Yorug‘likni qabul qiluvchi qurilmalar. Bunday qurilmalarning xossalari u yoki bu spektral oblastdagi nurlanishni sezish xarakteristikasi bilan xarakterlanadi. 3.1- rasmda germaniy ( ) va kremniy ( ) asosida tayyorlangan fotodiodlarning spektral xarakteristikalari keltirilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, fototokning qiymati to‘lqin uzunligiga kuchli bog‘liq. Boshqa tipdagi yorug‘likni qabul qiluvchi qurilmalarning masalan balometrni spektral xarakteristikalari qariyb to‘lqin uzunligiga bog‘liq emas. Shuning uchun ham birinchi tipdagi qabul qiluvchi qurilmalar selektiv, ikkinchi tipdagi qurilmalar esa noselektiv qurilmalar deb yuritiladi. Inson ko‘zi selektiv yorug‘likni qabul qiluvchi qurilmalar tipiga kiradi. Uning ko‘rish funksiyasi kunduz kuni va oqshom uchun quyidagi rasmda keltirilgan (3.2- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |