Yoritilganlik birligi lyuks (лк) bo‘lib, u 1 m2 yuzaga tekis taqsimlangan 1 лм oqimga mos keladigan yoritilganlikdir: 1 лк =1 лм/1м2 . Shunday qilib 1 лк - markazida barcha tomonga tekis nurlanadigan 1 kd li manba joylashgan va radiusi 1 m bo‘lgan shar sirtida hosil qilinadigan yoritilganlikdir. Yorituvchanlik xuddi yoritilganlik kabi лм/м2 hisobida ifodalanadi. Biroq bu yerda bu kattalik olinayotgan oqimga emas, balki chiqayotgan oqimga tegishli. Ravshanlik В birligi sifatida o‘ziga perpendikulyar yo‘nalishda har bir kvadrat metrdan 1 kd yorug‘lik kuchi beradigan yuzaning ravshanligi olinadi. Shunday qilib, ravshanlik birligi kvadrat metrga kandela bo‘ladi kd/м2.
Do'stlaringiz bilan baham: |