Fotoapparat



Download 72,69 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi72,69 Kb.
#658103
Bog'liq
Fotoapparat


Fotoapparat

Fotoapparat, fotokamera, suratga olish apparati — suratga olinadigan obʼyektlar optik tasvirini fotomateriallarning yoruglik sezgir qatlamiga tushiruvchi optikmexanik qurilma. Fotosuratga olishda obʼyektning optik tasviri optik tizimlar yordamida fotomaterialning yorugʻlik sezgir qatlamiga maʼlum vaqt oraligʻida proyeksiyalanadi. Natijada yoruglik sezgir qatlamda suratga olingan obʼyektning yashirin tasviri hosil boʻladi; fotomaterialga kimyoviyfotografik ishlov berilgandan soʻng suratga olingan obʼyektning koʻrinadigan negativ yoki pozitiv tasviriga aylanadi. F.ning havaskorlik, professional va maxsus xillari bor. Havaskorlik va professional F.lardan kishilarni, peyzaj, sport musobakalarini suratga olishda, portretlar yasash va boshqa da foydalaniladi. Maxsus F.larda fototexnika ishlari, aerofotosʼyomka, mikrosʼyomka va boshqa bajariladi. F. fotomaterialda hosil boʻladigan tasvirlar oʻlchami (kadrlar formati)ga qarab mitti (13x17 mm), yarim formatli (18x24 mm), kichik formatli (28x28 va 24x36 mm), oʻrtacha formatli (45x60 dan 60x90 mm gacha) va yirik formatli (90x120 mm va undan katta) xillarga boʻlinadi.
Zamonaviy F.larning asosiy uzellari: yoruglik oʻtkazmaydigan kamera (uning korpusi bikr, ikki tomonlama ochiladigan, teleskopik yoki buklama koʻrinishda boʻladi), obʼyekt tasvirini fotomaterial (fotoplyonka yoki fotoplastinka)ga tushirib beradigan obʼyektiv, fotoplyonka yoki fotoplastinkaning yorugʻlik sezgir qatlamiga yorugʻlik nurini oʻtkazishni taʼminlaydigan zatvor, ravshanlikka toʻgʻrilash mexanizmi, vidoiskatel (koʻrinish qidirgich), fotoplyonkani qayta oʻrash mexanizmi, fotoplyonka kassetasi, zatvor va chaqmoqlampa ishini sinxronlovchi sinxrokontakt, ekspozitsiya vaqtini yarim avtomatik aniklaydigan fotoeksponometr, zatvorni ishga tushiradigan avtomatik tepki.
Miloddan avvalgi 350 yilda yunon olimi Aristotel kichik teshik (mas, darcha) dan qorongʻi xonaga tushayotgan yorugʻlik nurlaridan xonaning qaramaqarshi devorida tashkaridagi, darcha oldidagi narsalarning yorugʻlik tasviri hosil boʻlishi mumkin, degan edi. 18 asr oʻtgandan keyin Leonardo da Vinchi bu hodisadan turli narsalarning tasvirini qogʻozga chizishda foydalangan. 1611-yilda nemis astronomi I. Kepler ikki linzadan iborat teleskopik tizimni yasadi. 1840-yilda avstriyalik olim I.Petsval bir necha linzadan iborat optik tizimni (obʼyektivni) hisoblab chikdi va uni nemis optigi P.F. Foixtlender yasadi. 19-asr 30-yillarida fransiyalik Jiro kassetasi katta boʻlgan yogʻoch fotokamerani koʻplab ishlab chiqardi. 1842-yilda Germaniyada metall korpusli F. ishlab chikarila boshlandi. 1888-yilda amerikalik ixtirochi J. Istmen dunyoda birinchi marta rolikka oʻralgan fotoplyonka oʻrnatilgan F. yaratdi. 1924-yilda "Leys" firmasi kichik formatli "Leyka" F.ni, 1970-yillarda ekspozitsion parametrlari yarim avtomatik va avtomatik oʻrnatiladigan, obʼyektivi avtomatik fokus lanadigan, fotozatvori elektron boshqariladigan, plyonkani tortish mexanizmi elektr yuritmali F.lar yaratildi. Hozir fototasvirlarni bir zumda chiqarib beradigan, uyali telefon apparatiga "singdirilgan" F.lar mavjud.
Chet elda F. ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 50 dan ortiq konsern, firma va zavodlar mavjud, jumladan: "Istmen kodak", "Polyaroid" (AQSH), "AlfaGevert" (GermaniyaBelgiya), "Nippon kogaku", "Kenon", "Minolta kamera", "Asaxi optikl", "Konisirovku foto" (Yaponiya), "Leys", "Rolley", "Karl Braun", "Minoks", "Pentakon" (Germaniya), "Xassel blad" (Shvetsiya), "Krasnogorsk zavodi", "LOMO" birlashmasi (Rossiya), "Arsenal zavodi" (Ukraina) va boshqa
Havaskorlik F.dan "Kenon", "Nikon" (Yaponiya), "Pentakon" (Germaniya), "Kodak" (AQSH), "Zenit", "FED", "Zorkiy" (Rossiya), "Kiyev" (Ukraina), "Xasselblad" (Shvetsiya) koʻplab ishlatiladi.
Qoʻllaniladigan fotomaterialga qarab, F.lar plyonkali va plastinkali boʻladi.
Baʼzida F.dan koʻz ilgʻamas (fotoqatlamda qayd qilinadigan) ultrabinafsha yoki infraqizil nurlarni suratga tushirishda foydalaniladi. Bunday hollarda koʻzguli obʼyektiv yoki nurlarga moye keluvchi linza komponentlari, shaffof materiallar: kvars, flyuorit, litiy ftoridli (ultrabinafsha nurlar uchun); natriy xlorid, kremniy, germaniyli (infraqizil nurlar uchun) obʼyektiv ishlatiladi. Obʼyekt tasvirini biror tor spektral intervalda olish yoki fotosʼyomkada surat badiiy yaqqol chiqishi uchun obʼyektivda olib qoʻyiladigan turli yoruglik filtrlari qoʻllaniladi. 20-asr oxiri va 21-asr boshlaridan raqamli F. qoʻllanila boshlandi. FOTOBIOLOGIYA (foto... va biologiya) — ultrabinafsha va infraqizil nurlar taʼsirida organizmlarda sodir boʻladigan jarayonlarni oʻrganadigan fan; biol.ningbirboʻlimi. F.ga 18—19-asrlarda asos solingan. Uning paydo boʻlishi fotosintezning kashf etilishi, rangli koʻrish jarayonining asoslab berilishi, yorugʻlik ishtirokida sodir boʻladigan tabiiy hodisalar (fotoperiodizm, fototaksis va boshqalar) ning aniqlanishi bilan bogʻliq. Lekin F. mustaqil fan sifatida 20-asrning 2yarmida nurlanish kvant taʼlimotining ishlab chiqilishi, shuningdek, biokimyo, biofizika va fiziologiyaning rivojlanishi bilan bogʻliq. F.ning vazifasi yorugʻlik kvantlari energiyasining kimyoviy boglar va biologik membranalardagi elektr potensial energiyasiga aylanishini xamda fotobiologik jarayonlarda fotokimyoviy va qorongʻilik fermentativ fazalarining oʻzaro bogʻlanishini aniklash, fotoretseptorlar va ular funksiyasining molekulyar asoslarini oʻrganish hamda fotobiologik jarayonlarning samaradorligi sabablarini koʻrsatib berishdan iborat.
F. sohasidagi tadqiqotlar qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining hosildorligini oshirish, quyosh nuridan foydalanish, fotobiologik hodisalar prinsiplari asosida sunʼiy sistemalar yaratish, lazer nurlaridan biol., fototerapiya va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlarida amaliy foydalanishga oid.




Download 72,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish