Fotima uyning darchasidan tashqariga boqib



Download 85,81 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.05.2022
Hajmi85,81 Kb.
#610384
Bog'liq
2 5287382217738161628



Kutilgan 
Fotima uyning darchasidan tashqariga boqib 

qanday 
chiroyli-a. Ertaga maktabga borib 
do’stlarim bilan 
mazza qilib qor bo’ron o’ynaymiz
- deya hayolidan 
o’tkazib kutilayotgan erta uchun entikib ketdi. Fevral 
oyining tugashiga ham bir hafta qolgan edi. Buni 
qarangki hamma joy bu sovuq va muzdek bo’lgan bu 
qorlarga bag‘rini ochgan edi. 
Darchadan qaragan 
Fotima bu qorlarni tomosha qilarkan huddi umrida 
birinc
hi marotaba ko‘rayotgandek. –
Allohimning 
mo‘jizasi
, -
deb shivirladi o’ziga. U hatto oyog’i ostida 
bir has ko’targan chumolini ko’rsa ham –
Allohimning 
mo‘jizasi der edi. Daraxtlar barglari sokin shabbodada 
oxista qimirlaganini va huddi ular 
Fotimga o’z 
sevgilisiga suzilibgina 
boqqan yorga o’xshab qarab 
o’ziga chorlardi. 
U shunda ham -
Allohimning mo‘jizasi 
der edi. Yer yuzidagi eng mitti jondan eng ulkaniga ham 
bir so’z ishlatar edi. Mana bugun ham bir biriga yo’l 
bermay yugurib kim birinchi marra tomon chopayotgan 
bolalardek 
yog‘ayotgan qorlarni o‘zgacha ruh bilan 
tomosha qilayapti. Kechasi soat sakkiz. Darcha yonida 
Fotima yana Ulug’bek do‘stini esladi. –
Ha ertaga u 
Fotimaga xat bermoqchi. Yo’q buni Ulug’bek o’zi 
aytmagan orqa 
barotdan Fotimaning qulog‘iga yetib 
kelgan. -Hih 

deb biroz tabassum qildida 

olib 
bo‘pman xatini.
Nima qilaman olib?! Ahmoq axir 


mendan kichik bo’lsa –
deya yana hursandgina 
tabassum qildi. Mayda qor parchalari sho‘x qo’shiq 
aytib 
yog‘ar Fotima esa zavq
bilan tomosha qilar edi. 
Yerga zarb bilan otilgan kosa sindi va uning ovozidan 
Fotimaning ham tinchi buzildi. Bu ovoz ichkari honadan 
keldi. U o‘yladi –
Ha dadam yana ichib kelibdilar. 
Tezroq kirmasam ayamni urib qo’yadilar

deb 
havotirlangancha o’rnidan
sakrab turib chap 
tomondagi eshikdan yugurib kirdi. Chindan ham dadasi 
oyoqda turib bo’lmas darajada mast edi. Bir qo’li bilan 
aysining sochlaridan ushlab tinmay eng hunuk so’zlar 
bilan 
so‘kib urar edi. Fotimaning ayasi esa –
Qurib 
ketsin hammasi. Senga ichirganlarning jazosini bersin 

deb qarg‘anar edi. Fotima tug‘ilgandan beri davom 
etayotgan bu urishlarga qanchalik o’rganib ketgan 
bo’lsa ham dadasi , qo‘yinki biron kimsa salgina ovozini 
ko’tarib gapirsa ham darrov yig’lab yuborardi. Endi bu 
holatda u kosaning singan tovushni eshitgandayoq 
yig‘lashni boshlagandi.
Eshikdan kirishi bilan yugurib 
dadasining oyoqlariga yopishdi 

Jon dadajon jonim 
dada qo’yib yuboring ayamni –
deb 
yig‘layverdi. Ko’p 
yi
g‘laganidan hiqqilab gapirolmay qoldi. Har gal 
shunday urishlarda Fotima ayasini himoya qilgani 
uchun kaltak yerdi va 
dadasining ko’chaga chiqib 
ketishi bilan yakun qo‘yilardi. 
Bu safar ham shunday 
yakun bo’ldi. Oyoqlariga jon holatda 
hiqqilab yopishgan 


qi
zini ko’rgan Farhod aka uni qattiq tepib yubordi.
Fotima bu barzangi kapkatta erkakka kuchi yetarmidi 
o’zi jimitekkina qiz bo’lsa
. Bu tepkidan Fotima bir 
burchakka borib tushdi va urush yakunlandi. Aslida 
Farhod aka ham oilasining tinchini qizi Fotimaning 
baxtini o‘ylardi. Hozir ham 
yana Fotimani urib 
yuborganiga chidolmay o’zini muzdek qorlar o’ynab 
yurgan 
sovuq ko’chaga otdi. Ex ota
! Fotimaning ota 
deganda keladigan o‘ylari yomon emas edi. Uni qancha 
kaltaklasa ham hech qachon dadasi haqida yomon fikr 
uyg‘ota olmagan. Otasining ta’rifini bu dunyoda 
Fotimaning onasidan o‘zgasi keltirolmaydi. Bu ta’rif 
eshitgan inson hali Fotimaning dadasini ko’rmay turib 
yomon yo’q nafratlanib 
qolar edi. Fotima hech 
tushunolmas edi 

Dadamni ezadigan dard nima ekan? 
Nega bunchalar o’zini qiynaydi ? Ex tezroq ulg‘aysam va 
dadamga 

Dadajon sizni ne dard azoblaydi buni menga 
ayting 

degisi kelar va malham bo’lishni niyat qilgandi. 
Har safar dadasidan kaltak yegan Fotima tezda bir 
gunoh ish qilgan 
taqvodor inson Allohga istig‘for 
aytganidek 

Baribir dadamni 
yaxshi ko’raman –
deb 
yig‘lashdan to‘xtaguncha qaytarar edi ba’zida esa shu 
so’zlar bilan tongni qarshilar qushlar sayrashiga 
ergashib uchar edi.
Ko’zlarini 
ochganida tong yorishgan edi. Sakrab 
o’rnidan turdi. Qor qanchalik qalin bo’lib yog‘ganini 


ko’rishga 
oshiqdi. Darcha yoniga bordi va 

Exxe 
qancha qor bugun 
o‘zgacha kun bo’ladi 
-
deb qo’shiq 
aytgancha chiqib ketdi. Maktabga borish uchun 
taraddudlangan Fotima oynaga qarar va tinmay 
bugungi oladigan 
maktubini o’ylab kular edi va birdan 
-
Yo’q 
Fotima nega quvonasan? Nima sen ham 
Ulug’bekni yaxshi ko‘rasanmi? Yo’q yo’q sen oila 
qurmaysan. 
Yaxshi o’qiysan pullaring ko’p bo’ladi 
juda 
mashhur jurnalist bo’lsan. Senga oila kerak bo’lmaydi 
-
deb o’z o’ziga gapirib ko’zlari 
mayuslashdi. U dadasini 
juda yaxshi ko‘rardi. Esida 3 yoshligida 
qamoqxonada 
katta telefon orqali oynaning ortidan dadasi bilan 
gaplashgani. Yos
hligida bo’lgan bu hodisani nega hech 
ham esidan chiqmaganiga
ba’zan 
Fotima hayron qolar 
edi. 
Axir bu voqea bo’lganida Fotima 3 yosh bo’lgan.
Ana o’shanda 
oynaning ortida dadasi unga mayus 
ko’zlari bilan boqqanida Fotima onasining qo’lida 
tipirchilab 
yig’lab dadasi tomon oshiqgani. U bu holat 
haqida faqat shularni eslab qolgan. Qamoqxona nima 
va qanday joy? Insonlar qilgan xatolari uchun 
o’ziga 
o’xshagan bir inson tomonidan oladigan ja
zo 
maskanimi? 
Hasrat bog‘imi? 
Dunyodagi eng hunuk joy yoki biron 
narsa bo’ladimi 
Fotima hech ularni hunuk yokida yomon deyishni 
hohlamas edi. Shuning uchun ham bir daftarining ichiga 

Men 3 yoshligimda 
“Hasrat bog‘larida “ dadam bilan 


temir gullar terib kezganman. Diydor edi- deb yozib 
qo’ygan edi.
Kutilgan kunning tonggi uyg‘ondi. 
Maktabga bordi va 
o’zi o‘ylaganicha barcha do’stlari bilan qorda mazza 
qilib o’ynadi. Har gal Fotimga birortasi 
qordan yasalgan 
to‘plarni otmoqchi bo’lishsa uning yonida Ulug’b
ek 
paydo bo’lib o‘ynatgani ham qo‘ymadi. Bu bolalarcha 
himoya Fotimaga erish tuyilardi va jahlini chiqarardi. 
Maktab tugab uy tomon yo’l olarkan –
nega maktub 
bermadi?! Axir Bekzod aytgan ediku 

senga xat yozdi 
berishini aytdi 

deb. Hozir na maktubidan na o’zidan 
habar bor.
26 

fevral kuni Fotima shunaqangi hursand ediki 

Ayajon bahor kelishiga ham ikki kun qoldi. Qanday 
yaxshiya men gullar ekanman. Moychechakni qachon 
eksam bo‘larkan 
-a ?! 
Deb Fotima umid to’la ko’zlari 
bilan Vasila opaga termuldi. Ex ona! Qalbi vayron 
kuyunchak ona. Harchand o’zidan 
berahm jahldor ayol 
yasamasin mehr 
yomg’iri yuraklaridan yog’ib anhorga 
aylanib 
farzandlarini sug‘orayotgan edi. –
Kelsa 
kelaveradida bahor. Opang uchun yana bir farzandsiz 
bahor -deya 
qo’lidagi supurgini Yerga uloqtirar ekan 
qattiq ho‘rsinib 
ketdi. Chunki barcha uchun 
qayg‘uradigan yagona inson bu Fotimaning ayajonisi 
edi.


Bahorni sevardi. Har bahorni intiq kutardi. Har bahor 
kelganda doim bir xil gulni Yerga qadardi . Ammo hech 
unib chiqmagan. Shu gullarni 
ko‘kartirish uchun ham 
bahorni kutardi.
Maktabga bordi. 
Yana maktubidan darak yo’q. Uyga 
biroz kayfiyatsiz 
jahli qo‘zg‘algandek qaytdi. Kech bo’ldi 
Fotima faqat bir narsani o‘ylardi. Bahor kelishiga 2 kun 
qoldi. 
Tezroq ulg‘aysam. ... Kechki soat o’n. Baqirib 
chaqirdan cho’chib uyg‘ondi. Juda tez harakatlar bilan 
qo’shni honaga kirdi. Ne ko’z bilan ko‘rsinki 
dadasi 
ayasining bo‘g‘ziga pichoq tiraj turibdi. Bo’ldi Fotima 
ortiq chidolmasligini angladi. Shunday g’azabda ediki 
nima qilganini bilmasdi. Bir zum chap tomoni biroz 
uvishdi. So’ng boshi aylanayotganini 
his qildi. Shu vaqt 
dadasiga qaradi -Dadajon boshqa urishmanglar iltimos 
-deya lablari oxista pichirlar edi. Bir zum tik turib yiqildi. 
Bu payt Vasila opa 

Bolam 

deb baqirdi. Farhod aka 
esa qo’lidagi pichoq Fotimaning bag‘riga oxistagina 
qo’ngan kapalak kabi jon olgani kirib chiqqanini 
anglolmay o‘tirardi
. ... 
28-fevral tong sahar. Hali bomdodga azon ham 
aytilgani yo’q. Fotima ko’zlarini zo’r kuch topib ochib 
qo’llarini yuziga bosgancha yotgan onasini ko’rdi. 
Lablari ham so’nggi marotaba so‘zlashini 
bilgandek 
erkin qimirladi 

Ayajon ertaga bahormi! ? Gullarim bu 


yil albatta ko‘karib chiqadi. Tushimda ko’rdim. –
dedi 
so’ng onasi tomonga boshini egib –
dadamga ayting 
boshqa ichmasinlar bu gunoh ekan -deya indamay 
qoldi.Vasila opa uyqudan turib ko’zlarini ochganida 
Fotimaning qo’llari muzdek edi.
.. 
1-Mart kutilgan bahor keldi. Oradan bir qancha muddat 
o’tib qabriston bo’ylab gullar ochildi. Fotimalarning 
uylarida 
boshqa urish bo’lmadi. 
2021 yil 14-aprel. 
Muallifa : Oisha
Kanalimiz : @Baxtilas_library
Hikoyani o‘zlashtirib olmang. Bu ilk
yozgan hikoyam.
Ijodimizni kuzatmoqchi bo‘lsangiz kanalimizga taklif 
qilamiz.) 

Download 85,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish