Fotosintezning qorong‘ilik bosqichi



Download 169 Kb.
bet2/6
Sana13.06.2022
Hajmi169 Kb.
#660950
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
qorongullik

FOTOSINTEZNING S4 yо‘li. Dastlab Qozon dorilfununining olimlari Y.S.Karpov (1960), I.A.Tarchevskiy (1963) ayrim о‘simliklar va birlamchi organik moddalar uch uglerodli bо‘lmay, balki tо‘rt uglerodli ekanligini aniqladilar. Avstraliyalik olimlar M.D-Xetch va K.R.Slek (1966-1969) buni tajribalar asosida tasdiqladilar. Shuning uchun ham fotosintezning bu yо‘li Xetch va Slek sikli deyiladi. Fotosinchezning S4 yо‘li asosan bir pallali о‘simliklarda (makkajо‘xori, oq jо‘xori, shakarqamish, tariq va boshqalar) sodir bо‘ladi. Bu о‘simliklarda fotosintezning dastlabki mahsuloti sifatida oksaloatsetat va malat hosil bо‘ladi. Chunki nishonlangan S14 dastlab bu kislotalarning tо‘rtinchi uglerodida tо‘planadi va faqat keyinchalik fosfoglitserin kislotasining birinchi uglerodida paydo bо‘ladi.
M.Xetch, K.Slek va boshqa olimlarning kо‘rsatishicha, bu siklda S02ning akseptorlik vazifasini fosfoyenolpiruvat kislotasi bajaradi:
Kо‘pchilik bir pallali va ayrim ikki pallali о‘simliklar bargidagi nay va tola boylamlari atrofida bir qator xloroplastlarga ega hujayralar bо‘lib (ular obkladka hujayralari deb yuritiladi), ularda fotosintez S3 yо‘li bilan (Kalvin sikli) sodir bо‘ladi. Bargning mezofill qatlamini hosil qilgan hujayralarida esa fotosintez S4 yо‘li bilan (Xetch va Slek sikli) sodir bо‘ladi.
Bu о‘simliklarning obkladka hujayralarida joylashgan xloroplastlar yirikroq bо‘ladi va ular lamellyar tuzilishga ega bо‘lib, granalari bо‘lmaydi. Mezofill hujayralardagi xloroplastlar asosan granulyar tuzilish xususiyatiga ega. Makkajо‘xori bargidagi umumiy xloroplastlarning 80 foizi mezofill hujayralariga va qolgan 20 foizi obkladka hujayralariga tо‘g‘ri keladi.
Mezofill xujayralaridagi xloroplastlarda Xetch va Slek sikli bilan hosil bо‘lgan dastlabki uglevodlar (oksaloatsetat va malat kislotalari) naylarga va obkladka hujayralariga о‘tkaziladi. Obkladka hujayralaridagi xloroplastlarga utgan tо‘rt uglerodli birikmalar yana Kalvin siklida ishtirok etadi va kraxmalga о‘zgaradi. Shuning uchun ham bu xporoplastlarda kraxmalning miqdori kо‘proq bо‘ladi. Obkladka hujayralaridagi xloroplastlarda malatning parchalanishi natijasida hoskl bо‘lgan piruvat kislotasi mezofill xloroplasglariga о‘tkaziladi vafosfoyenolpiruvatga aylanib, yana SO2 ning akseptori vazifasini bajaradi.
Bunday tizim orqali fotosintezi sodir bо‘ladigan о‘simliklar S4 о‘simliklar deyiladi. Bunday о‘simliklarda og‘izchalar yopiq bо‘lsa ham fotosintez jarayoni davom etadi. Chunki obkladka hujayralaridagi xloroplastlar avval hosil bо‘lgan malat (asparat) dan foydalanadi. Bundan tashqari yorug‘lik ta’sirida nafas olish (fotodixaniye) jarayonida ajralib chiqqan SO2 dan xam foydalanadi. Shuning uchun xam S4 о‘simliklari qurg‘oqchilikka, shо‘rlikka nisbatan chidamli bо‘ladilar. Bunday о‘simliklar odatda yorug‘likni sevuvchan bо‘ladilar va sutka davomida qancha ueaytirilgan kun bilan ta’sir etgirilsa, shuncha organik moddalar kо‘p hosil bо‘ladi.

Download 169 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish