida ataladi, xolos. Albatta, bu shunchaki tasodif yoki yozuvchining o‘z qahramonlariga ot topolmay qolganidan emas. Balki bu holat tagida ham jiddiy ijtimoiy-estetik ma’no bor. Chunonchi, Kafkaning fikriga ko‘ra, jamiyat shaxsni ezadi, sindiradi, qiyofasizlantiradi. Qiyofasiz odam esa qanday atalgani bilan qiyofasizligicha qolaveradi. Shu bois yozuvchi qahramoniga nom bermaslik orqali uning shaxssizligini, qiyofasizligini bo‘rttirib ko‘rsatishga erishadi.
«Qo‘rg‘on»ning qahramoni K. hayotidagi eng katta maqsad-graf Vestvest tasarrufidagi qishloqda qolib yashash uchun uning idorasi joylashgan qo‘rg‘onga kirib olishdan iborat. U tun-u kun harakat qilib, turli nayranglar ishlatib ham shu maqsadiga erisholmaydi. Muallif talqinicha, qo‘rg‘on bu-jamiyat. Alohida odam jamiyatni tushunishi, uning tartiblarini anglashi, unga moslashishi va uning bag‘rida yaxshi yashashi mumkin emas. Romanda hayotning ma’nisiz, inson umrining foydasiz va nursiz ekanligi aks ettirilgan. Qo‘rg‘onga kirish uchun urinaverib, holdan toygan K. o‘lim to‘shagida yotganida Qo‘rg‘ondan qishloqda yashash va ishlashga ruxsat berilgani haqda qaror keladi. Ma’lumki, o‘lik na yashay va na ishlay oladi.
Frans Kafkaning nomini butun dunyoga yoygan va badiiy adabiyotda odamga o‘zga bir badiiy nazar bilan qarab, uni boshqacha rakursda tasvirlash mumkinligini ko‘rsatgan asari «Jarayon» romanidir. To‘qqiz bobdan iborat bu roman 1915- 1918-yillar davomida yaratilgan. Asarning o‘ziga xosligi shunchalikki, uning boblariga muallif nom qo‘ygan bo‘lsa-da, yozuvchi tomonidan ularning tartibi aniq belgilab berilmagan. Ya’ni, aslida, qaysi biri birinchi bob, qaysinisi ikkinchi, qay biri to‘qqizinchi ekanligi aniq emas. Kafka ijodiy merosiga vasiy bo‘lib qolgan M. Brod asarning ichki mantig‘idan kelib chiqib, boblarni joylashtirgan. Biz buni bejiz ta’kidlayotganimiz yo‘q. Romanning har bir bobi o‘z holicha mustaqil ma’noga ega va bu hol ham jamiyatda izchillik, mantiqiylik, davomiylik yo‘qligini ta’kidlashga xizmat qiladi.
Kafkaning barcha asarlari singari «Jarayon» romanini tushunish uchun ham yozuvchining dunyoqarashini yaxshi bilish talab etiladi. Adib insoniyat hayotida mantiq va tartib borligini tan olmaydi. U butun mavjudlikni insonga dushman, uning erkini, istaklarini bo‘g‘adigan yovuz kuch hisoblaydi. Shuning uchun ham yozuvchi nasrining har bir satri biror-bir ezgu, odamga foyda keltiradigan narsaning mavjudligiga, inson umrida ma’no bo‘lishiga ishonmaslik, absurd, ya’ni ma’nisizlik g‘oyasi bilan sug‘orilgan. Kafka asarlarining asosiy xususiyati odam ham, uning umri ham, narsa-lar ham, mavqe ham, fikrlar ham, so‘zlar ham qumga qurilgan imorat kabi, qo‘l bilan ushlashga urinilgan suv singari omonat, o‘tkinchi. Faqat hayotning bu xil o‘tkinchiligi, tushunarsizligidan qoladigan chalkash va chigal ma’nisizlikkina doimiydir, degan fikrni ifodalashidadir. Shuning uchun ham F. Kafkaning barcha asarlarida inson faqat qurbon sifatida tasvirlanadi.
«Jarayon» romani bosh qahramoni sog‘lom, baquvvat, ishchan, bilimdon, hayotda yaxshigina mavqega ega Yozef K. muhitning ana shunday kutilmagan va tushunarsiz zarbasiga duch keladi. Gunoh qilganlikda ayblanib, uning ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atiladi. Yozuvchi Yozefning qanday jinoyat qilganligini aytmaydi, buni hatto imo-ishora bilan bo‘lsin, bildirmaydi. Go‘yo jinoyat qilingan-qilinmaganligining sud uchun ham, turli-tuman tushunarsiz va sirli idoralar uchun ham, yozuvchi va o‘quvchi uchun ham mutlaqo ahamiyati yo‘qday. Chunki jamiyatda istagan odam ustidan, istalgan vaqtda ish qo‘zg‘atilishi, jarayon boshlanishi mumkin. Inson qonundan himoya kutadi, ammo aslida, odam ana shu qonunning o‘zi tomonidan eng ko‘p jabrlanadi. Yozuvchi Yozef K. taqdiri misolida bu holatni butun shafqatsizligi, dahshati, mantiqsizligi, yovuzligi bilan ko‘rsatib beradi. Shuning uchun ham K. qamab qo‘yilmaydi, balki ishga boradi, doimgiday hayot kechiradi, nimadandir quvonadi, nimadandir xafa bo‘ladi. Adib shu tariqa, qamoq bilan ozodlikning farqi yo‘qligiga ishora qiladi.
Romandagi tasvir boshdan oyoq kishida qo‘rquv, ilojsizlik tuyg‘ularini paydo qiladi. Qahramonni hech qanday asos-u izohlarsiz jinoyatchiga chiqaradilar, ustidan ish qo‘zg‘aydilar, ya’ni sud jarayoni boshlaydilar. U atrofdagilardan, qonun himoyachilaridan yordam kutadi. Hamma yordam bermoqchi bo‘ladi va ayni damda barcha urinishlar befoyda ekani, ish boy berilishiga ishora qiladi. Qahramon ishga ketayotib yoki undan qaytayotib, o‘z-o‘zidan sirli va ixtiyorsiz ravishda turli darajadagi sud mahkamalarida paydo bo‘lib qolaveradi. Mahkamalarning hammasi qorong‘i, iflos, havosi yo‘q xonalarga joylashgan. U yerdagi mijozlar ham xizmatchilar ham, ilojsizlik iskanjasida. Ular o‘z iroda-yu istaklari bilan emas, balki vaziyatning talabi, muhitning yo‘rig‘i bilan ish tutishga mahkumlar. Odamning intilishi, urinishi, aqli, topqirligi hech narsani o‘zgartirolmaydi, hayot xuddi taqdir singari shafqatsiz va beomon. Odam-faqat qurbon, mazlum, jabrdiyda. “Sen boshqalardan haddan ortiqcha yordam kutasan, -deydi ruhoniy K. ga.-...Nahotki, sen bu yerda yordam hech qachon astoydil bo‘lmasligini sezmagan bo‘lsang?» Mana shu holat, ya’ni biror ishning astoydil qilinmasligi, hech narsaga ishonch bo‘lishi mumkin emasligi kishini vahimaga soladi.
Asarda mavjud holatni o‘zgartirishning iloji yo‘qligi, dunyoning tartibi inson xohishlariga qarshi belgilanganligi aks etadi. Qamoqxona ruhoniysi asar qahramoni Yozef K. bilan qonun va uning mantig‘i haqida bahslashar ekan: «Qonun darvozasi oldida eshik og‘asi turadi. Va qatag‘onga uchragan biron-bir kishi kelib, undan Qonun qasriga o‘tkazib yuborishini iltimos qiladi. Ammo eshik og‘asi ayni paytda uni ichkariga o‘tkazib yuborish mumkin emasligini aytadi. Arzgo‘y biroz o‘yga botib qoladi va yana iltimos qilib so‘raydi: u bu yerga keyinchalik kirsa bo‘ladimi? Mumkin, -javob qiladi eshik og‘asi, -ammo hozir kirish mumkin emas». ...Eshik og‘asi unga kursicha keltirib berib, kirish tomoniga o‘tirib turishiga ruxsat beradi. Arzgo‘y unda kunlab o‘tiradi, yillab kutadi. ...Yillar o‘tsa-da, arzgo‘yning eshik og‘asidan imdod kutish ilinji o‘zgarmaydi. Va yana boshqa darbonlar borligi, bu faqat shularning birinchisi, boshqalar ham hali Qonun qasriga kirishga to‘sqinlik qilishi turgan gapligini butunlay unutadi. ...eshik og‘asining Qonun qasriga kirish bo‘yicha ikkita juda muhim tushuntirishi bor. Birinchisi bo‘yicha, ayni paytda eshik og‘asi uni ichkariga kirishga ruxsat berishi mumkin emas, ikkinchisiga ko‘ra bu kirish joyi faqat unga belgilab qo‘yilgan», -deydi. Ruhoniyning ancha tushunarsiz bu gaplari ham romanda aks etgan adoqsiz anduhning, ham yozuvchining jamiyatga ishonchsizligining sababini ifodalaydi deyish mumkin. Ya’ni har qanday odam qachondir Qonun qasriga kirish mumkinligi bilan umidvor qilinadi, lekin uning hozir bu qasrga kirishi mumkin emas. «Hozir» degan fursat esa kunlar, oylar va yillarga cho‘zilib, inson o‘limiga qadar davom etadi. Demak, go‘yo qonun odamga xizmat qilib, uning manfaatini himoya etadiganday ko‘rinadi, lekin amalda butunlay buning teskarisi bo‘ladi.
Kafkaning bu romanida biz odatlanib qolganday, izchillik bilan rivojlanadigan, biri boshqasidan kelib chiqadigan yoki biri o‘zgasini keltirib chiqaradigan voqealar tasviri yo‘q. Chunki yozuvchini voqea ham, uning hayotiy va ishonarli yoki uydirma va ishonarsiz ekanligi ham qiziqtirmaydi. Adib uchun muayyan sharoitga tushib qolgan odamning iztiroblari muhim. Kafkaning asarlarida qahramonlarning iztiroblari tasvirlanmaydi, balki ularga qo‘shilib, muallifning o‘zi chekkan iztiroblar aks etadi, deyish mumkin. Adib faqat o‘zi ko‘rib, tuyib va tushunib turgan, lekin oddiy odamlarga ko‘rinmaydigan, tuyib va tushunib bo‘lmaydigan murakkab hamda chigal ruhiy jarayonlarni qalamga oladi. Bu ruhiy holatlar, ko‘pincha, qahramonning ertangi kuniga umidsizlik uyg‘otadi. Yozuvchining ham, qahramonlarning ham umidsizligi voqelik bilan emas, balki o‘z-o‘zi bilan, o‘zining «men»i bilan ayovsiz to‘qnashuvning natijasi o‘laroq paydo bo‘ladi. Muallif butun e’tiborini o‘zi va qahramonining «men»iga qaratadi. Bu xudbinlik tufayli emas, balki insonning hayot markaziga chiqishni xohlash, ya’ni odamning martabasini baland, taqdirini nurliroq ko‘rish istagi tufaylidir.
«Jarayon» romani qahramoni K.ning tergovchilarga qarata: «...hammalaringiz sotilgan, zanjiri bir-biriga bog‘liq to‘dasiz..-sizlar hidlab-iskab topmoq, o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rib, o‘z quloqlaringiz bilan eshitmoq uchun bu yerga yopirilib kelgansiz va ko‘zni shamg‘alat qilib, chalg‘itish uchungina ikki guruhga bo‘linib, meni olqishlab turgan ekansiz; bu bilan mening misolimdagi begunoh bir kishini qanday qilib qiynab-azoblashni tajribada sinab ko‘rmoqchi bo‘lgansizlar», -degan gaplarida insonga yot, uni qiynab rohatlanadigan ijtimoiy tartiblar tizimining mohiyati yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunki unda inson taqdiriga beparvo, uni ovora qilish, qiynash, chalg‘itish va bir balo qilib, bo‘yniga ayb qo‘yish istagidagi qatlam vakillarining asl niyati fosh etilgan. Gap bu yerda faqat sud haqida emas, adibning tasavvuri va tasviriga ko‘ra, inson hayotining o‘zi sud jarayoniga o‘xshaydi. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, K. o‘zini nima uchun sud qilishayotgani bilan unchalik qiziqmaganday tuyuladi. U o‘zini aybsiz deb biladi, lekin ayni vaqtda, jazo belgilanishidan qo‘rqadi. Demak, odam aybdor bo‘lishi uchun ayb qilishi, qonun buzishi shart emas. Chunki insonlar tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar mohiyatan yovuz, odamlarga qarshidir.
Yozef K. turli mahkamalarda turlicha ko‘rinishli, turlicha lavozimlarni egallagan, ammo taqdiri qo‘llarida bo‘lgan odamga bir xilda beparvolik bilan qaraydigan kimsalar bilan ko‘p uchrashadi. Shu asnoda u bu amaldor zotlarning maqsadi odamga yordam berish emas, balki aksincha, uni hayotdan bezdirib, xarob qilish ekanligini anglab yetadi. Shuning uchun ham ularga qarshi o‘ziga xos isyon qiladi. Lekin uning noroziligi biz kutganday va biz o‘ylaganday emas, chinakamiga o‘ziga xos: ketib qolish, gaplashmaslik, kelmay qo‘yish, quloq solmaslikdan iborat bo‘ladi.
Asarda hayotning, insoniy munosabatlarning mutlaqo chigal va tushunarsiz ekanligiga urg‘u beriladi. Tiriklik hodisalari shunday chalkashki, ba’zan aybdor ayblovchiga qaraganda erkinroq bo‘lib ko‘rinadi. Bu, ko‘p jihatdan, qaysi nuqtayi nazar bilan qarashga bog‘liq. Romanda K. bilan qamoqxona ruhoniysi o‘rtasidagi suhbat tasvirida shu holatga munosabat bildiriladi: “Mohiyatan olib qarasak, arzgo‘y (aybdor) erkin kishi. U istasa boshi og‘gan tomonga ketishi mumkin, faqat unga Qonun qasrining ichkarisiga kirish taqiqlanadi, eshik og‘asi unga bor-yo‘g‘i shuni taqiqlay oladi. Arzgo‘y darvoza tarafdagi o‘rindiqchaga o‘tirib, shu yerda butun umrini o‘tkazib yuborsa ham, buni o‘z ixtiyori bilan qiladi... Eshik og‘asi esa, o‘z vazifasiga ko‘ra, mana shu joyni qo‘riqlab turishga mahkum, u bu joyni-postni tashlab hech qayoqqa ketishi mumkin emas...», -deydi ruhoniy. Chindan ham, uning bu gaplarida mantiq bor.
Lekin bu mantiq insonning erkini bo‘g‘ishga, uni boshi-keti yo‘q chigalliklar zanjiriga mahkamroq bog‘lab tashlashga xizmat qiladi.
Yozuvchi esa asarda aynan shu singari mantiqqa qarshi isyon qiladi. U insonni hamma narsadan, hatto qonundan ham baland, undan ham ozod ko‘rishni istaydi. Shuning uchun ham K. ning: “Butun tuzumni yolg‘on zabt etajak», -degan gapi asar mohiyatini aks ettiradi deyish mumkin. Chunki adibning fikricha, yorug‘ olamning maqsadi bo‘lmish insonning erkiga daxl qiladigan mantiq yolg‘on va yovuz mantiqdir. Kafka romanda shaxs hamma narsadan hur va yuqori turishi kerak degan g‘oyani aks ettiradi. Lekin hayotning tartiblari bu g‘oyaga mutlaqo teskaridir. Shuning uchun ham nimaligi ma’lum bo‘lmagan aybi uchun hukm qilingan qahramonning o‘ldirilayotgan paytdagi: “Xuddi it kabi», -degan so‘nggi so‘zlari odam umriga berilgan o‘ziga xos baho va insonning jamiyat tomonidan nechog‘lik xor qilinganligining yorqin ifodasi deyish mumkin.
Kafka inson hayoti ma’nisizligi asosini odam intilishlarining cheksizligi va voqelik beradigan imkoniyatlarning chegaralanganligi o‘rtasidagi tuganmas qarama-qarshilikda deb biladi. Odam juda ko‘p narsaga erishmoqchi bo‘ladi, o‘shalarga tinim bilmay intiladi, o‘zidan kechadi, lekin ko‘pincha hech qanday natijaga erisholmaydi. Kafka asarlarida inson zotining mana shu ojizligi butun fojiasi bilan aks ettirilgan.
«Jarayon» romanidagi timsollardan biri savdogar Blokning: «..go‘yo ayblanuvchining taqdiri uning qiyofasida, ayniqsa, uning lablarida shundoq ko‘rinib turarmish. Ha, hakam sizning lablaringizga qarab hukm chiqaradi...», -degan gapi sudlarning nechog‘lik «jiddiy»ligini ko‘rsatishi jihatidan muhimdir. Ko‘rinadiki, inson hayoti, uning umri sudlar uchun sariq chaqachalik qimmatga ega emas, sudlovchilar javobgarning lab bichimiga qarab turibgina hukm chiqarishi mumkin. Adolat, qonun degan tushunchalar umum-jahon yovuzligi oldida hech narsaga arzimaydi. Bu qadriyatlar hech kimga kerak emas.
Inson-ojiz, ilojsiz, mahkum. Odamning bu holati Blok tilidan aytilgan: “Bilganingizdek, men savdogarman, birinchi navbatda, hozirgiga qaraganda ham ko‘proq savdo ishlari bilan shug‘ullansam derdim, buning uchun esa ish oxirigacha yetib borishi yoki hech bo‘lmaganda, qandaydir darajada ravnaq olishi kerak edi. Buning o‘rniga, ma’no mazmuni bir xil bo‘lgan adoqsiz tergovlar olib borilardi, men ulardagi javoblarni, xuddi ibodatdagi oyatlar kabi yoddan, hech narsani o‘ylamasdan aytib bera olaman, har haftada bir necha marta suddan idoramga yoki uyimga... tinimsiz chaqiruv qog‘ozi yuboriladi, ...ammo yaqin kunlarda, hech bo‘lmasa, ishni ilk bor ko‘rish haqida biron-bir alomat ko‘rinay demasdi», -gaplari ijtimoiy muhit va inson munosabatlari mohiyatini ochishi jihatidan katta ahamiyatga egadir.
Romanda boshi-keti yo‘q sud jarayoniga tortilgan qahramonlardan birining: ,,..ishni ko‘rib chiqishni hech kirn tezlashtirishi mumkin emas, arz qilib, ishni bir yoqlik qilishni talab qilib, qattiq turib olishim behuda, bu ularga yetib ham bormaydi...», -tarzidagi iqrorida shafqat bilmay, sovuqqonlik bilan yurayotgan yovuzlik mashinasi qarshisida odam ilojsiz, intilishlari besamar, kelajagi yo‘q ekanligi butun dahshati bilan ko‘rsatilgan. Jarayonning g‘ayri-insoniyligi shunchalikki, vazifasi javobgarlarni oqlash, ularga ko‘mak berish bo‘lgan oqlovchilar ham ularni qiynash, odamni qonunga yemish qilish bilan shug‘ullanadilar. Shuning uchun ham bosh qahramon K.: “Demak, oqlovchining ish uslubi o‘zi shunaqa: Mijozini butunlay yorug‘ olamdagi hamma narsani unutib qo‘yish darajasigacha olib borish, uni yolg‘on bir yo‘l bilan hukm o‘qilguncha umid uzmaslikka majbur qilib turishdan iborat», -degan xulosaga keladi. Bu uning jamiyat mohiyatni anglab yetgani natijasidir.
O‘zingiz ko‘rdingizki, F. Kafkaning asarlari og‘ir o‘qiladi. Ularni o‘qib orom olish, lazzatlanish mumkin emas. Avvalo, ularni tushunish, qahramonlarning ruhiy holatini tuyish juda og‘ir kechadi. Chunki bu qahramonlarni yaratgan yozuvchining o‘zi boshqa odamlarga mutlaqo o‘xshamaydi. U olamni o‘zigagina xos ko‘z bilan ko‘radi. Birinchidan, Kafka hayotdan nusxa olmaydi, undan o‘rganmaydi, balki asarlarida o‘z bilganicha hayot yaratadi. Uning asarlari qahramonlari ham adib yaratgan ana shu hayotning qonunlariga muvofiq umr kechirishadi, mavjud bo‘lishadi. Ikkinchidan, ijtimoiy tuzumning har qanday mexanizmida faqat insonga zug‘um qiluvchi, zulm o‘tkazuvchi vositani ko‘rgan adib, insonni qora ranglar qurshovida, adoqsiz baxtsizliklar og‘ushida tasvirlaydiki, bu kitobxonni ruhan toliqtiradi, muvozanatdan chiqaradi, unda umidsizlik paydo qiladi. Lekin insonni o‘zgacha bir holatda ko‘rmoqchi, odam va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning murakkabligini anglamoqchi bo‘lgan kishi Kafkaning asarlaridan xabardor bo‘lishi kerak. Chunki Frans Kafka tasvirlagan odamlar faqat uning asarlaridagina mavjud. Lekin ularning tuyg‘ulari, hissiyoti hammaniki qatoridir. Shuning uchun ham biz ularni anglashimiz, tuyishimiz mumkin.
Shuni aytish kerakki, yozuvchi sifatida Frans Kafka hech bir adabiy maktabga a’zo emasdi. U hech qanday yozuvchini, hech qaysi jihatdan takrorlamaydi. Xuddi shuningdek, uning adabiy maktabi bo‘lishi ham mumkin emas. Chunki bu maktabdan bo‘lish uchun Kafka kabi yozish talab etiladi. Kafka kabi yozish uchun esa Kafka kabi yashash, tuyish, ta’sirlanish kerak bo‘ladiki, buning aslo iloji yo‘q. Chunki inson taqdiri betakror va variantsizdir. Kafkaning asarlari betakror va o‘xshashsiz insonlarning qaytarilmas hamda g‘aroyib hayoti tasviridan iborat bo‘lgani uchun ham qimmatlidir. «Menda adabiy qiziqishlar yo‘q, men o‘zim adabiyotdan iboratman» -degandi F. Kafka do‘stlaridan biriga. Uning bu gapi chin ekaniligini vaqt isbotladi.
Download 30,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish