YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR
Foyda solig'i
Soliq to'lovchilar
1) O'zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari boʼlgan yuridik shaxslar ;
2) O'zbekiston Respublikasining norezidentlari boʼlgan yuridik shaxslar, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari;
3) O'zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi Oʼzbekiston Respublikasi norezidentlari boʼlgan yuridik shaxslar
(Soliq kodeksining 294-moddasi)
Soliq solish obyektlari
1) Yuridik shaxs uchun – jami daromad va xarajatlar oʼrtasidagi farq;
2) Faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun doimiy muassasaning faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan jami daromad (shu jumladan bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan, O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar)
va xarajatlar oʼrtasidagi farq;
(Soliq kodeksining 295-moddasi)
Soliq solish bazasi
Daromad bilan chegirib tashlanadigan xarajatlar oʼrtasidagi farq sifatida .
(Soliq kodeksining 296-moddasi)
Soliq imtiyozlari
Quyidagilarning mulkida boʼlgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi:
1) «O'zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʼlgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning.
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar.
3) sobiq SSSRni, Oʼzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʼida yaralanganligi, kontuziya boʼlganligi yoki mayib boʼlganligi oqibatida yoxud frontda boʼlish bilan bogʼliq kasallik tufayli halok boʼlgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari).
4) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʼliq uzib qoʼyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʼrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga.
Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida boʼlgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:
1) o'n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining.
2) pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;
3) I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |