CASSY Lab 2
2) U1 ni optimallashtirish boshqaruv potensialining U1 kattaroq qiymati emissiya tokining kattaroq bo'lishiga sabab bo'ladi.
Agar Frank-Gers grafigi juda ham tik bo'lsa, ya'ni tok o'lchash kuchaytirgichining yuqori chegarasiga U2 = 30 V dan kichik qiymatlarida erishilib, Frank-Gers grafigining yuqori qismi kesilgan bo'lsa(b):
U1 kuchlanishni grafikning tikligi (d) rasmdagiga mos kelguncha kamaytiring.
Agar Frank-Gers grafigi juda ham yotiq bo'lsa, ya'ni anod toki o'lchashning barcha shohalarida 5 nA dan kichik bo'lsa (c):
U1 kuchlanishni grafikning tikligi (d) rasmdagiga mos kelguncha orttiring.
Agar Frank-Gers grafigi U1 kuchlanishni orttirgandan keyin ham yotiqligicha qolsa:
ϑS ning ornatilish qiymatini pech temperaturasi uchun potensiometr surg'ichidan foydalanib kamaytiring.
3) U3 ni optimallashtirish tormozlovchi kuchlanish U3 ning kattaroq qiymati Frank-Gers grafigining maksimum va minimumlarini yaxshiroq aniqlashga sabab bo'ladi; ammo, shu bilan birga umumiy anod tokining qiymati ham kamayadi.
Agar Frank-Gers grafigining maksimum va minimumlari yetarlicha aniq bo'lmasa (d):
Alternativ holda dastlab, tormozlovchi kuchlanish U3 ni, keyin boshqaruvchi potensial U1 ni (f) rasmda ko'ratilgan shakldagi grafikni olguncha orttiring.
Agar Frank-Gers grafigining minimumlari pastki tomondan kesilgan bo'lsa (e):
Alternativ holda dastlab, tormozlovchi kuchlanish U3 ni, keyin boshqaruvchi potensial U1 ni (f) rasmda ko'ratilgan shakldagi grafikni olguncha kamaytiring. Frank-Gers ning Hg trubkasi tajribaviy misollarda U1 = 2.58 V, U3 = 1.95 V va = 180 °C parametrlardan foydalanilgan holda o'lchangan.
Hisoblashlar
Tajribalarda o'lchangan grafiklarni baholashda vertikal chiziqlar yoki maksimumlar markazlarini chizish yordamida mos maksimumlar o'rtasidagi masofani o'lchashda foydalanildi. Tajribaviy misollarda o'rtacha qiymat U2 = 5.07V ekanligi aniqlandi. Bu esa ΔE = 5.07 eV o'tish energiyasiga mos keladi.
Simob atomining asosiy holat 3S0 dan birinchi 3P1 holatga o'tish energiyasining adabiyotlarda topilgan qiymati EHg = 4.9 eV ga to'g'ri keladi.
Birinchi maksimumning holati foydalanilgan elektrod materiallarining kontakt kuchlanishlari orqali va boshqaruvchi potensial U1 yordamida aniqlandi. Yuqoriroq tartibdagi maksimumlar o'rtasidagi masofaning kattaroq qiymati xarakteristik trubka chizig'ida Frank-Gers grafigining superpozitsiyasi sababli bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |