ABU NASR FOROBIY .
o’zaro farqlansalar u holda har birining ayrim moddasi va shaklining mohiyatini va shu navlardan qaysi biridadir mavjud bo’lgan ularning harakatdagi ta'sir etuvchi asoslarini yoki ular orazlarining mohiyatini ko’rsatib o’tish kerak bo’ladi. Shu qatori yana ushbu navlardan qaysi birinidir yaratilishining boisi bo’lmish maqsadlarini ham ko’rsatib o’tish zarur. Ushbu maqsadlarni aniqlash va koinot majmuasi maqsadini bilmasdan oldin bilish mushkul ish bo’lgani uchun Arastu ushbu maqsadlarni ko’rib chiqishni fanning boshqa bo’limiga havola qiladi. Fanning bu bo’limi koinotdagi eng so’nggi chegaradagi asoslarini tadqiq etish bilan shug’ullanadi,
Bularning hammasi uning "Ilm al-ma'odin" "Mineralogiya" risolasida bayon etilgan.
Hayvonotni ko’rib chiqquniga qadar u nabotot (o’simliklar)ga to’xtaladi. Bu ishni u his tuyg’u va kuzatish orqali ma'lum bo’lgan narsalarni tasnif etish masalasidan boshlaydi. U navlarni birma-bir sanab o’tadi va sanab o’tilgan har bir navdan ko’rinib turganini tasnif etadi. Shu bilan birga u, bironta navda yoxud har bir navning biron qismida namoyon bo’lmish oraz (aksidensiya) larni tasnif etadi. Shu asnoda u o’ziga ma'lum barcha narsani bayon etgan.
So’ngra Arastu o’simliklarning har qaysi qismi paydo bo’lishining boisi bo’lmish maqsad haqida eslatib o’tadi.
U yana o’simliklarning biron bir xili paydo bo’lishini tahlil etadi va ularning har biriga ular paydo bo’luvchi modda va shu xilning paydo bo’lishiga vasila bo’luvchi fo’il (harakatdagi sabab) xos ekanligini ko’rsatib o’tadi. Shunday qilib u nabotot mohiyatiga taalluqli barcha masalalarini bayon etadi.
So’ngra u hayvonot haqidagi muammolarga to’xtaladi va ularni kuzatuv hamda his-tuyg’u orqali bilish yo’llarini ko’rsatadi. U hayvonlarning xillarini sanab o’tadi va ular haqidagi ma'lum narsalarni tushuntiradi.
O’NINCHI BO’LIM
Hayvonot va nabototning mo’tadil holatlari uchun tabiat va tabiiy asoslar yetarli emas. Bu sabablardan tashqari yana ular boshqa kuchlarga ham muxtojdir toki, hayvonot va
144
_______________________________ARASTU FALSAFASI
«abototda ushbu asos fitriy (tabiiy) narsalarda mavjud bo’lgan labiatga o’xshashi zarur bo’ladi. Buni ko’rib chiqqanidan so’ng Arastu, hayvonlarda tabiatdan boshqa narsalardan olgan behad asoslari borligini ko’rsatishga majbur bo’ladi. Bu o’zga asosni Arastu "ruh" (Farobiy "nafs" so’zini ishlatadi), deb ataydi va hayvonning ham o’simlikning ham nihi bir deb eslatadi. Ruh bilan hamjins asoslarni u "ruhiy asoslar va kuchlar", deb ataydi.
Avvalo Arastu tabiatan hayvonga xos narsani tadqiq qiladi. U. hayvonga xos bo’lgan barcha narsalarga e'tibor beradi. Avvalo u, hayvonlar xillarining shoxobchalarini va hayvonotning tabiatan yaratiluvi har bir ayrim xili yaratilishining boisi bo’lmish tabiiy maqsadlar ustida tadqiqot o’tkazadi. U, hayvonotning har bir xilida mohiyatni qabul etuvchi asos bor hamda bu asos-qanday bo’lmasin hayvonotning qandaydir xilini paydo qiluvchi moddadir, deb ta'kidlaydi./U, Fitriy fa'ol asoslar hayvonotning har bir turida bor, deb tushuntiradi va ushbu tur tabiiy javhar bo’lishiga vosita bo’la oladigan sababni, hamda unga (fitriy asosga) tabiatan xos bo’lgan barcha narsa mavjudiyatining boisi bo’lmish maqsadni ko’rsatadi,
Bularning barchasidan Arastu o’zi uchun fitriy jismlar ikki xilga bo’linishlarini aniqlab oladi. Birinchi xili eng so’nggi nuqtaga yetgani bo’lib, uning vositasida shu xil mohiyat kasb etadi. Bu - har bir ayrim tabiiy javharning rnohiyati bo’lmish tabiatning o’zidir. Ikkinchi xili - aslida tabiatning o’zi bo’lgan javhari moddani tayyorlash, bilquvvat imkoniyat yoki boshqa bir asosga qurol bo’lmog’i uchun tabiatan mohiyat kasb etganidir. Ushbu xil (fitriy jismlar)ning, bir vaqtning o’zida shakl ham bo’lgan tabiatga, o’z moddasiga yoxud uning quroli bo’lmish kuchiariga nisbati, bir asos bo’lib, u-"ruh"dir.
O’N BIRINCHI BO’LIM
Shu munosabat bilan Arastu "ruh"ni tadqiq etishga, ruh o’zi nimaligini bilishga, tabiatni tadqiq etganidagi kabi zarurat sezadi. U, ruhiy kuchlar va ruhdan paydo bo’luvchi harakatlar holatini tariflaydi. So’ngra u ruh o’zi nimaligini,
145
10-A-6020
Do'stlaringiz bilan baham: |