Kimyoviy kinetika kimyoviy reaksiyalarning tezliklari haqidagi fan bo`lib, turli jarayonlami vaqt birligi ichida borish mexanizmlari va qonuniyatlarini oi'ganadi. Ma’lumki. sodir boiayotgan jarayon qanday vaqt oraligida va qay holatda boiishiga termodinamika javob bera olmaydi. Kimyoviy kinetika qonunlari yordamida vaqtning nihoyatda kichik ulushlarida yoki yillab sodir boiadigan reaksiyalar, nihoyatda murakkab ravishda ketadigan yadro reaksiyalari, turli tirik organizmlardagi reaksiyalarni oi'ganish mumkin. Kimyoviy kinetika dastlabki rivojlanish davrlarida asosan reaksiyaning tezligini o'rganishga va asosan reaksiyalarni sinflarga ajratishga hamda molekulyar-kinetik nazariyaga asoslangan holda reaksiyalar borishini ifodalovchi kinetik tenglamalami yaratishga e’tibor berilgan. Reaksiyalarni bu tariqa o'rganish formal kinetika deb ataladi. Demak kimyoviy kinetika formal va nazariyalarni o'rganuvchi qismlardan iborat bo'linadi. Gazlarning molekulyar- kinetik nazariyasiga asoslanib taklif qilingan faol to'qnashishiar va faollashgan komplekslar (o'tar holat) nazariyasidir. Faollashgan komplekslar sifat nazariyasi asosida G.Eyring va M.Polyani (1935) statistik termodinamikaning matematik apparatidan foydalangan holda, reaksiyalarning absolyut tezliklari deb nomlangan miqdoriy nazariyani taklif qiiganlar.
Demak kimyoviy kinetika formal va nazariyalarni o'rganuvchi qismlardan iborat bo'lib, kinetik nazariyalar asosida kimyoviy ta’siriaming mexanizmlari va reaksiyalarning borish qonuniyatlari
yoritib beriladi. Kimyoviy reaksiyaning har taraflama asoslangan mexanizmini bilish ancha murakkab boiganligi uchun bir qancha nazariyalar taklif qilingan. Ularning asosiylari gazlarning molekulyar-
kinetik nazariyasiga asoslanib taklif qilingan faol to'qnashishiar va faollashgan komplekslar (o'tar holat) nazariyasidir. Faollashgan komplekslar sifat nazariyasi asosida G.Eyring va M.Polyani (1935) statistik termodinamikaning matematik apparatidan foydalangan holda, reaksiyalarning absolyut tezliklari deb nomlangan miqdoriy nazariyani taklif qiiganlar. Eritmalarda boruvclii reaksiyalarning kinetikasi diffuzion mexanizm bo'yicha boradi va to'qnashishiar nazariyasi asosida tushuntiriladi. Eritmalardagi reaksiyalarning mexanizmi gazlardagiga nisbatan ancha murakkab, chunki boshlang'ich moddalarning molekulalari bir-biri bilan emas, balki erituvchi molekulalari bilan ham to'qnashadi. Eritmalarda molekulalar gazlardagiga nisbatan o'zaro ancha yaqin joylashgan va umumiy to'qnashishiar soni ko'p bo'lishiga qaramasdan ikkita ta’sirlashayotgan moddalarning o'zaro to'qnashishi qiyinlashadi, chunki buning uchun ular erituvchi qavatidan diffuziyalanib o'tishi kerak bo iib qoladi. Eritmalarda ko'pincha ion reaksiyalar borganligi sababli ularga erituvchining dielektrik singdiruvchanligi va eritmaning ion kuchi ta’sir qiladi. Eritmaning ion kuchi birlamchi va ikkilamchi tuz effektlarini keltirib chiqaradi. Kimyo sanoatida jarayonlami tezlashtirish usullarini islilab chiqish. xalal beruvchi qo‘shimcha reaksiyalarning tezligini kamaytirish, uskunalarni avtomatlashtirish borasida kimyoviy jarayonlarni vaqt birligi ichida sodir boiish qonuniyatlarini o‘rganish talab qilinadi.
Kinetik tenglamalar asosida tuzilgan grafik bogianishga kinetikegrilar deyiladi. Kinetik egrilar turli xil boiadi. Masalan, moddaunumining vaqtga bogiiqligi 4 xil ko‘rinishga ega (VII. 1-rasm).
Reaksiyalar boshlang'ich moddalaming agregat holatiga qarab yoki ularning o'zaro eruvchanligiga asosan gomogen va geterogen sistemalarda ketadiganlarga boiinadi. Ikkita faza chegarasida ketadigan kimyoviy va fizikaviy jarayonlar muhim amaliy ahamiyatga ega. Rudalardan metallarning qaytarilishi, qattiq yoqilg'ining yonishi, bug'lanish va kondensatlanish, erish va kristallanish, adsorbilanish va absorbilanish, katalitik reaksiyalar, elektrod-elektrolit eritmasi chegarasidagi elektrokimyoviy reaksiyalar va boshqa, ja rayonlar geterogen reaksiyalarga kiradi. Reaksiya davomida yangi faza hosil boisa, geterofazaviy reaksiya degan tushuncha ham ishlatiladi. Hozirgi tasavvurlarga ko'ra geterogen jarayonlar uch guruhga boiinadi: kinetik, diffuzion va oraliq sohalarda boruvchi reaksiyalar.
U quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
- reagentni eritmadan qattiq jism sirtiga yetkazish;
- qattiq jism sirtida kimyoviy reaksiyaning sodir bo'lishi;
- reaksiya mahsulotlarini sirtdan eritma ichiga olib o'tish. Reaksiya tezligi boshlang'ich moddalaming muhitga kirish tezligidan
katta bo'lsa, reaksiya diffuzion sohada borayotgan bo`ladi.