Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan boshqa axborot manbalariga quyidagilar kiradi: - Reja va prognoz ma’lumotlari; - Boshqaruv hisobi va hisoboti ma’lumotlari. Ta’sis hujjatlariga korxona faoliyatining tartibi va shartlarini belgilab beruvchi Nizomi kiradi. Nizomda korxonaning tashkiliy huquqiy shakli, uning nomi, joylashgan o‘rni, ustav kapitali miqdori, tarkibi, uning boshqaruv va nazorat organlarini shakllantirish tartiblari, foydani taqsimlash, fondlarni shakllantirish tartiblari, korxonani qayta tashkil etish va tugatish tartiblari belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |