Fotometrik usulda zaharli metallarni aniqlash



Download 0,76 Mb.
bet6/7
Sana18.06.2021
Hajmi0,76 Mb.
#69666
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BERDIYEV SUNNAT

A = E Cl

Bu yerda S – rangli eritma kontsentratsiyasi, mol/l l – eritmaning nurni yutadigan qatlami qalinligi, sm;

E – nur yutilishining molyar so’ndirish koeffitsenti; A – optik zichlik.

Optik zichlik o’lchovsiz kattalik bo’lib, u eritma qatlamiga tushayotgan nur intensivligiga nisbatining o’nli logarifmiga teng

A = lg (i0/ it)

Nur yutilishining asosiy qonuni quyidagi sharoitlaridagina yetarlicha va qat‘iy amal qilinadi:


  • eritmaga tushayotgan nur qat‘iy monoxromatik;
  • rangli eritma yetarlicha kuchli suyultirilgan;
  • eritmaning aniqlanadigankomponenti to’la barqaror tarkibidagi rangli birikmaga aylantirilgan;
  • eritmaning barcha begona komponentlari kontsentratsiyasi va tabiati hamma hollarda deyarli o’zgarmaydi.

Molyar so’ndirish koeffitsenti eritma qatlamining qalinligi 1 sm va undagi rangli birikmaning kontsentratsiyasi 1 mol/l bo’lgandagi optik zichlikni xarakterlovchi kattalikdir. Bu koeffitsent shu rangli mahsulotning ma‘lum to’lqin uzunlikka ega bo’lgan nurni yutish qobilyatini ko’rsatuvchi asosiy xarakterdir. Uning kattaligi foydalanilayotgan monoxromatik nurning to’lqin uzunligiga bog’liq. Bunday bog’lanishning grafik ko’rinishi ushbu rangli birikmaning yutilish spektri deyiladi. Ye – qancha katta bo’lsa, rangli birikmani qo’llashga asoslangan fotometrik usulning sezgirligi ham shunchalik katta bo’ladi. Eng yuqori aniqlash sezgirligini ta‘minlash uchun foydalaniladigan monoxromatik nurning shunday to’lqin uzunlikka ega bo’lgani tanlanadiki, bunday koeffitsent Ye maksimal bo’lib eritmaning qolgan barcha komponentlari va aniqlanadigan komponentni rangli birikmaga aylantiradigan reaktivning ortiqcha miqdori bunday to’lqin uzunlikka ega bo’lgan nurni yutmasligi kerak. Chegaralanggan miqdorda yorug’lik filtrlari bo’lganda yoki ular o’tkazadigan yorug’lik nurining to’lqin uzunliklari intervali noma‘lum bo’lganda va shu bilan birga aniqlanayotgan rangli eritma eng ko’p yutadigan nurning to’lqin uzunligi noma‘lum bo’lganda, adbatta yorug’lik filtrlari tajriba yo’li bilan tanlanadi. Buning uchun har bir yorug’lik filtri bilan rangli eritmaning optik zichligi o’lchanadi, so’ngra eng katta optik zichlik qayd qilingan yorug’lik filtri optimal sifatida tanlanadi.

Standart qo’shimcha qo’shish usuli quyidagicha bajariladi. Ikkita bir xil o’lchov kolbalariga pipetka yordamida analiz qilinadigan eritmadan bir xil hajmda olinadi. So’ngra ikkinchi kolbaga pipetka yordamida ma‘lum hajmdagi aniqlanadigan komponentning standart eritmasi qo’shiladi. So’ngra har bir kolbaga aniqlanadigan komponentni rangli birikmaga aylantiradigan bir xil miqdordagi hamma zarur reaktivlar va belgi chiziqqacha distillangan suv (qaysi erituvchidan foydalanilgan bo’lsa, o’sha erituvchidan) qo’shiladi. Ikkala eritma ham aralashtiriladi va ularning optik zichliklari o’lchanadi. Analiz qilinadigan eritmadagi aniqlanadigan noma‘lum modda yoki ion kontsentratsiyasi olingan natijalar asosida quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

Vst Cst

Sx = ------------------------- mg/ml

((A1/A2) – 1) – Vx

bu yerda Vx – analiz qilinayotgan eritma hajmi, ml;

Vst – aniqlanayotgan komponent standart eritmasining hajmi, ml;

Sst – aniqlanayotgan komponent standart eritmasining kontsentratsiyasi, mg/l yoki mkg/l;

A1 – analiz qilinayotgan eritmaning optik zichligi;

A2 – analiz qilinayotgan komponent standart eritmasining optik zichligi.



Xulosa

Kurs ishini o’rganishda quyidagi xulosalar kelib chiqadi.Fotokolorimetrik va spektrofotometrik usullarning o‘xshashlik va farq qiladigan tomonlari quyidagilardan iborat:

O‘xshashligi: Bu ikkala usul ham absorbsion, ya’ni nur yutilish usullari qatoriga kiradi. Bu ikkala usul ham elektron energiyani yutib to‘yingan orbitaldan to‘yinmagan orbitalga o‘tishiga asoslangan

Farqi: Fotokolorimetrik usul rangli eritmalar tomonidan nomonoxromatik ko‘zga ko‘rinadigan nurning yutilishiga, spektrofotometrik usul esa rangli va rangsiz eritmalar tomonidan ko‘zga ko‘rinadigan va ultrabinafsha monoxromatik nurning yutilishiga asoslangan

Fotokolorimetrik va spektrofotometrik usullardan dori vositalarining chinligini, tozaligini va miqdorini aniqlashda foydalanish mumkin.Dori vositalarning chinligini aniqlashda spektrning ko‘zga ko‘rinadigan va ultrabinafsha qismidagi spektrofotometrik usul qo‘llanilganda ularning spektrdagi yutilish maksimumlariga asoslaniladi.

Agar dori moddasining kimyoviy tuzilishidagi xromafor guruhlar o‘xshash bo‘lsa, ularning yutilish spektrlari ham o‘xshash bo‘ladi. Masalan, tuzilishida fenil radikalini saqlagan dori moddalar - efedrin, dimedrol, benzilpenitsillin, atropin va boshqalar)ning yutilish spektrida 251, 257 va 263 nm da uchta yutilish maksimumi kuzatilsa, fenol gidroksil guruhi saqlagan dori moddalarning UB-spektrida 280 nm da yutilish maksimumi bo‘ladi (adrenalin, izadrin, morfin, estradiol va boshqalar). To‘yinmagan yenol guruhi saqlagan steroid tuzilishga ega bo‘lgan dori moddalarning UB-spektrida 238 nm da maksimum kuzatiladi (kortizon, gidrokortizon, prednizon, prednizolon va boshqalar). Ko‘rsatilgan to‘lqin uzunliklarida UB-spektrda yutilish maksimumining bo‘lishi moddani to‘laligicha tavsiflash uchun yetarli bo‘lmasdan, umumiy tushuncha beradi, xolos. Lekin ko‘pgina dori moddalarning UB-spektridagi u yoki bu yutilish maksimumidan, shu moddaning chinligini aniqlashda keng foydalaniladi.




Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish