Fotosintez. Yashil o'smliklarning biosfera uchun ahamiyati Reja: Kirish Asosiy qism. II bob fotosintez va uning ahamiyati



Download 0,69 Mb.
bet2/13
Sana20.02.2022
Hajmi0,69 Mb.
#460648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Fotosintez Yashil o\'smliklarning biosfera uchun ahamiyati

II Asosiy qism.
2.1 Fotosintez jarayoni haqida tushuncha.
FOTOSINTEZNI O’RGANISH TARIXI. Fotosintezni o’rganish bo’yicha birinchi tajribani ingliz kimyogari Dj.Pristli 1771 yilda o’tkazdi. U sham yondirilishi yoki sichqomning nafas olishi natijasida havosi "buzilgam" shisha qalpoq ostiga yashil yalpiz shoxchasini kuygan va bir necha kundan keyin unda havo yaxshilanganini aniqlagan. Ya‘ni yalpiz saqlangani qalpoq ostida sham uzoq muddat uchmasdan yongan, sichqon esa yashagan.
1779 yilda gollandiyalik vrach Ya.Ingenxauz juda ko’p marta Pristli tajribasini takrorladi va o’simliklar faqat yorug’likda havoni tozalaydi, qorong’uda esa hayvonlar kabi havoni buzadi, degan xulosaga keldi. Shunday kilib, Pristli va Ingenxauzlar o’simliklarda qarama-qarshi ikki xil jarayon mavjudligini aniqladilar. Lekin o’simliklar uchun buning nima ahamiyati borligini tushunmadilar.
SHveytsariyalik olim J.Senebe 1782 yilda tajribalar natijasida o’simliklar yorug’likda kislorod ajratadi va shu bilan bir vaqtda buzilgan havoni ( ya‘ni CO2ni ) yutadi, degan xulosaga keldi.
1804 yilda shveytsariyalik olim T.Sossyur o’simliklarning yorug’likda CO2 ni yutib o’z tanasida uglerod to’plashini aniqladi. U qabul qilingan karbonat angidrid va ajralib chiqadigan kislorodning nisbati bir-biriga tengligini, organik modda hosil bo’lishi jarayonida karbonat angidrid bilan bir qatorda suv ham ishtirok etishini birinchi marta tajribalar asosida ko’rsatdi.
Frantsuz agrokimyogari J.B.Bussengo 1840 yilda fotosintez sohasida qilinadigan ishlar natijalarini har tomonlama tekshirib ko’rdi va Sossyurning xulosalarini tasdiqladi, ilk bor fotosintezning shakliy tenglamasini tuzdi:
Yorug’likning fotosintez jarayonidagi rolini aniqlash masalasi bilan shuningdek, amerikalik fizik Dj.U.Dreper, keyinchalik Yu.Saks va V.Pfefferlar shug’ullandilar. Ular fotosintez jarayoni yorug’lik spektrining sariq nurlarida eng yaxshi sodir bo’ladi, degan xulosaga keldilar. Lekin 1875 yilda yirik fiziolog olim K.A.Timiryazev bu xulosa xato ekanligini aniqladi.
Tajribalar asosida u eng kuchli fotosintez jarayoni xlorofill molekulasi yutadigan qizil nurlarda sodir bo’lishini ko’rsatdi. K.A.Timiryazevning bu sohada bajargan ishlari "O’simliklarning yorug’likni o’zlashtirishi" (1875) mavzusida yozgan doktorlik dissertatsiyasida va "Quyosh, hayot va xlorofill" (1920) degan kitobida jamlangan.
SHunday qilib, XVIII va XIX asrlarda yashil o’simliklarda sodir bo’ladigan fotosintez jarayoni va uning asosiy tomonlari aniqlandi: karbonat angidridning yutilishi, molekulyar kislorodning ajralishi, yorug’likning zarurligi, xlorofillning ishtiroki va organik moddalarning hosil bo’lishi.
XIX asrda fotosintezni o’rganish yanada jadalroq kechdi. Asosiy tajribalar fotosintetik organ — xloroplastlar, pigmentlar va asosan fotosintez mexanizmini o’rganishga karatildi. Bu sohada M.S.Tsvet, V.N.Lyubimenko, AL.Ivanov, A.A.Rixter, S.P.Kostichev, T.N.Godnev, O.Varburg, M.Kalvin,Ye.I.Rabinovich va boshqalarning xizmatlari katta bo’ldi.
Hozirgi kunlarda A.A.Krasnovskiy, AA.Nichiporovich, Yu.Tarchevskiy, A.L.Kursanov, A.T.Makronosov, Yu.Nosirov singari olimlar mazkur jarayonni o’rganish ustida ish olib bormokdalar.
Yashil o’simliklarning bargi eng muhim organlardan biri bo’lib, unda fotosintez jarayoni sodir bo’ladi. Shuning uchun ham barg asosiy fotosintetik organ deb ataladi. Uning hujayraviy tuzilishi transpiratsiya, nafas olish va asosan fotosintezga moslanib tuzilgan. Barg plastinkasining ustki va ostki tomoni po’st bilan qoplangan. qoplovchi to’qima epidermis bir qator zich joylashgan hujayralardan iborat. Bu hujayralar yupqa po’stli, rangsiz va tiniq bo’lib, yoruqlikni yaxshi o’tkazadi. Po’st hujayralari orasida joylashgan maxsus juft hujayralar og’izchalar vazifasini bajaradi. Ularning turgor holati o’zgarib turishi mumkin ( shunga qarab ular o’rtasidagi teshikcha ochiladi yoki yopiladi). Og’izchalar ko’pchilik o’simliklarda bargning pastki tomonida, ayrimlarida esa ustki tomonida ham bo’lishi mumkin. Fotosintez jarayonida ana shu og’izchalar orqali karbonat angidrid yutilib, molekulyar kislorod ajralib chikadi.
Ustki va pastki po’stlar orasida barg etini (mezofill) hosil qiluvchi hujayralar joylashgan. Aksariyat yer ustida o’suvchi o’simlik barglarida u ikki qavatdan iborat. Ustki po’st ostida joylashgan qavat teshikchalarga o’xshash, cho’zinchoq, bir-biriga zich joylashgan hujayralardan tashkil topgan. Bu hujayralarda xloroplastlar soni ko’p. Ular organik moddalarni sintez qiluvchi asosiy qavat hisoblanadi. Uning ostidagi hujayralar ko’pincha dumaloq shaklda bo’lib, bir-biri bilan bo’shliklar hosil qilib joylashadi. Bo’shliklar og’izchalar bilan tutashgan. Bu esa gazlarning almashinuvi uchun qulay sharoit yaratadi. Undan tashqari bu hujayralarda ham xloroplastlar bor, ya‘ni ular fotosintez jarayonida qatnashadilar.
Barglarda fotosintez to’xtovsiz davom etishi uchun ular suv bilan ta‘min-langan bo’lishlari kerak. Bunda og’izchalar ochiqligi katta ahamiyatga ega.
Osimliklar suv va unda erigan mineral moddalarni (tuzlarni) tuproqdan ildiz tukchalar orqali so’rib olishi oldingi darslardan ma’lum. Suv va unda erigan mineral moddalar ildiz bosimi ostida va barg hujayralarining so’rishi tufayli dastlab naychalariga sizib o’tadi, so’ngra poyaga va nihoyat barg tomirlaridagi naychalar orqali barglarga o’tadi. Barg hujayralaridaga suv bilan bir vaqtda og’izchalar orqali havodan karbonat angidrit kiradi. Barg eti hujayralaridagi xlorofill donachalari ishtirokida va yorug’lik ta’sirida organik moddalar hosil bo’ladi.
Fotosintezning prisipial xemasi quyidagi tenglama shaklida umumlashtirib qabul qilingan.
CO2+H2O+quyosh energiyasi C6H12O6+6O2
Lekin fotosintez ko’p bosqichli murakkab jarayon. Bu jarayonda anorganik uglerodning past energiyali oksidlangan shakli (CO2)dan energiyaga boy qaytarilgan uglerod-uglevod glukoza sintezlanadi. Reaksiya natijasida molekulyar kislorod ham hosil bo’ladi. Bu bizning sayyoramizda kislorodning birdan - bir manbaidir. Fotosintez jarayonida hosil bo’lgan mahsulotlarni fotosintezlamaydigan barcha organizmlar iste’mol qiladilar.
Fotosintez faqat fotosintezlovchi hujayralardagina mavjud bo’lgan ixtisoslashgan o’ziga xos organlar - xloroplastlarda o’tadi. Bu kimyoviy jarayonning ikkita fazasi bor, ular yorug’lik reaksiyalari va qorong’ulik reaksiyalari deb ataladi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish