Nit, ravshanki, kd/m2 ning boshqacha nomi. Stilben har bir kvadrat santimetridan 1 kd yorug‘lik kuchi beradigan yuzaning ravshanligiga mos keladi. Apostilb va lambert kattaliklar fizik jihatdan sirtida ma’lum yoritilganlik hosil qilingan ideal sochgichning ravshanligini bildiradi.
Fotometrlar. Sirtlarning yoritilganligini tenglashtirish yo‘li bilan ikki manbaning yorug‘lik kuchi taqqoslanadi. Shu maqsadda ishlatiladigan asboblar fotometrlar deb ataladi. Eng sodda fotometrlardan birining chizmasi 3.4–rasmda ko‘rsatilgan. Uchburchakli АВS prizmaning oq rangga bo‘yalgan АS va ВS yoqlariga manbalardan yorug‘lik tushadi. Prizmaning har bir yog‘ini faqat bir manba yoritadi.
3.4-rasm
Yoritilganlik S tomondan ko‘z bilan kuzatiladi. Fotometrni manbalar orasida u yoki bu tomonga siljitib, prizmaning ВS va АS yoqlari bir xil yoritilishiga erishiladi va shundan so‘ng quyidagi mulohazalarga muvofiq manbaning yorug‘lik kuchi hisoblanadi: yorug‘lik kuchi I1 bo‘lgan S1 manba prizmadan r1masofada turib
yoritilganlik hosil qiladi, yorug‘lik kuchi I2 bo‘lgan S2 manba prizmadan r2 masofada turib
yoritilganlik hosil qiladi. Fotometrni Е1=Е2 bo‘ladigan qilib joylashtirganimiz uchun quyidagini yoza olamiz:
(3.10)
Ikki manbaning yorug‘lik kuchlari nisbati yorug‘lik manbalaridan birday yoritilgan sirtgacha bo‘lgan masofalar kvadratlarining nisbati kabidir.
Yuqoridagi (3.10) ifoda bir manbaning yorug‘lik kuchi ma’lum bo‘lganda ikinchi manbaning yorug‘lik kuchini topishga imkon beradi.
Faqat ikkala taqqoslanuvchi sirtlarning rangi bir xil bo‘lgandagina ravshanliklarning tengligini ko‘z bilan yetarli darajada aniq belgilash mumkin. Sirtlarning rangi bir-biridan ozgina farq qilganda hamma ravshanliklarni taqqoslash juda qiyinlashadi, faqat farq katta bo‘lganda esa ravshanliklarni taqqoslash mumkin bo‘lmay qoladi.