BIRLASHGAN MILLATLAT TASHKILOTI HAQIDA TUSHUNCHALAR
O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi tinchlikparvar tashqi siyosati
3.O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi faoliyati
BMTning tuzilishi sabablari.
1945-yilning avgust oyi... Ikkinchi jahon urushi hamon davom etmoqda edi.
AQSH dunyoga o‘z kuch-qudratini namoyish etish maqsadida 6- va 9-avgust kunlari Yaponiyaning Xirosima hamda Nagasaki shaharlariga eng dahshatli qurol – atom bombasi tashladi.
Atom bombasi – eng dahshatli qirg‘in quroli. Bu bombaning portlashi to‘lqini imoratlarni ag‘darib tashlaydi.
Undan tarqaladigan nur esa havoni, suvni va yerni zaharlaydi.
Ming-minglab odamlar halok bo‘ladi. Buning ustiga, atom bombasi tarqatadigan nur (radiatsiya) uzoq vaqtgacha o‘zining halokatli ta’sirini ko‘rsatib turadi.
1945-yilda Yaponiyada aynan shunday bo‘ldi. Yaponiyaning Xirosima shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda Sadako Sasaki ismli qizcha yashardi.
Bomba portlagan paytda Sadako bor-yo‘g‘i ikki yoshda edi.
Sadakoning yuzi yoki tanasi kuymagan bo‘lsa ham, 9 yil o‘tgach, Xirosima shahri tiklanganidan so‘ng, 11 yoshida Sadako kasallanadi.
Shifokorlar uning qon saratoni kasali bilan kasallanganligini aniqlab, uning bir yillik umri qolganini aytadilar.
Sadako xotirasiga qurilgan yodgorlik «Bolalar tinchlik haykali» deb ataladi. U Xirosimadagi Tinchlik xiyoboniga o‘rnatilgan.
Yodgorlik toshiga quyidagi so‘zlar o‘yib yozilib qo‘yilgan: Bu bizning ko‘z yoshimiz, Bu bizning dunyomiz, Dunyoga – tinchlik. Yaponiyadagi «Bolalar tinchlik haykali».
BMTning tuzilishi va uning maqsadlari.
Tez orada bunday xalqaro tashkilot tuzildi. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) deb ataldi.
– inson huquqlari va erkinliklariga hurmat bilan qarashni rag‘batlantirish.
– butun dunyoda tinchlikni ta’minlash;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy maqsadlari quyidagilar ekanligi belgilab qo‘yildi: – dunyo xalqlari o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlantirish; – dunyoda ocharchilik, kasallik va savodsizlikni tugatish borasida birgalikda harakat qilish; – ekologiya halokatining oldini olish;
BMT shtab kvartirasi (doimiy ish o‘rni) AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan. BMTga Bosh kotib rahbarlik qiladi.
O‘zbekiston xalqaro tashkilotlar a’zosi.
O‘zbekiston 1992-yilning 2-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Bu voqea O‘zbekistonning xalqaro miqyosda tan olinganligini to‘la tasdiqladi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1993-yilda BMT Bosh Assambleyasi 48-sessiyasi majlisida ilk bor qatnashdi va nutq so‘zladi.
O‘zbekiston BMTning qator xalqaro tashkilotlari faoliyatida ham faol qatnashib kelmoqda.
Ular ichida Siz YUNESKO va YUNISEF haqida ma’lumotga egasiz.