Oltin o`rda xonligi
Tayanch tushunchalar
Jo`ji ulusi. Oltin o`rda. Ijtimoiy hayot. Oltin o`rdaning qulashi.
Xonlikning tashkil topishi.
Oltin o`rda xonligi XIII asrning 40- yillarida Chingizxonning nabirasi Botuxon (Jo`jining o`g`li) tomonidan tashkil etilgan. Bu davlat Rus manbalarida ,,Oltin o`rda", sharq manbalarida esa ,,Jo`ji ulusi" deb atalgan.
Botuxon keyinchalik olib borgan istilochilik urushlari natijasida Dashti Qipchoqni, Volga, Qrim va g`arbiy Sibirni Jo`ji ulusiga qo`shib olgan. Shu tariqa Oltin o`rda davlati tashkil topgan. Quyi Volga Oltin o`rdaning markaziga, xon qarorgohiga aylantirilgan.
Botuxon tez orada o`z davlati poytaxti - Saroy Botu shahrini bunyod ettirgan.
Botuxon o`ta tadbirkor, uddaburon va uzoqni ko`ra oluvchi chingiziy hukmdor edi. U imperiyada Buyuk xondan so`ng ikkinchi shaxsga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |