Moliyaviy tahlilni zamonaviylashtirish muammosi ham bugun olimlar oldidagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Axborotlarga shunchaki ega bo‘lish yoki axborotlarni shunchaki o‘qish bilan bugun muhim natijalarga erishib bo‘lmaydi. Ularni tahlil etishning shunday bir tizimini shakllantirish lozimki bu ularning boshqaruvdagi samarasini, faoliyatdagi natijasini ta’minlashga xizmat qilsin. Axborotlarni bugungi shaklini va oqimini oddiy hisob-kitoblar asosida qayta ishlash mumkin emas. Bunga vaqt omili ham, resurs omili ham, subyekt omili ham yo‘l bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |