Foydalanilgan adabiyotlar royxati



Download 53,94 Kb.
bet5/7
Sana13.07.2022
Hajmi53,94 Kb.
#788108
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Narx

4. Hisob - kitob vazifasi. Narx – bu almashuv qiymat, boshqacha qilib aytganda, tovar uchun to‘lanadigan pul miqdoridir. Shu asosida u hisob-kitob vazifasini bajaradi.
5. Ijtimoiy himoya vazifasi. Bozor iqtisodiyotining o‘tish bosqichida ijtimoiy himoya vazifasini o‘tovchi narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy zarur iste’mol tovarlari bilan eng kam darajada ta’minlash maqsadida ham qo‘llaniladi. Masalan, bizning mamlakatimizda 1991-yildan 1995-yilgacha un va un mahsulotlari, qand-shakar, go‘sht, o‘simlik moyi, choy, sovun kabi mahsulotlar dotatsiyalashgan narxlarda cheklangan miqdorda sotildi. Ularning dotatsion va haqiqiy narxlari o‘rtasidagi farq budjet mablag‘lari hisobiga qoplab borildi.
6. Qiymat va naflilikni o‘lchash vazifasi Narx qiymat va naflilikning puldagi ifodasi deb aytamiz, Chunki qilingan sarf-xarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining natural ko‘rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m2, m3, kvt-soat va hokazo). Bu ko‘rsatkichlarni shu holicha taqqoslab, bitta umumiy ko‘rsatkichga keltirib bo‘lmaydi. Barcha natural ko‘rsatkichlarning umumiy o‘lchovi ularning pulda ifodalangan narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qo‘llaniladi. Joriy narxlar amaldagi narxlar bo‘lib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil (bazis yil) asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shu kabi ko‘rsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Chunki joriy narxlar inflatsiya tufayli o‘zgarishi va real iqtisodiy natijani ko‘rsatmasligi mumkin.
7. Taqsimlash vazifasi. Narx vositasida daromadlar, mahsulotlar va iqtisodiy resurslar mulkdorlar, tarmoqlar, sohalar hamda hududlar o‘rtasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.


3. Narx toʻgʻrisidagi nazariyalar.

Oʻzbekiston yashash qiymati boʻyicha dunyodagi eng arzon 10 mamlakat qatoriga kirdi. Isteʼmol narxlari indeksi boʻyicha Bermuda yetakchilik qilmoqda. Keyingi oʻrinlarda Shveysariya, Norvegiya, Islandiya va Yaponiya.


Isteʼmol narxlari indeksi maʼlum vaqt oraligʻida isteʼmol savati tovarlari va xizmatlariga oʻrtacha narx darajasini koʻrsatadi. Bunga oziq-ovqat mahsulotlarining narxi, restoranlardagi narxlar, transport va kommunal xizmatlar kiradi.
Raqamlar Nyu-Yorkka nisbatan taqqoslangan. Agar indeks 133 boʻlsa, demak yashash qiymati bu shaharga qaraganda 33 foiz qimmatroq. Ushbu indikator boʻyicha Oʻzbekiston 130-oʻrinni egallab, eng arzon 10 ta davlat qatoriga kirdi. Reytingda hammasi boʻlib 135 mamlakat ishtirok etdi.
Bermuda, Gonkong, Singapur, Lyuksemburg va Shveysariyada turar joyni ijaraga olish eng qimmat, Afgʻoniston, Pokiston, Kuba, Nepal va Jazoirda eng arzon narxlar kuzatildi. Restoranga borish uchun Bermuda, Shveysariya, Islandiya, Norvegiya, Daniyada koʻproq pul kerak boʻladi. Restoran uchun eng kam narxlar Tunis, Jazoir, Pokiston, Hindiston va Shri-Lankada toʻlanadi.
Dunyo mamlakatlari va shaharlarida yashash xarajatlari reytingi yiliga ikki marta Numbeo onlayn maʼlumotlar bazasida paydo boʻladi. Bu baza butun dunyo boʻylab isteʼmolchilarning sarf-xarajatlari va narxlari toʻgʻrisidagi juda katta statistik maʼlumotlarni qayta ishlashdan soʻng yaratilga
Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif oʻrtasidagi nisbatni aniqlab beradi.
Talab va taklif — bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Masalan, oziqovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi. Har bir isteʼmolchining , yaʼni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. Talab miqdorining oʻzgarishiga bir qancha omillar taʼsir qiladi. Ularning o'rasida eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi. Taklif — muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi; taklif ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larning oʻz tovarlarini sotishga (bozorga) taklif etish istagi. Bozorda tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasqda bevosita bogʻliqlik mavjud: narx qanchalik yuqori boʻlsa, boshqa sharoitlar oʻzgarmagan hollarda, sotish uchun shuncha koʻproq tovar taklif etiladi, yoki aksincha, narx pasayishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Masalan, 10 soʻm narxda 3 tovar birligi taklif etiladi, agar narx 15 soʻmga koʻtarilsa, taklif hajmi 5 birlikka qadar koʻpayadi, agar narx 20 soʻmga yetsa, taklif hajmi 6 birlikka yetadi. Shunday qilib, taklif miqdorining oʻzgarishlari taklif egri chizigʻida bir nuqtadan ikkinchisiga koʻchishida oʻz ifodasini topadi. Egri chiziqning ijobiy ogʻishi tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasidagi bevosita bogʻliqdikni aks ettiradi.
Tovar taklifiga, tovarning oʻz narxidan tashqari bir qator omillar: shu tovarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan resurslar narxlari; qoʻllaniladigan texnologiya; soliqlar va dotatsiyalar; taqchillik yoki narxlar oʻzgarishlarini kutish; bozordagi sotuvchilar soni va boshqa taʼsir koʻrsatadi. Mas., resurelarning arzonlashuvi muayyan tovarni ishlab chikarish xarajatlarini kamaytiradi, bu esa uning taklifi oʻsishini stimullaydi. Taklifning oʻziga taʼsir koʻrsatadigan omillar oʻzgarishlariga, birinchi navbatda, narx oʻzgarishlariga sezgirligi taklif elastikligi deb ataladi.
Talab va taklifning tub mazmuni ularning narx orqali oʻzaro aloqadorlikda mavjud boʻlishidir. Bu aloqadorlik — talab va taklif qonuni bozor iqtisodiyotining obʼyektiv qonuni hisoblanadi. Talab va taklif qonuniga koʻra bozordagi taklif va talab faqat miqdoran emas, balki oʻzining tarkibi jihatidan ham bir-biriga moye kelishi kerak, shundagina bozor muvozanatiga erishiladi. Bu qonun ayirboshlash qonuni boʻlib, bozorni boshqaruvchi va tartiblovchi kuch darajasiga koʻtariladi. Unga koʻra bozordagi talab oʻzgarishlari darhol ishlab chiqarishga yetkazilishi kerak. Bozordagi talab va taklif nisbatiga qarab ishlab chiqarish surʼatlar va tuzilmasi tashkil topadi. Jamiyat bu qonundan bozor muvozanatiga alokador omillarga taʼsir etish orkali foydalanadi.
Talab narxga qandaydir darajada egiluvchan bo’ladi. Masalan, narxning bir foizga o’zgarishi talabning necha foizga o’zgarishini ifodaluvchi ko’rsatkich talabning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi.
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda, agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar tovarlar bozoridagi shunday mahsulotning 35% dan ortiq boʻlsa, bu korxona monopolist korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi (oziqovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% qilib belgilangan).
Respublikada monopoliyalar roʻyxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi mavqeini tartibga solishda bir qator usullardan: a) monopol mav-qedagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellik chegarasini belgilab qoʻyish; b) oʻz monopol mavqeini suiisteʼmol qilgan monopolik birlashmalarni bulib tashlash yoki maydalashtirish usullaridan foydalaniladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Isteʼmolchilarning hu-qukdarini himoya qilish tugʻrisida" (1996 yil 26 aprel) qonuni asosida gʻirrom raqobatga, shu jumladan, bozorlarga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarning kirishiga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining "Tovar bozorlarida monopolistax faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" qonuni (1996 yil 27 dek.) monopolistlar tomonidan hukmronlik mavqeini suiisteʼmol qilishning oldini olish va mo-nopoliyadan chiqarish va sogʻlom raqobat muhitini yaratish maqsadlarini koʻzlaydi. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqdarida raqobat muhitini shakllantirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Bu tarmoqdagi korxonalar, odatda, "tabiiy monopoliyalar" deb ataladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida"gi qonunida (1997 yil 25 apr; yangi tahrirda 1999 yil 19 avg .) respublikada tabiiy mo-nopoliyalarga nisbatan davlat siyosatining huquqiy asoslari belgilab berildi. Oʻzbekistonda iktisodiy islohrtlarning tub mohiyatidan kelib chiqqan holda monopoliyalarga qarshi va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilib, ularning Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan qonunchilik andozalariga mos kelishi taʼminlab borilmoqda.
Monopollashgan bozor - ozchilik sotuvchilar va haridorlar hukmron, raqobat cheklangan yoki mavjud boʻlmagan bozor. Uning monopol raqobatli, oligopolistik, sof monopoliya bozori turlari bor. Monopol raqobatli bozorda firmalar koʻp boʻlganidan ulardan har birining tovarlar sotishdagi hissasi kichik boʻladi, natijada ular bozorni cheklangan holda nazorat qiladilar. Ular yashirin kelishuv asosida oʻzaro til biriktira olmaydilar, bu bilan mazkur bozor oligopolistik bozor (guruh monopoliyasi)dan farqlanadi.
Monopollashgan bozorda firmalar mustaqil boʻlganidan oʻz bozorida bir-biri bilan raqobatlashadi. Lekin raqobatning asosiy usuli narx bilan raqobatlashuv emas, balki sifat jihatidan bir-biridan farqlanuvchi mahsulot bilan bozorga chiqish hisoblanadi. Monopollashgan bozor yangi firmalarning kirib kelishi uchun ochiq hisoblanadi. Shu bois bu yerda raqobat cheklanmaydi, aksincha, kengayib turadi. Yangi firmalar kirib kelganda taklif koʻpayib, narxlar tushib ketadi, natijada zarar ham koʻtariladi. Zarar koʻrganlar bozordan chiqib ketishgach, narxlar oshadi, foyda maksimumlashadi. Bunday bozorda tovarlarni mukammallashtirish sotish hajmini oshirib, foyda miqdorini koʻpaytiradi. Raqobatda modernizatsiyadan tashqari, reklama ham keng qoʻllanadi. Monopollashgan bozorning monopollashuv darajasi amerikalik iqtisodchi A. P. Lerner (1903—1983) indeksi (L) bilan aniqlanadi:PWm bu yerda R — narx; Wm — meʼyoriy harajatlar. Indeks qiymati 0 dan 1 gacha oʻzgaradi. Uning qiymati 1 ga kanchalik yaqin boʻlsa, firma monopoliyasi shu qadar kuchli hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev go‘shtning qimmatlashishi fonida narxlarni barqarorlashtirish tadbirkorlarni arzon narxda sotishga majbur qilishni anglatmasligini aytdi. Prezident bozorda taklif ortishi uchun sharoit yaratish zarurligini ta’kidladi. Shundan kelib chiqib, parrandachilik korxonalarining foyda, mol-mulk, yer va suv soliqlari 50 foizga kamaytiriladi.


Prezident Shavkat Mirziyoyev seshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida oziq-ovqat narxini barqarorlashtirish hamda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish chora-tadbirlariga ham to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi маълумотларига ko‘ra, yil boshidan may oyiga qadar inflyatsiya darajasi 4,6 foizni tashkil etgan. Go‘sht narxi 3,3 foizga, suyakli mol go‘shti — 2,6 foizga, qo‘y go‘shti — 2,4 foizga, toquv go‘shti — 3 foiz atrofida, sut narxi esa — 5,2 foizga oshgan.
«Narxlarning oshishi, avvalambor, ko‘p bolali, 3 ta daftarga kirgan ehtiyojmand oilalarga salbiy ta’sir qiladi. Lekin, bozordagi narx-navoni barqaror ushlab turish, bu — tadbirkorlarni majburlash, ularga mahsulotini past narxlarda sottirish, degani emas», — deya ta’kidladi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, birinchi galda, tadbirkorlarga bozorda taklifni ko‘paytirish uchun sharoit yaratib berish kerak.
Shuningdek, chorvachilikning qisqa muddatlarda yuqori natija beradigan yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratish lozim.
Yil yakuniga qadar parranda go‘shti yetishtirishni 450 ming tonnaga (o‘tgan yili 247 ming tonna bo‘lgan) yetkazish bo‘yicha topshiriq berildi.
Bunda hududlar rahbarlariga tovuq go‘shtini yetishtirish bo‘yicha vazifa yuklatildi:
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov — 120 ming tonna;
Toshkent viloyati hokimi Davron Xidoyatov — 100 ming tonna;
Farg‘ona viloyati hokimi Hayrullo Bozorov — 44 ming tonna;
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abduraxmonov — 35 ming tonna;
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzaqov — 30 ming tonna;
Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev — 28 ming tonna;
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev — 18 ming tonna;
Jo‘qorg‘i Kenges raisi Murat Kamalov va Qoraqalpog‘iston Vazirlar Mahkamasi raisi Kaxraman Sariyev, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov — 17 ming tonnadan;
Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov — 12 ming tonnadan;
Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov — 11 ming tonna;
Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov — 10 ming tonna mahsulot ishlab chiqarishga mas’ul bo‘ladi.
Eng tez yetishtirish imkoniyati mavjud mahsulot, bu parranda go‘shti. Parranda 1 kg vazn olishi uchun 1,7 kg, qoramolga esa 8 kg ozuqa-yem talab etiladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bugungi kunda ushbu sohada 1100 ta korxonalarning quvvati 50 foizga ham ishlatilmayapti. Vaholanki, bu borada imkoniyatlar yetarli, deya qayd etdi prezident.
Birgina misol, Jamboy Naslli Parranda korxonasida ozuqa-yem ishlab chiqarish, inkubatsion sex, parranda kushxonasini tashkil etib, tuxum tannarxining 25 foiz arzon bo‘lishiga erishgan. Shuningdek, korxona kooperatsiya usulida 40 ta xonadonning har biriga 5 mingtadan jo‘ja va ozuqa tarqatib, veterinariya xizmatini hamda mahsulotni sotib olishni yo‘lga qo‘ygan.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, endi parranda sanoatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi mexanizmlar joriy etiladi. 1 iyuldan berilishi kerak bo‘lgan subsidiya miqdori tuxum uchun 3 baravar — har bir sotilgan tuxumga 150 so‘mga (50 so‘m edi), parranda go‘shti uchun esa 2 baravar — har bir kgga 1,5 ming so‘mga (800 so‘m edi) oshirilib, to‘lovlar 1 iyundan boshlanadi.
Omuxta yem va parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga aylanma mablag‘ni to‘ldirish va parrandachilik loyihalari uchun kreditlarning Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori qismi qoplab beriladi.
Bundan tashqari, parrandalarni so‘yishga mo‘ljallangan zamonaviy kompleks loyihalari bo‘yicha xarajatlarning bir qismi kompensatsiya qilinadi.
Parrandachilik korxonalari uchun foyda, mol-mulk, yer va suv soliqlari stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
«Mikrokreditbank» boshqaruv raisi Orif Bo‘tayevga parrandachilik loyihalarini amalga oshirishga mas’ul bo‘ladi. Buning uchun davlat tomonidan 50 mln dollar resurs ajratiladi. Ishlar natijasiga qarab, yana 50 mln dollar beriladi.
Ikki oyda quvvati kamida 20 ming tonnalik parranda go‘shti ishlab chiqarish loyihalarini boshlash bo‘yicha topshiriq berildi.
Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida Vengriya bilan parranda naslchiligi va ozuqasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni boshlash rejalashtirilmoqda.
Surxondaryoda boshlangan tajriba asosida, aholi xonadonlarida parranda (tovuq, kurka, o‘rdak, g‘oz) yetishtirishga tuman sektor rahbarlari shaxsan mas’ul bo‘ladi.
Bunda, tuman hokimlari ikki oy muddatda DXSH asosida har bir sektorda kamida 1 tadan mini-inkubator, mahsulotlarni saqlash uchun muzlatkichlar tashkil etsin.
Prezident Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini qayta tashkil etishni topshirdi. Institutga naslli parrandani olib kelish, zarur jihozlar va uskunalar bilan ta’minlash uchun 10 mlrd so‘m ajratiladi.

Qiymat yoki narx haqidagi savollar avvalgi iqtisodchilar tomonidan ko‘p e’tiborga olingan. Lekin bir qator savollar borki, ularni aniqlashtirish lazim. 1. Tovar narxini nima belgilaydi? 2. Nima narxlarning umumiy darajasini belgilaydi? 3. Farovonlikning eng yaxsh o‘lchami qanday? Birinchi va uchinchi savollar zamonaviy mikroiqtisodiyot qismidir; 2-si esa makro-mikro dixotomiyani ifodalasada aslida umumiy holatda makroiqtisodiyot o‘z ichiga oladi, Smit bu borada tegishli narxlarning mehnat nazariyasini ishlab chqdi, ibtidoiy jamiyatdagi mehnat haqi va iqtisodiyotdagi mahsulot narxi, o‘lchov o‘zgaruvchanligi,narxning umumiy bosqichlarini izohlovchi nazariyalarni o‘rganib, tekshirib, so‘ng tegishli xulosalarni


yozib qoladi.
Smitning to‘g‘ri fikrlari borasida iqtisodiy g‘oyalar tarixchilarining bahs olib borayotgani hayratlanarli emas. Bir guruh yozuvchilar Smitning nominal
narxlar(mehnat narxi, mehnat taqsimoti va mahsulot narxi) nazariyasini va
narxlarning umumiy darajasini tushuntirish nazariyasini yoqlaydi.Boshqa bir guruh esa uning nominal narxlar mahsulot tannarxi nazariyasi,qo‘shimcha ish soatlari o‘zgarishlarni hisoblash nazariyasi va narxlarning umumiy darajasi nazariyasiga asoslanishiga ishonadi.Ikkinchi guruh Smitning nominal narxlar ishchi nazariyasi borligini rad etadi. Biz Smitning bu barcha nazariyalarni tajriba qilib ko‘rganiga ishonamiz: ibtidoiy jamiyat uchun ishchi narxi va mehnat taqsimoti hamda rivojlangan iqtisod uchun mahsulot narxidan iborat nominal narxlar nazariyasi; qo‘shimcha ish soatlari o‘zgarishlarini hisoblash ko‘rsatkichi formulasi; va narxlar umumiy darajasini o‘rganish nazariyasi. Biz avvalo uning nominal narxlar nazariaysi esga olamiz.

Download 53,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish