Foto: Shutterstock com



Download 64,89 Kb.
bet1/5
Sana31.12.2021
Hajmi64,89 Kb.
#261723
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ANGINA Bolalarda angina




Bolalarda angina – halqumda joylashgan (koʻpincha tanglaydagi) limfa bezlarining oʻtkir infeksion-allergik yalligʻlanish kasalligi. Bolalarda anginada yuqori tana harorati, aniq namoyon boʻlgan intoksikatsiya belgilari, yutinganda ogʻriq his etish, jagʻ osti va boʻyin limfa tugunlarining kattalashishi va bodomchasimon bezda yiringli qoplama hosil boʻlishi bilan kechadi. Kasallik diagnostikasi bolalar LORi tomonidan fizikal koʻruv, faringoskopiya, yutqindan olingan surtma tekshiruvi, qon IFA analizi yordamida qoʻyiladi. Bolalarda angina davosida patogenetik davo (antibiotiklar, virusga qarshi preparatlar), simptomatik davo (tana haroratini tushiruvchi vositalar) va mahalliy davo (aerozol, tomoqni chayish va dorivor oʻsimliklar bilan davolash) yordamida olib boriladi.

Foto: Shutterstock.com

Angina (oʻtkir tonzillit) – infeksion-allergik kasallik boʻlib, halqumda joylashgan bodomchasimon bezlarning yalligʻlanishi bilan xarakterlanadi. Bolalar orasida ushbu kasallik OʻRVI kasalliklaridan keyingi oʻrinda turadi. Shu sababli kasallik bolalar otolaringologiyasi va pediatriya sohasida koʻp tarqalganligi va yuqumliligi bilan ajralib turadi. Bolalarda anginaning xavfliligi, erta (otit, paratonzillit, yutqin yon va orqa absesslari) va kechki (revmatizm, revmatoid artrit, glomerulonefrit va boshqalar) asoratlar kelib chiqishi bilan tushuntiriladi.



Mundarija [Yopish]

  • Bolalarda angina kelib chiqish sabablari va kasallik patogenezi

  • Bolalarda angina turlari

  • Angina belgilari

  • Bolalarda angina davosi

  • Bolalarda anginaning oqibati va profilaktikasi

Bolalarda angina kelib chiqish sabablari va kasallik patogenezi

Koʻp hollarda angina kelib chiqishiga sabab bakteriya yoki virusli infeksiya boʻladi. 80-85 % holatlarda qoʻzgʻatuvchi sifatida β-gemolitik stafilokkok A guruhidagi bakteriya, 10 % holatlarda tillarang stafilokokk, kam holatlarda – pnevmokokk, gemofil tayoqcha, viruslar (enterovirus, adenovirus, gerpes-virus va boshqalar), mikoplazma, xlamidiya, zamburugʻlar va aralash infeksiya sabab boʻladi. Odatda 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda angina kelib chiqishiga viruslar sabab boʻlsa, 5 yosh va undan katta bolalarda angina qoʻzgʻatuvchisi bakteriya hisoblanadi. Streptokokklar chaqiruvchi angina bilan koʻpincha 5-10 yosh oraligʻidagi bolalar kasallanadi. Baʼzi hollarda angina kelib chiqishida shartli patogen qoʻzgʻatuvchilar ham muhim rol oʻynaydi (ogʻiz boʻshligʻida yashovchi bakteriyalar).

Bodomchasimon bezga infeksiya koʻpincha bir yoʻl bilan tushadi – ekzogen yaʼni havo-tomchi, maishiy-kontakt, enteral yoʻllar orqali. Travmatik angina burun-halqum yoʻlida oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin kelib chiqadi (masalan, bolalarda adenotomiya amaliyotidan keyin). Endogen autoinfeksiya surunkali tonzillit xuruj qilishi, tish kariyesi, sinusit, gastroenterit natijasida yuzaga chiqadi.

Bolalarda angina kelib chiqishida xavf omillariga bolalarda uchraydigan diatez (limfatik-giperplastik), sovuq qotish natijasida mahalliy va umumiy immunitetning susayishi, avitaminoz va boshqalar kiradi.



Download 64,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish