Foydalaniladigan adabiyotlar


§ 3.3. Dasturchi operator ish o‘rnini rasional yoritish va



Download 24,22 Kb.
bet2/2
Sana08.07.2022
Hajmi24,22 Kb.
#756178
1   2
Bog'liq
Aniq vazifa


§ 3.3. Dasturchi operator ish o‘rnini rasional yoritish va
ish joylarini tashkil etish

Komp'yuterlarni xonada to‘g‘ri joylashtirish va to‘g‘ri loyihalash, o‘rnatilgan yoritgichlar foydalanuvchi ko‘rishini saqlaydi, asab tizimiga qo‘shimcha og‘irlik bermaydi, operator normal faoliyatini ta'minlaydi, ish faoliyatidagi xatolarni keskin kamaytiradi.


Komp'yuterlarni alohida honalarga 5-6 displeydan ortiq bo‘lmagan xolda joylashtirish tavsiya etiladi, bu eng avvalo mikroiqlimni yo‘l qo‘yilgan qiymatlari parametrlarini ta'minlashga imkon beradi (sanitar normalarga muvofiq bitta foydalanuvchi uchun - 6 m2 maydon, hajmi - 20 m3 dan, maktab va maktabgacha muassasalar uchun - 24 m3 dan kam bo‘lmasligi kerak). Gigiena nuqtai-nazaridan komp'yuterni shunday joylashtirish kerakki, ekrandan ko‘zni ko‘targanda, xonadagi eng uzoqda joylashgan narsa ham ko‘rinsin. Operatorning ish joyini kirish eshigiga yuzi qaragan xolda joylashtirish eng samarali hisoblanadi. Eng uzoq masofaga nigohni o‘tkazish imkoni - komp'yuterda ishlagandagi ko‘rish tizimining og‘irligini kamaytirishning eng samarali usuli hisoblanadi. Ish joyini xonaning burchaklariga yoki devorga qaratib (komp'yuterdan devorgacha bo‘lgan masofa 1 metrdan kam bo‘lmasligi kerak), derazadan tushgan yorug‘lik ko‘z uchun ortiqcha yuk bo‘lganligi uchun, derazaga qarab joylashtirmaslikka intilish darkor.
Shuni eslatib o‘tish kerakki, agar bir xonada bir necha komp'yuterlar joylashgan bo‘lsa, elektrmagnit nurlarning ta'sirini kamaytirish uchun bir monitor ekranidan ikkinchisining orqa devorigacha bo‘lgan masofa 2 metrdan kam bo‘lmasligi, yon devorlari orasidagi masofa esa 1.2 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Sanitar qoidalarga muvofiq shaxsiy komp'yuterlar joylashgan xonada aralash yoritilganlik, ya'ni tabiiy (quyosh nuri hisobiga) va sun'iy bo‘lishi kerak . Shuning uchun ish joylarini binoning yerto‘la qismida, barcha o‘quv yurtlarida hamda maktabgacha muassasalarda esa sokol qavatlarida ham tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tabiiy yoritilganlik iloji boricha shimolga va shimoli-sharqqa yo‘naltirilgan bo‘lib, tabiiy yoritilganlik koeffisienti (TYoK) turg‘un qor bilan qoplangan zonalarda -1,2 % dan, boshqa territoriyalarda esa 1,5 % kam bo‘lmasligi kerak. Shimolga yo‘naltirishning imkoni bo‘lmasa, intensiv quyosh nuri janubiy va g‘arbiy derazalardan yaltirashlar yuzaga kel-tirmasligi va ishlashga xalaqit qilmasligiga qarata chora-tadbirlar ko‘rilishi kerak. Buning uchun derazalarni pardalar, jalyuzi, tashqi to‘sqichlar bilar ta'minlash kerak, undan tashqari ish joyi derazaga nisbatan yonlamasiga joylashgan bo‘lib, tabiiy yorug‘lik chap tarafdan tushishi maqsadga muvofiqdir. Komp'yuterlar shunday joylashishi kerakki, yoniq ekran boshqa operatorninng ko‘rish maydoniga tushmasligi, ekranlarda tabiiy va sun'iy yoritilganlikning aksidan yaltirashlar bo‘lmasligi kerak.
Agar ushbu tavsiyalar yordamida honadagi monitor ekranining yaltirashini yo‘qotmasa, ko‘rish sharoitini yaxshilash maqsadida quyidagi talablarni bajarishni maslaxat beriladi:
- ekranning egilganligini shunday o‘zgartirish kerakki, lyuminessent lampalaridan tarqalayotgan nurlarga perpendikulyar bo‘lsin;
- iloji bo‘lsa, honadagi ekranda aks berayotgan predmetlarni surish kerak;
- pardalar kerakli effektni bermasa, yorug‘lik lampalarini o‘chirish kerak.
Sanitar qoidalar sun'iy yoritilganlik umumiy bir tekisdagi tizim orqali amalga oshishini belgilaydi. Ishlab chiqarishda, boshqaruv-jamoat binolarida, aksari hujjatlar bilan ishlanadigan honalarda, kombinasiya qilingan yoritilganlikdan (umumiy yoritilganlikka qo‘shimcha ish joyini yorituvchi mahalliy yoritgichlar) foydalanish mumkin.
Sun'iy yorug‘lik manbai sifatida LB turidagi lyuminessent lampalar qo‘llaniladi, maxalliy yoritgichlar sifatida nakal lampalaridan foydalanishga ruxsat beriladi. Stol yuzasida ish zonasidagi yoritilganlik sanitar me'yorlarga asosan 300-500 lk bo‘lishi kerak. Bu me'yor ko‘rish ishlarining xarakteriga asosan aniqlanib, o‘z navbatida, quyidagi uchta parametrlarga bog‘liq:
- farqlanish ob'ektiga, ya'ni, ko‘rilayotgan predmetning eng kichik o‘lchamiga (bu yerda belgi chizig‘ining qalinligi, zamonaviy monitorlarda 0,25-0,3 mm);
- fonga, ya'ni, farqlanish ob'ekti ko‘riladigan bevosita yondashgan yuzaga, fon nur qaytarish koeffisienti bilan xarakterlanib, yuzaning rangi va fakturasiga bog‘liq bo‘ladi, uning qiymati 0,02- 0,95 chegarada bo‘ladi, nur qaytarish koeffisienti 0,4 dan katta bo‘lsa, fon yorug‘, 0,2-0,4 - o‘rtacha, 0,2 -qora hisoblanadi;
- ob'ektning fon bilan kontrastligi K ko‘rilayotgan ob'ektning (belgi, nuqta, chiziqlar, boshqa elementlar) yorqinligining fonga nisbati bilan xarakterlanadi.
Ob'ekt va fonning kontrasti K>0,5 qiymatda katta hisoblanadi (ob'ekt va fon yorug‘ligi bilan keskin farqlanadi, misol uchun, oq qog‘ozdagi bosma belgilar), K= 0,2-0,5 qiymatlarda o‘rtacha hisoblanadi (ob'ekt va fon yorqinlikda sezilarli farqlanadi) va K<0,2 qiymatlarda kichik hisoblanadi (ob'ekt va fon yorqinlikda deyarli farqlanmaydi).
Ko‘rish ishlarida sharoitni baholash uchun yaltiraganlik tushunchasi kiritiladi. Yaltiraganlik – ko‘rish funksiyalarini buzilishiga (ko‘r bo‘lishiga) olib keluvchi yaltiragan yuzalarning kuchaygan yorug‘ligi bo‘lib, ob'ektni ko‘rishni yomonlashtiradi, yaltiraganlikning birligi - kd/m2. Shuni eslatib o‘tamizki, 30 ming kd/m2 ga teng yorug‘lik ko‘zni ko‘r qiladi (vaqt bo‘yicha 60 Vt lampa bilan yoritilgan oq varaq qog‘ozning yoritilganligi 40 kd/m2). Yaltirnganlik UDA dan tashqari asabiylashuvni yuzaga keltiradi, ko‘zning sezgirligini va ish qobiliyatini pasaytiradi. Shuning uchun, sanitar qoidalar yorug‘lik manbaidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri paydo bo‘ladigan yaltiraganlikni chegaralaydi, deraza, yoritgichlar kabi yuzalardan tushgan yorug‘lik ko‘rish maydonida 200 kd/m2 dan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Ish yuzasida (ekran, stol, klaviatura) nur qaytishidan hosil bo‘ladigan yaltiraganlikni ham chegaralash kerak, bu yoritgichlarni to‘g‘ri tanlab, ish o‘rinlarini tabiiy va sun'iy yoritgichlarga nisbatan to‘g‘ri joylashtirish hisobiga amalga oshadi, bunda yaltirashlarning yorug‘ligi displey ekranida 40 kd/m2, shipda esa 200 kd/m2 oshmasligi kerak.
Ish sharoitini yaxshilash uchun ish yuzasidagi va atrofdagi yorug‘lik bir tekisda tarqalgan bo‘lishi kerak, agar ko‘rish chegarasida yorug‘lik bir tekisda tarqalmasa, yaxshi yoritilgan yuzadan kuchsiz yoritilgan yuzaga nigoxni o‘tkazilganda, ko‘z moslashishga majbur bo‘ladi, natijada ko‘zning toliqishiga olib keladi. Yorug‘likni bir tekisda tarqalishi umumiy yoritilganlikning yorug‘ligi hamda devor, ship va qurilmalarning qanday rangga bo‘yalgani hisobiga erishiladi.
Mutaxassislar devorlar, mebellar och sut rangda, shipdan nur qaytarish koeffisienti 0,7-0,8, devordan va poldan 0,6 va 0,3 bo‘lishini tavsiya etadilar. Bunga shipni oq rangga, devorlarni och sariq va qizg‘ish rangga bo‘yash natijasida erishish mumkin.
Sanitar qoidalar yorug‘likni ko‘rish maydonida bir tekisda tarqalmasligini quyidagicha chegaralaydi: yorug‘likning ishchi yuzalar orasidagi nisbati 3:1-5:1 dan oshmasligi, ishchi yuza bilan devor va qurilmalar orasidagi nisbat 10:1 dan oshmasligi kerak. Umumiy yoritish uchun lyuminessent lampalar ishlatilishi natijasida, ulardagi yorug‘lik oqimi kuchlanishning o‘zgarishiga qattiq bog‘liq bo‘lganligi sababli yoritilganlikni tebrashishi yuzaga keladi, bu o‘z yo‘lida ko‘zni har safar adaptasiya qilishiga (moslashishiga) va toliqishiga olib keladi. Shuning uchun, mahalliy va umumiy yoritgichlar sifatida yuqori chastotali, yonishini nazorat qila oluvchi uskunali gazorazryadli lampalar ishlatilishi kerak. Vaqt bo‘yicha yoritilganlikni o‘zgarmasligi kriteriysi bo‘lib pul'sasiya koeffisienti Al (%) hisoblanadi, sanitar me'yorlarga qaraganda u 5 % dan oshmasligi kerak.
Pul'sasiya koeffisienti quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Kp = 100*(Emaks – Emin)/2*Eo‘r

bu yerda Emaks , Emin , Eo‘r - yorug‘likning tebranish davridagi maksimal, minimal va o‘rtacha qiymatlaridir.
Vaqt bo‘yicha yoritilganlikning doimiyligi foydalaniladigan kuchlanishning barqarorligi, gazorazryad lampalarni yoqishning maxsus sxemalarini qo‘llash bilan erishiladi. Sanitar qoidalarga muvofiq, yuqori chastotali, yonishini nazorat qila oluvchi uskunali gazorazryadli lampalar yuqori chastotali, yonishini nazorat qila oluvchi uskunali gazorazryadli lampalar ishlatish imkoni bo‘lmasa, ko‘p lampali umumiy foydalanish yoritgichlarini uch fazali tok tarmog‘ining turli fazalariga ulash kerak. Bunday ulanganda pul'sasiya koeffisienti talab qilingan 5 % qiymatga ega bo‘ladi, ko‘rish toliqishining pasayishiga, ish qobiliyatini oshishiga olib keladi.
Nur tarqatuvchisiz va ekranlovchi panjarasiz yoritgichlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Umumiy va mahalliy yoritgichlardagi yoritilganlikning muhofaza burchagi 40 gradusdan kam bo‘lmasligi kerak, bunda mahalliy yoritgichlarda nur o‘tkazmaydigan qaytargichlar bo‘lishi kerak.

§ 3.4. Dasturchi operatorning ish faoliyatidagi me'yorlar



Komp'yuterlar bilan muloqot tashqaridan qaraganda oddiy ko‘rinishi, bir tarafdan foydalanuvchilarning sub'ektiv sezgilari bilan, ikkinchi tarafdan u yoki bu ishlab chiqarish faktorlarining turli xil reaksiyalarini izlash bilan tasdiqlanayapti.
Komp'yuterlarda ishlash birinchi navbatda ekrandagi tasvirni qo‘lyozma yoki bosma materiallar matnini ajratish, mashina yozuvi, grafika ishlari va boshqa operatsiyalarni birgalikda o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘zni toliqishiga olib kelishi yaltirash, lipillash va boshqa shu kabi ekran ko‘rish parametrlarining hamda xona muhitining o‘zgarishlari bilan kuchayadi.
Bu ish diqqatni yuqori konsentratsiyasi, ko‘rish noqulayliklari, berilgan vazifaning sifatiga javobgarlik kabi zo‘riqishning psixo-emosional darajasini yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Katta hajmdagi axborotni qayta ishlash, murakkab masalalarni yechish ko‘pincha vaqt tig‘izligi bilan bog‘liq bo‘lib, aqliy va asabiy zo‘riqishning kuchayishini talab qiladi. Bundan tashqari, qimirlamay bir xil o‘tirish turli guruh muskullarini zo‘riqishiga, klaviaturadagi bir xil harakatlar esa qo‘lning butin va muskullarida shamollash jarayonini rivojlanishiga olib keladi.
Keltirilgan faktorlar shuni ko‘rsatadiki, shaxsiy komp'yuterda doimiy ishlash toliqishga olib keladi, u rivojlanish darajasi bo‘yicha boshqa faoliyatlar ichida ikkinchi o‘rinni egallaydi (birinchisi - avtobus xaydash).
Bolalarni va o‘smirlarni gigienasi soxasidagi yaqindagi tekshiruvlar ko‘pgina o‘quvchilarning informatika darsidan so‘ng ishlash qobiliyati ikki marta, uchdan bir qismida esa ko‘zning o‘kirligi pasaygan.
Komp'yuter bilan bir xaftada kamida bir kun ishlovchi 1025 kishini so‘rovidan shu ma'lum bo‘ldiki, 74 % - ko‘zini charchaganini, 31 % - ko‘zini o‘tkirligi pasayganini, 39 % - asabi taranglashganini, 16 % - umuman sog‘ligi yomonlashganini qayd etdilar.
Bir necha davlatlar, misol uchun, GFR operator kasbini xavfli kasblar qatoriga kiritgan. Videoterminallar bilan ishlash xususiyatlari:
- ko‘rish organlariga yuqori talabchanlik;
- asabiy zo‘riqishlar;
- ish xarakterining bir zayildaligi;
- badanning ish xolatini majburiyligi;
- zararli ishlab chiqarish faktorlari, birinchi navbatda, monitor elektron-nurli trubkasining elektromagnit nurlanishi turli xil kasalliklarni shakllanishiga yordam berdi.
Misol tariqasida, Kentukki universitetining (AQSh) “Tibbiyot profilaktikasi va atrof-muhitni sog‘lomlashtirish” kafedrasi tomonidan 1000 operatorni anketalashtirish natijalarini keltirish mumkin: komp'yuter operatorlari komp'yuterdan foydalanmaydigan operatorlarga nisbatan, ko‘pincha, ko‘rishni zaiflashishidan, bosh og‘rig‘idan, ko‘rak muskullarining og‘rishidan qiynaladilar. Ularda ish jarayonida toliqish va asabiy zo‘riqish sezilib, tungi uyqudan so‘ng ham yetarlicha charchog‘i bosilmaydi.
Gigiena va mehnat Muhofazasi ilmiy-tekshirish instituti (Osaka sh., Yaponiya) mutaxassislari 3148 dan 1700 tasi komp'yuter bilan kuniga 4 soat ishlaydigan operatorlarni tekshiruvdan o‘tkazdi. Deyarli barchasi ko‘zini toliqishidan shikoyat qilgan.
Shveysariya kredit banki tomonidan 800 operatorlarni anketalashtirishi ko‘rishni buzilganligini, bosh og‘rig‘i, yelka muskullaridagi og‘rig‘i, bir xildagi ish xarakteridan toliqish yuzaga kelishini ko‘rsatdi.
Operatorlarning ko‘rsatgan shikoyatlarini jamlaganda, monitor ekrani oldida ish paytining yarmidan ortig‘ida bo‘luvchilarda yetakchi o‘rinni, 62 dan 94 %, ko‘rishni zaiflashuvi egallaydi. Bu, birinchi navbatda, ko‘zning charchashi (45 %), ko‘zda qum borligi (31 %), qichishi, ko‘zning iflos-lashuvidir (24 %). Buning ustiga og‘riqlar ish vaqtining tugashiga yaqin seziladi(46 %). Butun ish mobaynida komp'yuter bilan band xodimlarda komp'yuterda 4-5 soat ishlaydiganlardan ko‘rishni buzulishi 1,7 marta ortiq ekan.
Ko‘rishni buzulishiga birinchi shikoyatlar 1,5-2 soat uzluksiz ishlagandan so‘ng paydo bo‘ladi. 2-2,5 soatdan so‘ng uning o‘sishi kuzatiladi. Shu davr mobaynida bosh, kurak og‘rishiga shikoyatlar orta boradi, lekin ko‘rishni buzulishidan shikoyatlar ustunligicha qolaveradi.
Foydalanuvchilarga komp'yuterning ta'siri haqidagi izlanish natijalari
(simptomlar to‘g‘risida xabar bergan operatorlar foizi)

Компьютер таъсири симптонлари

Тўлиқсиз смена. Дисплейлар билан

Тўлиқ смена. Дисплейлар билан

Дисплейлар билан
12 ойдан

Дисплейлар билан
2 йилдан ортиқ

Бош оғриғи ва кўздаги оҳриқлар

8%

35%

51%

76%

Толиқиш ва бош айланиши

5%



32%

41%

69%

Тунги уйқуни бузилиши

-



8%

15%

50%

Кун мобайнида уйқусираш

11%



22%

48%

76%

Кайфиятни ўзгариши

8%



24%

27%

50%

Ортиқча асабийлашув

3%



11%

22%

51%

Депрессия

3%

16%

22%

50%

Интеллектуал қобилиятни пасайиши, хотирани пасайиши

-



3%

12%

40%

Пешона ва бош терисини таранглашуви

3%



5%

13%

19%

Соч тўкилиши

-

-

3%

5%

Мускуллардаги
Оғриқ

11%



14%

21%

32%

Юрак атрофида
оғриқлар, юрак уришининг бир хил эмаслиги, нафас
сиқилиши

-



5%

7%

32%

Жинсий фаолликни
Сусайиши

12%



18%

34%

64%

Yuqoridagi jadval G.G.Demirchoglyanning "Komp'yuter va salo-matlik" kitobida berilgan foydalanuvchilarga komp'yuterlarning ta'siri haqidagi ma'lumotlar asosida keltirilgan.
Ko‘rish toliqishining muhim faktorlaridan biri – bu komp'yuter joylashgan xona va ish joyining yoritilganligidir. Komp'yuter bilan ishlaganda yorug‘lik muhiti xarakteristikalari ko‘pincha umumiy kamchiliklarga egadir: ko‘rish chegarasida ko‘plab to‘g‘ri va qaytar yorqinliklar (ekrandan va klaviaturadan, deraza va yoritgichlardan) bo‘lishi, ravshanlikning bir tekisda taqsimlanmaganligi, yoritil-ganlik darajasining pastligi va h.k. Ular asosan uskunalarni xonadagi yorug‘lik manbaiga nisbatan savodsizlarcha joylashtiril-ganligi va ko‘rish organlarining operator ish joylaridagi toliqtiruvchi faktorlarga nisbatan elementar himoyasi yo‘qligiga bog‘liqdir. "Astenopiya" terminiga mutaxassislar ko‘rish simp-tomlarini (ko‘z oldini xiralashuvi, predmetlarni shakl ko‘rinishini noaniqligi, ular rangini o‘zgarishi va boshqalar) va ko‘z simptomlarini (ko‘z charchaganini xis etish, ulardagi haroratining oshganligi, noqulayligi, ko‘zda og‘riqlar paydo bo‘lishi va boshqalar) aks etishini kiritadilar. Bu tushunchaning orqasida ko‘rish analizatorining barcha bo‘g‘inlaridagi funksiyalarning, ya'ni, ko‘zning muskul apparati (akkomodasiyaga va konvergensiyaga javob beruvchi) zo‘riqishi bilan birgalikda ko‘z to‘r pardasi elementlarida ko‘rish organining optimal ishlashini ta'minlovchi (yorug‘likni sezuvchanlik, rangni ajratish kabi) biokimyoviy reaksiyalarning buzilish alomatlari turadi.
Xulosa o‘rnida Temir yo‘l transporti korxonalarida tabiiy va sun'iy yoritilganlikni ta'minlash dasturchilar ish unumdorligini ham oshishiga, ham pasayishiga sabab bo‘ladi. Agar biz dasturchi ish o‘rnida juda yuqori tabiiy yoki sun'iy yorug‘lik bilan ta'minlasak ham dasturchi uchun ish holatini va foydali ish koeffisientini pasaytirishimiz mumkin. Juda kam miqdorda yorug‘lik berilishi ham yillar davomida ko‘z ko‘rish qobiliyatini pasayishiga (blizorukost) olib kelishi mumkin. Komp'yuterlarda himoya ekranini qo‘yilmasligi operatorlarga ionlovchi nurlar ta'sirini kuchayishiga sabab bo‘ladi. Bunda xomilador ayollarga ta'siri ko‘proq bo‘ladi. Shuning uchun komp'yuterlarda ishlaganda vaqti-vaqti bilan uni o‘chirib, ma'lum vaqt dam olib turish lozim. Dasturchi ish kuni davomida kamida 2 marotaba jismoniy harakat qilib turishi tavsiya etiladi, ya'ni, qo‘llar, oyoqlar, bo‘yin, belni aylanma ravishda harakatga keltirib turish talab qilinadi. Ko‘zlarga dam berish, xona havosini yangilab
Download 24,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish