Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr roʼyxаti



Download 0,73 Mb.
bet3/11
Sana05.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#318048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi 1

Joriy operatsiyalar balansida taqchillik bo’lmagan sharoitda esa mamlakat xorijiy valyutalarni sarf qilishga nisbatan ko’proq olib keladi.

Mamlakatning joriy operatsiyalar bo’yicha balansi ijobiy qoldiqqa ega bo’lsa, unda mamlakatda chet elda ko’chmas mulkni sotib olish yoki boshqa mamlakatlarga qarzga berishga yo’naltirilishi mumkin bo’lgan ortiqcha xorijiy valyuta yuzaga keladi.

Investitsiyalash va kreditlash bilan bog’liq operatsiyalar to’lov balansining keyingi bo’limida, ya’ni, kapitallar harakati hisobida aks ettiriladi.

Mamlakatda ma’lum bir vaqtda moddiy va moliyaviy aktivlarini sotib olish va sotish bilan bog’liq operatsiyalariga kapital harakati hisobi deyiladi. Kapital harakati hisobi balansida korxonalar, er, uy-joylar, qimmatnarx qog’ozlar, aktsiyalar, xazina majburiyatlari va boshqa aktivlarni olish-sotish bilan bog’liq kapitallar oqimi aks ettiriladi. Bu aktivlar sotilsa yoki eksport qilinsa, xorijiy valyuta mamlakatga kiritiladi, ya’ni valyuta tushumi ko’payadi (+150). Biroq kapitalni olib kelish bilan bir vaqtda uni olib chiqish bilan bog’liq operatsiyalar ham amalga oshiriladi. Bunda mamlakatning tadbirkorlari xorijdan aktsiyalar sotib oladi, xorijliklarga kreditlar beradi va shu asosda ular xorijiy valyuta zaxiralarini sarflaydi. Bu operatsiyalar debet ko’rinishida aks ettiriladi (-87). Kapital harakati balansining qoldig’i – bu, uni olib kelish va olib chiqish o’rtasidagi farqdir (+63).

Kapital xarajatlari hisobida aktivlar bo’yicha barcha xalqaro operatsiyalar ko’rsatiladi.

Kapital xarakati balansi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha tushumlar – Xorijiy aktivlarni sotib olishga kilingan xarajatlar.

Xorijga aktivlarni sotish valyuta zaxirasini ko’paytirsa, sotib olish esa uni kamaytiradi. Shuning uchun kapital harakati balansi barcha operatsiyalardan keladigan sof valyuta tushumlarini ko’rsatadi. Kapital harakati hisobining ijobiy qoldig’i mamlakatda kapital ko’payishini bildirsa, uning salbiy qoldig’i mamlakatda kapital kamayishini bildiradi.

Avval aytib o’tilganidek, joriy operatsiyalar bo’yicha balans va kapital harakati balansi o’zaro chambarchas bog’liq. Bizning misolda birinchisining taqchilligi (-87) katta qismi (+63) kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi va aksincha, agar to’lov balansi joriy operatsiyalar bo’yicha musbat qoldiqqa ega bo’lsa, kapital harakati hisobi balans bo’yicha manfiy qoldiqqa yo’l qo’yilgan bo’ladi.

Shunday qilib, balansning bu ikki bo’limi bir-biri bilan tenglashib boradi.

To’lov balansi qoldig’i= Joriy operatsiyalar + Kapital harakati balansi

Biroq, amalda to’lov balansining bu qismida ham ko’pincha kamomad yoki ortiqchalik yuzaga keladi. Barcha mamlakatlarning Markaziy banklari rasmiy zaxiralar deb ataluvchi xorijiy valyuta zaxiralariga ega bo’lib, bu zaxiralar joriy operatsiyalar bo’yicha balans va kapital harakati bo’yicha balans nomutanosibligini bartaraf etishda qo’llaniladi. Bizning misolda bu nomutanosiblik yoki qoldiq (-24)ni tashkil etadi va rasmiy zaxiralardan tushumlar hisobiga tartibga solinadi.

Rasmiy zaxiralarning qisqarishi (+) kamomad miqdorini ifodalaydi, rasmiy zaxiralarning o’sishi (-) esa to’lov balansining musbat qoldig’i miqdorini ko’rsatadi. Natijada uning barcha uch bo’limi summasi «0»ni tashkil etishi lozim. Bu esa xorijiy valyuta taklifini va unga mamlakatda bo’lgan talab tengligini bildiradi.

Joriy operatsiyalar hisobi bilan kapital harakati hisobining o’zaro aloqalarini umumlashtirsak, uning makroiqtisodiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:

Y=C+I+G+Xn;

Y-C-G = C+I+G+Xn-(C+G);

Sn = I+Xn, bu erda: Sn – milliy jamg’arish



  1. S)+Xn=0 (Markaziy bank aralashmagan sharoitda egiluvchan valyuta kursi rejimida)


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish