mineral aralashmalar guruhiga mansub. Bu ekilgan ekinlarning sifati va hosildorligini oshiradigan asosiy oziq moddalardan biridir. "Fosfor" kimyoviy elementi DNK va RNK tarkibiy qismidir va o'simlik ekinlarini etishtirish va etishtirishga yordam beradigan boshqa komponentlardir. Bundan tashqari, "fosfor" o'simlik florasi uchun muhim bo'lgan elementlarning triadidir (azot va kaliy bilan birga). Fosforitlar o'simliklarning generatsiya organlariga foydali ta'sir ko'rsatadi. O'simlik mahsulotlarining o'sishi va ta'm sifatiga mas'ul bo'lgan kaliy va azot bilan solishtirganda, fosfor o'simlik jismida ayirboshlash reaktsiyalarini doimiy nazorat qiladi. Shunday qilib, fosfor barcha bog 'va bog' o'simliklar uchun istisnosiz oziq-ovqatning ajralmas manbaidir.
O’simliklarning oziqlanishida azotdan keyingi o’rinda turuvchi eng muhim elementlardan biri fosfor hnsoblanadi. O’simliklar fosforni, asosan, ortofosfat knelotaning (H2 PO4) anionlari holida o’zlashtiradi. Ular fosforni metafosfat (H3PO3) va pirofosfat kislotalarning tuzlaridan o’zlashtirishi, shuningdek, ba’zi organik fosfatlar-fitinglyukoza fosfatlar va boshqalarning fosforini ham o’zlashtirish mumkin. Uch asosli kislota bo’lgan ortofosfat kislota PH 7-8 da va undan pastda dissodiyalanib, bitta yoki ikkita N+ ion ajratib chiqaradi va H2 PO4 hamda HPO42 ionlarini hosil qiladi, ana shu ionlarni o’simliklar yutadi.
O’simliklarda fosforning organik birikmalaridan nuklein kislotalar, aeotli asoslar, uglevodlarning molekulalari (riboza yoki dezoksiriboza) va fosfat kislotalar tarkib topgan yuqori molekulyar murakkab moddalar eng muhim rol o’ynaydi. Ular organizmlar hayot faoliyatining eng muhim^ jarayonlarida- oqsillar sintezida o’sish va ko’payishida, irsiyG’ xususiyatlarning nasldan-naslga o’tishida ishtirok etadi. Nuklein kislotalar oqsillar bilan birgalikda hujayralarping sitoplazmasi va yadrosini qurishda ishtirok etadigan nukleotidlarni hosil qiladi. O’simliklardagi fosforving anchagina miqdori fitin - urug’larning zahira moddasi tarkibiga kiradi, bu modda o’simlikning o’sish vaqtida fosfor elementining manbai sifatida foydalaniladi. Fosfor vitaminlar va ko’pgina fermentlar tarkibiga ham kiradi.
O’simlchklarning xujayralarida fosfor energiya almashinuvida. turli xil moddalar almashinishi jarayonlarida nihoyatda muhim rol o’ynaydi. U uglevod va azot almashinishida, fotosintez, nafas olish jarayonlarida ham ishtirok etadi. Sintetik jarayonlarning amalga oshishi uchun enertiyaga boy fosforli birikmalar ayniqsa katta ahamiyatga ega, ular orasida adenozintrifosfat kislota (ATF) asosiy rol o’ynaydi. O’simliklarda fosfor etishmasligi bularning yosh nihollik paytida, hali yaxshi rivojlanmagan ildiz sistemasining o’zlashtirish xususiyati past bo’lgan davrda ayniqsa yaqqol seziladi. Bu davrda fosfor etishmasligining salbiy ta’sirini keyinchalik fosfor bilan ko’p oziqlantirish orqali ham tuzatib bo’lmaydi. O’simlik fosforni vegetativ organlari intensiv o’sayotgan davrda eng ko’p o’zlashtiradi, shunga ko’ra o’sishning boshlang’ich davrlari fosforli oziqlanishga nisbatan olganda kritik davr hisoblanadi. Shu sababli usimliklarni vegetasiya boshlanishida
Do'stlaringiz bilan baham: |