Quyoshning ravshanligi markazidan chetiga tomon birmuncha pasayib radiusining 3/4 qismicha masofada ravshanlik disk markazidagi ravshanlikning taqriban 80% ni tashkil qilgani tajribada aniqlangan bo‘lsa-da, Quyosh sirti Lambert qonuniga ancha yaqin qonun bo‘yicha nurlanadi. Yorituvchanlik S. Ravshanlik tushunchasi bilan S yorituvchanlik tushunchasi uzviy bog‘langan bo‘lib, u integral kattalik, ya’ni birlik sirtdan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 2р fazoviy burchak ichiga yuborilayotgan to‘la oqimdir. Shunday qilib, yorug‘lik chiqaruvchi yuzadan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tashqariga yuborilayotgan to‘la oqim Ф bo‘lsa, u holda yorituvchanlik
Do'stlaringiz bilan baham: |