2-BOB:FOTOELEMENTLAR.
2.1. Tashqi fotoeffektga asoslangan asboblar. Fotoelementlar.
Fotoeffekt hodisasi asosida yorug‟lik energiyasini elektr energiyasiga
aylantiruvchi asboblar – fotoelementlar deyiladi. Amalda tashqi fotoeffekt hodisasi asosida ishlaydigan fotoelementlardan keng foydalaniladi. Ulardan eng ko‟p tarqalgani – vakuumli va gaz to‟ldirilgan fotoelementlar.
Vakuumli fotoelementlar.Ichidan havosi so’rib olingan shisha ballonning yorug’lik tushadigan sirti yorug’likka sezgir yupqa qatlam bilan qoplanadi. Bu qatlam, odatda ishqoriy metallarning turli birikmasidan iborat bo’lib, katodvazifasini o’taydi (4-rasm).
s 4-rasm.
Ballon ichiga yorug’lik o’tishi uchun maxsus shishadan uncha katta
bo’lmagan shaffof O “darcha” qoldiriladi. Ballon markaziga A metall halqa – anod o‟rnatiladi. K yorug’lik sezgir qatlamdan va A halqadan elektr tarmoqqa ulash uchun ulash uchlari chiqariladi. Yorug’likning sezgir qatlami sifatida ko’pincha surma – seziyli qotishmalardan foydalaniladi, chunki bunday metallarning chiqish ishi kichik va ular ko’rinuvchi yorug’likda ham ishlayveradi.Shuningdek, faqat ultrabinafsha yorug’likka sezgir bo’lgan fotoelementlar ham tayyorlanadi. Tashqi fotoeffektli fotoelementlarda nurlanish energiyasining faqat bir qismigina elektr energiyasiga aylanadi, shuning uchun ulardan elektr energiyasi manbai sifatida foydalanilmaydi. Odatda, bunday fotoelementlar ko’rinadigan va ultrabinafsha nurlar hosil qilgan signallar yordamida elektr zanjirlarni avtomatik boshqarishda ishlatiladi (masalan, avtomatik ishlovchi kalitlar). Tashqi fotoeffektli fotoelementlarning afzalliklari ularning noinersialligi (t=10-6s 10-7 s) va fototok kuchining nurlanish intensivligiga chiziqli bog‟lanishidir. Bu esa fotoelementlardan fotometrik kattaliklarni o’lchashda foydalanish imkoniyatini yaratadi. O’z navbatida, tashqi fotoeffektli fotoelementlarning kamchiligi ham mavjud. Fotoelement yordamida hosil qilinadigan toklar juda kichik to’lqinli uzun nurlanishlarga yetarlicha sezgir bo‟lmasligi va tayyorlanish texnologiyasining murakkabligi ularning kamchiliklariga kiradi.
Gazli fotoelement.
Fotoelementlardagi tokni kuchaytirish maqsadida ba’zan shisha ballon biror siyraklashgan gaz bilan to‟ldiriladi. Katoddan uchib chiqayotgan elektronlar gaz atomlari bilan to‟qnashib ularni ionlashtiradi. Biroq
endi bunday fotoelementlarda tok kuchi yorug‟lik intensivligiga proporsionalbo‟lmaydi. Fotoelementlar sanoatda F=1, F=3 va hokazo nomlar bilan ishlab chiqariladi.Tasvirni simsiz uzatish (fototelegrafiya) – fotoelement eng ko’p qo’llaniladigan sohalardan biridir. Bunga televideniya yaxshi misol bo’la oladi. Tasvirni elektr signallariga aylantirish ikonoskop deb ataluvchi qurilmada amalgam oshiriladi. Ikonoskop – sirti juda ko’p mitti fotoelementlardan iborat asbob. Ular o‟zlariga tushayotgan yorug’likka mos bo‟lgan elektromagnit to‟lqinlar hosil qiladi va bu to‟lqinlar uzoq masofalarga uzatiladi. Antenna yordamida qabul qilingan signallar esa kineskopda qaytadan yorug‟lik signaliga, ya‟ni tasvirga aylantiriladi. Fotoelement yordamida ishlovchi fotorelelar sanovchi, avtomatik ravishda turli mehanizmlarni ishga tushiruvchi va nazorat qiluvchi qurilmalarning asosini tashkil qiladi. Fotorele – yorug‟lik tushganda yoki yorug’lik tushishi to‟xtaganda ishlashi mumkin. Fotorele – zamonaviy robotlarning sezish qurilmalaridan tortib, metrolarga kirishni nazorat qiluvchi qurilmalargacha, shahar ko’chalarining yoritish sistemasi, suv yo’llari mayoqlarini ishga tushirishdan tortib, detallarning shakli va rangiga qarab ajratishgacha bo’lgan vazifani bajaruvchi qurilmalarning asosini tashkil qiladi.
Yarimo’tkazgichlardagi ichki fotoeffekt asosidagi asboblar
Tashqi fotoeffektdan farqli o’laroq, ichki fotoeffektda yorug‟lik energiyasini o‟zlashtirgan electronlar endi moddadan butunlay uchib chiqmasdan, balki uning ichida qolib ketadi. Aniqrog‟i, yorug‟lik kvanti ta‟sirida moddadagi atomga bog‟langan elektronlar ozod elektronlarga aylanadi. Hosil bo‟lgan ozod elektronlar jism ichidagi ozod elektronlar sonini ko‟paytiradi, yarimo’tkazgichda qarshilikni sezilarli darajada kamaytiradiюYarimo‟tkazgichlarni nurlantirish natijasida yarimo‟tkazgichda erkin zaryad tashuvchilarning hosil bo‟lishi ichki fotoeffekt deb ataladi.Ichki fotoeffektga asoslangan fotoelementlarni yarimo‟tkazgichli
fotoelementlar deb ataladi. Bunday yarimo‟tkazgichli fotoelementlarni
tayyorlashda selen, qo’rg’oshin (II)-sulfid, kadmiy sulfid va boshqa ba’zi yarimo’tkazgichlardan foydalaniladi. Yarimo‟tkazgichli fotoelementlarning fotosezgirligi vakuumli fotoelementlarning sezgirligidan ancha (yuzlarcha marta) katta.Lekin yarimo‟tkazgichli fotoelementlarning kamchiligi shundan iboratki, ular sezilarli darajada inersion, shuning uchun ularni tez o‟zgaruvchan yoru‟glik oqimlarini qayd qilishga ishlatib bo‟lmaydi.
Fotoqarshilik.Fotoqarshilik ichki fotoeffektga asosan ishlaydigan asbob hisoblanadi. Fotoqarshilik deb, qarshiligi unga tushayotgan yorug’lik intensivligiga bog’liq bo’lgan yarimo’tkazgichli qurilmaga aytiladi. Uning ish prinsipini tushunish uchun yarimo’tkazgichning ish prinsipini tahlil qilaylik. Shuni ta‟kidlash lozimki, yoritilmagan (yorug‟likdan to’silgan) yarimo’tkazgichda ham ma‟lum miqdordagi erkin elektronlar mavjud bo‟ladi va ular yarimo‟tkazgichning xususiy o’tkazuvchanligini hosil qiladi. Agar yarimo’tkazgichga kuchlanish qo’yilsa, unda elektr toki vujudga keladi va bu tokka xususiy tok (Ix) deyiladi. Agar yarimo’tkazgich yoritilsa, qo‟shimcha elektronlar va teshiklar vujudga kelib, uning o‟tkazuvchanligi yaxshilanadi va zanjirdagi tok Iyoyorug‟lik tokigacha ortadi. Yorug’lik toki va xususiy toklarning farqi: I=Iyo - Ix–fototok deyiladi. Fotoqarshilik tovushli kinoda, televideniyada, telemehanikada, avtomehanikada, signal beruvchi (xabar beruvchi) vosita sifatida ishlatiladi.
Fotoelektr yurituvchi kuch (foto–EYuK).Ichki fotoeffekt prinsipiga
asosan ishlaydigan qurilmalarning eng keng tarqalgani fotoelektr yurituvchi kuch vujudga keladigan qurilmalardir. Ba‟zan ularga fotogalvanik elementlar ham deyiladi. Foto–EYuKning vujudga kelishi ancha sodda. Aytaylik, yarimo‟tkazgichning bir bo’lagi yoritilayotgan bo‟lsin (5-rasm).
5-rasm.
Tushayotgan yorug’lik qo’shimcha zaryad tashuvchilarni, ya‟ni elektronlarniva kovaklarni vujudga keltiradi. Natijada yarimo’tkazgichning yoritilgan qismidazaryad tashuvchilarning soni ko’p, yoritilmagan qismida kam bo‟lib qoladi. Bu esayarimo’tkazgichning har ikkala qismi orasida elektr yurituvchi kuch vujudgakelishiga sabab bo’ladi.bunday EYK diffuzion foto-EYuK deyiladi.
Mavzuni tushuntirishda zamonaviy innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanish mavzuni yanada tushunarliroq bo’lishiga yordam beradi.Ushbu mavzu yuzasidan men o’quvchilarga „dastpanjara“ metodidan foydalandim. Bu metod ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilarimizning bugungi kundagi asosiy vazifasi bu texnologiyani chuqur o’rganib, o’zining kundalik pedagogik amaliyotida qo’llashdir. O’quv mashg’ulotlarini pedagogik texnologiya yordamida amalga oshirishda ularda “Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. ishtirok etadigan elementlarni o’zaro funksional bog’liqlikda ekanligini ko’rsatuvchi ramziy ko’rinishni ,,dastpanja’’ deb atashdi.(1-rasm) Ko’rib turganingizdek, «dastpanja»ning butunlik holati muayyan bir fanning bitta o’quv mashg’uloti, ya’ni bitta darsni, bitta o’rta modulini ifoda etgan. Uning birinchi raqamli elementida, ya’ni «dastpanja»ning kaftida, shu mashg’ulotda beriladigan materiallarni, hajmi va mazmuniga qarab, kichik modullarga ajratib, ularning maqsadlari va ularga ajratilgan vaqt aniqlab olinishi ko’rsatilgan. Ikkinchi raqamli elementi orqali,ya’ni «dastpanja»ning «boshmaldog’i»da, har bir kichik modulda beriladigan bilimlar tizimi ichidan tayanch tushunchalar ajratib olinib, shu tushunchalar asosida nazorat savollari va bu savollar asosida test yoki boshqa nazorat shakllari tuzilishi lozimligi ko’rinib turibdi.
1-rasm.Pedagogik texnologiyaning o‘zbek milliy «Dastpanja» modeli.
Uchunchi raqamli elementidan,har bir kichik modulida qo’llaniladigan dars turi va tipining belgilanishi ko’rinib turibdi. To’rtinchi elementi, «dastpanja»ning «o’rta terak» barmog’ida, har bir kichik modulida qo’llaniladigan pedagogik uslublar ko’rsatiladi.Beshinchi raqamli elementi, «kichik terak»da, har bir kichik modulida foydalaniladigan axborot texnologiyalari ifoda etiladi. Oltinchi raqamli elementi, «dastpanja»ning «jimjilog’i»da, har bir kichik modulida foydalaniladigan didaktik materiallarning turi va joylari ko’rsatilishi ifodalangan.«Dastpanja»ning yettinchi raqamli elementi, ya’ni «bilagi»da, pedagogik texnologiyaning boshqa beshta elementida rejalashtirilgan harakatlar «kaft», ya’ni maqsadlar orqali birikib,ularda ko’rsatilgan narsalarni, ya’ni muayyan o’quv mashg’ulotida beriladigan materiallarni, qaysi kichik modullarda, qaysi tayanch tushunchalarni qanday dars turi va tipi yordamida, qanday uslublar qo’llab turib, qaysi axborot texnologiyalar va didaktik materiallardan qanday qilib foydalanish yo’llari yozilgan dars ssenariysi ifodalangan bo’ladi.Bunda,o’quv jarayonida ishtirok etadigan barcha kuch va vositalar o’zaro sintezlashib bir butunlikni, ya’ni dars degan majmuni tashkil qiladi.
2.2. Fotorezistorlar.
Yorug’lik ta‟sirida o’tkazuvchanligi o’zgaradigan yarim o’tkazgichli
asboblar fotorezistorlar deyiladi. Monokristalli va plenkali fotorezistorlarkonstruksiyalari 6, 7-rasmlarda ko’rsatilgan. Fotorezistorning asosiy elementibo’lib birinchi holatda monokristall hisoblanadi, ikkinchisida esa –yarimo’tkazuvchi materialning yupqa plenkasi.
6-rasm.Monokristalli fotorezistor 7-rasm. Plenkali fotorezistor
Agar fotorezistor kuchlanish manba bilan ketma-ket ulanib yoritilmaganbo’lsa, Bunda uning zanjirida qorong’i toki oqa boshlaydi.
8-rasm.
Bunda E-ta‟minlovchi manbai EYuK; Rq-qorong’ida fotorezistorning elektrqarshiligini miqdori, qorong’ilik qarshiligi deb nomlanadi; Ryu-yuklash qarshiligi.Fotorezistorni yoritganda fotonlar energiyasi elektronlarni o’tkazuvchanlikzonasiga sarflanadi. Elektron teshikli juftlarni bo’sh soni oshib boradi,fotorezistorning qarshiligi kamayadi va u orqali yorug’lik toki oqa boshlaydi.
Yorug’lik va qorong’ilik tokini farqi (ayirmasi) If tokini miqdorini berib,
fotokokning birlamchi o’tkazuvchanligi degan nom olgan.
Nurli oqim kam bo’lganda, o’tkzuvchanlikni birlamchi fototoki amalda
inersiyaga ega emas va fotorezistorga tushayotgan nurli oqimni miqdoriga to’g’ri proporsional o’zgaradi, nurli oqim miqdori oshgan sari o’tkazuvchanliknielektronlar soni ko’payib boradi. Imolddani ichida harakatlanib, elektronlaratomlar bilan to’qnashadi, ularni ionlashtiradi va zaryadlar-ning qo’shimchaoqimini yaratadi bu esa o’tkazuvchanlikni ikkilamchi fototoki degan nom olgan.Ionlashtirilgan atomlarn sonini ko’paytirishi o’tkazuvchanlik elektronlar harakatinito’xtatadi. Buning natijasida fototokni o’zgarishi yorug’lik oqimini o’zgarishiganisbatan faqt bo’yicha kechikadi, bu esa fotorezistorning ba’zi inersiyaliginibildiradi.
“Fotoeffekt hodisasi va uning qo’llanilishi”ga doir mavzularning o’qitsh texnologiyasi.
O’quv fanining nomi: Fizika
MAVZU: Fotoeffekt hodisasi. Fotoeffekt qonunlari. Eynshteyn tenglamasi
I. Dars maqsadlari:
A.Ta’limiy maqsad:
- Egallangan bilimlarni mustahkamlash;
- Talabalarga mavzuviy fizik kattaliklar haqida ma’lumotlar berish va ularning fikrlash doirasini kengaytirish;
B. Tarbiyaviy maqsadi:
- O’quvchilarni estetik ruhda tarbiyalash;
- Vatanga muhabbat, ishonch tuyg’ularini rivojlantirish;
C. Rivojlantiruvchi maqsad:
- O’quvchilarning eslab qolish qobilyatini o’stirish;
- Mavzuni o’rganish borasida o’quvchilarni ijodiy yondashishga yo’naltirish;
Darsdan kuzatilayotgan natijalar – mavzuni o’zlashtirgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar:
1. Fotoeffekt hodisasi bilan tanishadilar
2. Fotoefekt qonunlarining mazmun va mohiyatini anglab oladilar;
3. Fotoeffekt uchun saqlanish qonuni – Eynshteyn tenglamasini bilib oladilar;
Ta’lim metodlari:
-Savol-javob;
-6*6 ;
Baholash metodalari: 5 balli reyting tizimi.
Axborot manbalari va texnik vositalar: Rasmlar, stend, plakatlar, tarqatma materiallar, videoproektor va ppt-formatli taqdimot.
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 45 minut
Uyga vazifa: Yangi mavzuga doir formulalarni o’rganish, ulardan foydalanib masalalar yechish.
XULOSA.
“Fotoeffekt hodisasi va uning qo’llanilishi” mavzulari bo’yicha laboratoriya,ayniqsa virtual laboratoriya ishlarini bajarish fizikaning boshqa bo‟limlaridagi kabio’quvchilarga mustahkam bilim berish garovidir.
Bunday laboratoriya ishlarini bajarish o’quvchilar bilimini mustahkamlash bilan bir qatorda ularda fizik asboblarva o’lchov asboblari bilan ishlash ko’nikmasini hosil qiladi, nazariy bilimlarning to’g’riligi amaliyotda qo’llanilishi haqida tasavvurni hosil qiladi. Lekin, bunday laboratoriya ishlarini bajarish uchun yetarli asbob-uskunalarga ega bo’lmaganholda virtual laboratoriya stendlaridan foydalanish mumkin.
Kompyuterlar dadasturlash tizimi orqali laboratoriya qurilmalarining immitatorlarini monitordako’rib, fizik jarayonlarni ularning turli parametrlarini o’zgartirish orqali kuzatiladi. “Fotoeffekt hodisasi va uning qo’llanilishi” mavzularini o’rganish jarayonida mantiqiy, miqdoriy va ayniqsa, eksperimental shakldagi masalalar tuzish, ularnio’quvchilar bilan birgalikda yechish hamda mustaqil mashg’ulotlarni tashkil etishmuhim ahamiyatga egadir.
Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida innavatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e‘tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an‘anaviy ta‘limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto hulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. Shunga ko‘ra ushbu kurs ishida xam suyuqliklarning asosiy xossalarini xamda sirt taranglik kuchiga tegishli bo‘lgan mavzularni innovatsion usullarda o‘qitish o‘quvchilarni mavzuni ilmiy asosda tushunishlariga, mustaqil fikr yuritishlariga xizmat qiladi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta‘lim jarayonida o‘quvchilar asosiy figuraga aylanadi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to‘liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar bu-jamoa bo‘lib ta‘lim mazmunining tarkibiy qismi xisoblanadi. Bu metodlarning o‘ziga hosligi shundaki, ular faqat pedagogik va o‘quvchilarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyalar masalalari, muammolarini o‘rganayotgan o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha pedagogic texnologiya-bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog‘liq, hamda o‘qitish jarayonida qo‘llanishi zarur bo‘lgan kompyuter, masofali o‘qish yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Bizning fikrimizcha, pedagogic texnologiyaning eng asosiy negizi-bu o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog‘liq deb hisoblaymiz. Ya‘ni o‘qitish jarayonida maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta‘lim texnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida o‘qituvchi-o‘quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijobiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o‘zlari hulosa qila olsalar, o‘zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho berilsa o‘qituvchi esa ularning bunday faolliklari uchun imkoniyat va sharoit yarata oladi. Bizning fikrimizcha ana shu, o‘qish jarayonining asosi xisoblanadi, Har bir dars, mavzu o‘quv predmetining o‘ziga xos texnologiyasi bor ya‘ni o‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya-bu yakka tartibdagi jarayon bo‘lib, u o‘quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda yo‘naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.O‘qituvchi va o‘quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda o‘quvchilarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun balkim, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim film tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo‘lar, bular o‘qituvchi va o‘quvchiga bog‘liq. Yangi pedagogik texnologiya jarayon, bu jarayonni darslarda qo‘llaymiz darslarni amaliy mashq mustaqil ishlash, guruhlash, tanlovlar, aqliy hujum, baxsmunozra va boshqa usullarni mavzuga mos qilib o‘quvchilarga o‘rgatishimiz ular faolligini oshiradi.Men dars tashkil qilishning ko‘pincha maqbul usullaridan biri guruhlarga bo‘lib, dars o‘tish deb hisoblayman. Guruhlarga bo‘lishda albatta har bir guruhga a‘lochi o‘quvchilardan tenglab o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu hol esa o‘rtacha o‘qiydigan, erkin fikrlashni bilmaydigan o‘quvchini harakatlantirishga olib keladi. Guruhga ijobiy ta‘sir uyg‘otishga sabab bo‘ladi. O‘quvchilar qanchalik darsga qiziqishsa ularning bilimlari shunchalik ortadi.Bizning vazifamiz esa turli usullardan foydalanib o‘quvchilar bilimini oshirishdan iboratdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 1-noyabrdan 24-noyabrga qadar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan o’tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so’zlagan nutqlari o’rin olgan. Sh.M. Mirziyoyev .-Toshkent.: “O’zbekiston”, 2017.-488b.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O’zbekiston respiblikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida. (O’zbekistonRespublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017-y, 6-son, 70-modda)
3. Rimkevich A.T. «Fizikadan masalalar to’plami», Tosh. O’qituvchi, 1993 y.
4. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O„qituvchi, 2011.
5. Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. Toshkent, 2012
.6. Aripov N.M. “Avtomatik boshqarish nazariyasi va avtomatika elеmеntlari”. ma'ruzalar matni. Toshkеnt, 2010.
7 Ismoilov A.I., Nazarov O.K. “Avtomatika va avtomatlashtirish asoslari” fanidan ma'ruzalar matni. Andijon,.
8. И.С. Андреев, Х.К. Арипов, Ж.Т. Махсудов, Ш.Б. Рахматов.
9. Полупроводниковые приборы многослойной структуры. Транзисторы и тиристоры. Част 1: Учебное пособие. — Т.: ТЭИС, 1994. 164 с.
10. И.С. Андреев, Х.К. Арипов, Ж.Т. Махсудов, Ш.Б. Рахматов. Полупроводниковые приборы многослойной структуры. Транзисторы и тиристоры. Част 2: Учебное пособие. — Т.: ТЭИС, 1994. 98 с.
11 Х.К. Арипов, Н.Б. Алимова, З.Е. Агабекова, Ж.Т. Махсудов. Аналоговая и интегральная схемотехника. Т.: ТЭИС, 2000. 90 с.
12. N. Yunusov, I.S. Andreyev, A.M. Abdullayev, Х.К. Aripov, Y.O. Inog‘omova. Elektronika bo'yicha asosiy tushuncha va atamalarning o‘zbekcha-ruscha-inglizcha izohli lug'ati. — Т.: TEA1, 1998. — 160 b.
13 И.П. Степаненко. Основы микроэлектроники: Учебное пособие. М.: Лаборатория Базовых Знаний, 2001. 488 с. 1..Shavkat Mirziyoyev “Yangi O’zbekistonda Erkin Va Farovon Yashaylik”
14.Ismoilov M. Хabibullaеv P. Хaliulin M. Fizika kursi. Toshkеnt.:
O‟zbеkiston, 2000-yil, -302 b.
15.O‟lmasova M. va boshqalar. “Fizika” (Elеktr, optika, atom va yadro fizikasi)
16.O‟qituvchi, 1995-yil, -288 b.
17.Bеgimqulov U.Sh. Sattorova B. Fizika va astronomiya o‟qitishda aхborottехnologiyalari. O‟quv qo‟llanma. – T.: 2004 y. - 254 b.
18.ТурсуновЎ.Ш. Физикадабелгилимоделлар. - Методикқўлланма,Тошкент, “Ўқитувчи”, 1994 й. – 87 б.
Internet saytlari
www.elquanta.ru
www.electrono.ru
www.radio-detaly.com
www.elektricalschool.info
www.elektronics-tutorials.ws
Do'stlaringiz bilan baham: |