Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroikgisodiy tengsizlik
doimiy ravishda narxning ko’tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo’lsa, buiday
inflyatsiya oshkora inflyatsiya dsb ataladi. Oshkora inflyatsiya bozor mexanizmini
buzmaydi: narx ba’zi bozorlarda ko’tarilishi bilan bir vaktda boshka bozorlarda
pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, bozor
mexanizmlari o’z ta’sirini davom ettirib, milliy ikgisodiyotga baholar to’grisidagi
ma’lumotlarni oshkora etkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib, ishlab
chiqarishnipg kengayishi bilan taklifni rag’batlantirib boradi.
2. Yashirin inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi shunday ko’rinishda
bo’ladiki, bunday holatda ba’zi bir iste’mol mahsulotlariga narx ma’muriy tarzda
davlat tomonidan o’rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy maqsad,
davlat tomonidan ba’zi mahsulotlarga narxni «ijtimoiy past» darajada belgilaydi.
Yashirin inflyatsiya sharoitida narxning keskin o’sishi kuzatilmasligi mumkin.
Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar aholi pul mablaglariga
kerakli mahsulotlarni harid qilib bo’lmasligi holatlari paydo bo’ladi. Iktisodiyotda
yashirin inflyatsiya yuzaga chiqkanda mahsulotlarning narxi hamda aholini
daromadlarini o’sishi vaqtincha to’xtatiladi. Yashirin inflyatsiyani vujudga
kelishini asosiy sabablaridan biri bu narxlar ustidan ma’muriy nazorat
o’rnatishdir. Buning natijasida bozor mexanizmi deformatsiyalanadi. Uning
kaysi darajada va o’zgarganligi darajasi va davomiyligi davlat tomonidan olib
boriladigan siyosatga hamda tartibga solish shaklliga bevosita bogliq bo’ladi.
Ushbu inflyatsiyaning salbiy tomoni shundan iboratki, inflyatsiya davrida
ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi.
Bosim ostidagi(yashirin) inflyatsiya
3. Inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liklik. Fillips egri chizig’i
Iqtisodiyot o’z rivojlanishida potentsial darajaga yaqinlashgan shariotda yoki bandlilik darajasini oshirish yoxud inflyatsiya darajasini pasaytirish kabi muqobil variantlardan birini tanlashga majbur bo’linadi. Chunki qisqa muddatli davrda ishsizlik va inflyatsiya darajalari o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud. Ishsizlikni pasaytirish ish joylarini yaratish uchun qo’shimcha mablag’lar ajratilishini anglatadi. Ayni paytda bu ish haqi miqdorining oshishiga ham olib keladi. Har ikkala holat ham narxlar darajasinining ko’tarilishiga olib keladi, ya’ni talab inflyatsiyasi ro’y beradi..
Ishsizlik va inflyatsiya ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik ingliz iqtisodchisi A.V.Fillips tomonidan aniqlangan va Fillips egri chizig’i (4 -chizma) deb ataladi.
u Ishsizlik u
Do'stlaringiz bilan baham: |