Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari



Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/160
Sana12.02.2022
Hajmi7,65 Mb.
#445309
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   160
Bog'liq
FOYDALI QAZILMALARNING GENETIK.2019

Pegmatitli granit
– granitning dala shpati bilan kvarsning bir-birining ustida 
o‘sishi xos bo‘lgan turi. 
Singenetik konlar
– foydali qazilmalar tog‘ jinsi bilan bir vaqtda, bir hil geologik 
sharoitda hosil bo‘ladi. 
Tektonika
– geologiyaning Er po‘sti strukturasi va uning umuman Er taraqqiyoti 
bilan bog‘liq (tektonik harakatlar va deformatsiyalar ta’sirida) o‘zgarishini 
o‘rganadigan tarmog‘i. 
Epigenetik konlar
– asosan tog‘ jinslari hosil bo‘lgandan keyin butunlay boshqa 
geologik jarayonda hosil bo‘ladi. 
7. KARBONATIT KONLARINING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI 
O‘ta asosiy-ishqoriy intruzivlar bilan fazoviy va genetik bog‘langan kalsit va 
dolomit karbonatlarning endogen to‘plami k a r b o n a t i t l a r deb ataladi 
(V.I.Smirnov, 1965). Ularda neobiy, tantal, pikroniy kabi nodir metallar, siyrak er 
elementlari, temir, titan, fosfor, flogopit, vermikulitning yirik zahiralari uchraydi. 
Keyingi yillarda esa karbonatitli konlarda uran, toriy, miss, molibden, flyuorit, 


38 
asbestning yirik to‘plamlari aniqlangan. Ba’zan karbonatitlar ohak olish uchun ham 
ishlatiladi. 
Karbonatitlarning hosil bo‘lish temperaturasi A.A.Kuxarenko bo‘yicha 600-
800
o
S dan 150-100
o
S gacha boradi. Karbonatit gavdalari er yuzasiga yaqin masofada 
yotadi, ammo ayrim massivlarda (Gullinsk, Alno) esa rudalar 1500-2000 m 
chuqurlikda ham davom etadi. V.I.Smirnov ta’kidlaganidek, karbonatitning hosil 
bo‘lish jarayoni o‘zgarib turuvchi turli bosim ostida o‘tadi. 
Karbonatitlarning asosini (80-99%) karbonat minerallari tashkil qiladi. 
Ularning ichida eng ko‘p tarqalgani kalsit bo‘lib, ayrim erlarda dolomit, ankerit va 
siderit uchraydi. Qolgan minerallar aksessor bo‘lib, jami 70 dan ortib ketadi. Ularning 
ichida eng muhimlari flogopit, apatit niobiy va tantalli piroxlor, dizanalit, gatchetollit, 
sirkoniyli baddelenit, niobotsirkonolit, seriyva boshqa siyrak er elementli parazit, 
basnezit, sinxizit va boshqalardir. 
YUqorida ta’kidlab o‘tilganidek, karbonatitlar o‘taasosiy – ishqoriy tarkibli 
murakkab intruziv massivlarda uchraydi. Xozirgi vaqtda bunday massivlar 
o‘rganilgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi Janubiy Afrikaning Buyuk Afrika yoriqlari 
zonasida, qolganlari esa Rossiyada, O‘zbekistonda (SHovozsoy), SHvetsiya, 
Germaniya, Kanada, AQSH, Braziliyada joylashgan. O‘ta asosiy – ishqoriy 
jinslarning massivlari murakkab tuzilgan bo‘lib, bir necha bosqichda paydo bo‘ladi 
(L.Egorov, T.Goldburt, A.I.Ginzburg, E.M.Eynshteyn).CHiqayotgan magmaning 
tarkibi o‘ta asosiy (peridotit-dunit)dan ishqoriy – o‘taasosiy (piroksenit, peridotit, 
melteygit)ga, o‘taasosiy – ishqoriy (iyolit, meltegit)dan ishqoriy (ishqoriy va nefelinli 
sienit)gacha o‘zgaradi. Birinchi bosqichda olivinit, dunit, peridotit kabi o‘taasosiy 
jinslarda tuzilgan yoriq intruzivlari hosil bo‘ladi. Ularda titanomagnetit, perovskit, 
platinoidlar aksessor minerallari miqdorida uchraydi. Ikkinchi bosqichda piroksenit, 
biotitli peridotit, melteygit jinslari hosil bo‘lib, titano-magnetit, apatit kabi aksessor 
minerallari bilan uchraydi. Uchinchi bosqichda iyolit, melteygit kabi o‘taasosiy – 


39 
ishqoriy jinslar va ular ichida perovskit-apatit, sfen kabilar paydo bo‘ladi. To‘rtinchi 
bosqichda nefelinsienitlari, granosienitlar hosil bo‘ladi.
Hamma bosqichda jinslarning kontakt zonalarida metamorfik jarayonlar sodir 
bo‘lib, 
natijada 
serpentinizatsiya, 
biotizatsiya, 
flogopitizatsiyadan 
tortib, 
selolitizatsiya kabi o‘nlab o‘zgargan jinslar va ulardan iborat zonalar vujudga keladi. 
Aytishlaricha, karbonatitlar 4 bosqichda hosil bo‘ladi: 
1.
Erta kalsitli karbonatitlar bosqichi – asosan, kalsit (30–70 %), avgitdiopsit 
yoki forsterit (20–50 %), biotit yoki temirli flogopit (5–20 %), apatit (3–20 %) va 
magnetit (1–10 %)dan tuzilgan. Perovskit guruhiga kiruvchi dizanalit va kalsirtit 
bosqichdagi asosiy aksessor minerallardir.
2.
Kalsitli karbonatitlar bosqichi – minerallar deyarli birinchi bosqichdagidek 
bo‘lib, to‘q rangli minerallarning kamayishi (10–30%), avgitdioxid va biotitni o‘rniga 
diopsit va flogopitning paydo bo‘lishi va piroxlor, gatchettolit, apatit kabi sanoat 
ahamiyatiga ega rudali minerallarning bo‘lishi bilan harakterlanadi. 
3.
Kechki 
kalsit 
va 
dolomitli 
karbonatitlar 
o‘z 
tarkiblarining 
murakkablanganligi, karbonat minerallarining soni oshiqligi va foydali qazilmalarni 
turli – tuman bo‘lishligi bilan ajralib turadi. Avvalgi bosqichdagi minerallar bo‘yicha 
o‘rin almashish jarayonlari ham kuchayadi. Bu bosqichdagi karbonititlar amfibol – 
kalsit, amfibol – dolomit, flogopit – dolomit va dolomitli karbonatsitlardir. Nodir 
metalli mineralning asosaiy piroxlor bo‘lib, ba’zan eshinit, lindokit, fersmanit, sikron 
ham uchraydi. 
4.
Kechki dolomit va ankeritli kabonatitlarda karbonat minerallarning umumiy 
miqdori juda ko‘p (85–95%) bo‘lib, asosan dolomit, ankerit, ba’zan sideritdan 
tuzilgan bo‘ladi. Bu bosqichda tipik gidrotermal minerallardan flyuorit, pirit, galenit, 
molebdenit, sfalerit, barit paydo bo‘ladi. Nodir metalli minerallardan kolumbit
piroxlor siyrak er elementli minerallardan basnezit, parizit, berbankit rivojlanadi.
Bu bosqichlardan so‘ng ham endogen faoliyat davom etadi. Karbonatitdan 
keyingi bu bosqichda kalsit – epidot – albit, kalsit – epidotli tomirlar hosil bo‘lib, ular 


40 
bilan bir flyuorit, gematit, krokidolit uchraydi. Karbonatit hosil qiluvchi o‘taasosiy-
ishqorliy massivlar shakllanish sharoitlariga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 
a) «Ochiq» massivlarda o‘ta asosiy-ishqorli magmaning mahsulotlari er yuziga 
(otilib) chiqqan bo‘ladi. Tog‘ jinslari vulkan plutonik harakterga ega. Bu rasmana 
vulkan bo‘lib, bo‘g‘zida effuziv, intruziv jinslar va karbonatitlar joylashadi. Bu xil 
massivlarda karbonatit gavdalari vulkan bo‘g‘zining yuqori qismida joylashib, pasiga 
tushgan sari, o‘lchamlari kichrayib boradi. Ikkinchi tomondan esa chuqurlikning 
oshishi bilan ishqoriy jinslar kamaya borib, o‘ta asosiy (giperbazit) jinslarning 
miqdori esa ortib boradi (9-rasm). 

Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish