Denov tadbirkorlikva pedagogika instituti.ijtimoiy-gumanitar fakulteti.Filalogiya va tillarni oʻqitish:oʻzbek tili yoʻnalishi 2-bosqich 203-guruh talabasi Xolmoʻminova Sevaraning oʻzbek adabiyoti tarixi fanidan tayyorlagan
taqdimoti
Forever Love
Mavzu:Tazod san'atiga doir baytlarni toʻplash.
Reja:
Tazod san'ati haqida ma'lumot.
Alisher Navoiy ijodida tazod.
Bobur baytlarida tazodning oʻrni
Tazodli baytlarga misollar
Tazod, mutobiqa, mutazod (arab. — zidlash) — badiiy tasvirning taʼsirchan va keng qoʻllanadigan vositalaridan. Nasrda ham, nazmda ham uchraydi. Oʻzaro zid tushunchalarni ifodalovchi soʻz yoki iboralarni ishlatishda koʻzga tashlanadi:Gahe tobtim falakdan notavonligʻ, Gahe koʻrdim zamondan komronligʻ. Base issigʻ-sovugʻ koʻrdim zamonda, Base achchigʻchuchuk togtim jahonda.
(Navoiy).
Tazod (ar. - zid qo'yish, qarshilanish) - baytda ma'no o'rnatma o'zaro zid, qarama-qarshi bo'lgan so'zlarni qo'llashga chidamli she'riy san'at. Nazm va nasrda keng qo'shiq. Ilmi badi'ga doir manbalarda tazod san'ati turli nomlar bilan yuritilgan. guruhi, ushbu san'at Umar Roduyoniyning "Tarjumon ul-balog'a" (11-a.), Toj al-Halaviyning "Daqoyiq ush-she'r" (14-a.), Sharafiddin Romiyning "Haqoyiq ul-hadoyiq" (14-a.) asarlarida mutazod, Rashididdin Vatvotning "Hadoyiq us-sehr" (12-a.), Shayx Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog'a" (1436-37), Husayn Voiz Koshifiyning "Badoyi' ul-afkor" "(15-a.) asarlarida al-mutazod, Shams Qays Roziyning "Al-mo'jam" (1218-1233), Hamididdin Najotiyning "
Tazod haqdagi ushbu kengroq ma'lumot Atoulloh Husayniyning "Badoyi' us-sanoyi'" (15-a.) asarida berilgan bo'lib, muallif o'z asarining lafziyu ma'naviy (mushtarak) san'atlarga ajratilgan mutobaqa atamasi ostida. san'atga to'xtalib o'tadi va tajnis san'atining tiboq, tatbiq, tazod va takofu deb ham yuritilishini ta'kidlaydi. Risolada bu atamalarning har biriga alohida izoh berilib, hujjat
lug'aviy ma'nosi keltiriladi.
Tazod sanʼati narsa-hodisalarni zidlash orqali hosil qilinadi.
Atoyi sheʼrida yorning qop-qora sochini laylat ul-qadrga, oppoq yuzini esa subhi sodiqqa oʻxshatadi. Bir-birini inkor etuvchi ikki tushuncha ustalik bilan qoʻllangani uchun ham sanamning tengsiz chiroyini kitobxon koʻz oldida aniq va taʼsirchan tarzda tasavvur eta oladi:
Manga sensiz tirilgandin oʻlim yuz qatla ortuqdur,
Bu soʻzda, haq bilur, koʻnglum tilim birla muvofiqtur.
Bu yerda “tirilmoq” va “oʻlmoq” soʻzlari oʻzaro zid qoʻyilgan.
Quyidagi baytdagi tazodlar “nasya” bilan “naqd” soʻzlari tufayli hosil boʻlgan:
Bu kun vaslingni tark ayla, tilar jannat zohidlar,
Berurlar nasyagʻa naqdni, u ne nodon xaloyiqtur?
(Atoyi)
Sheʼriy sanʼatlarni qoʻllashda ham Navoiy dahosiga qoyil qolmaslikning iloji yoʻq. Quyidagi misolning har ikki misrasida ham tazod mavjud:
Mengizlari gul-gul, mijalari xor,
Qaboqlari keng-keng, ogʻizlari tor.
(Alisher Navoiy)
Alisher Navoiy ijodida ham tazod san'ati yuksak mahorat bilan qo'llanilgan bo'lib, Shoir g'azallangan bo'lib, ushbu san'atning ikki bosqichida ko'zga tashlanishi. Ba'zi o'rinlarda Navoiy g'azalning bir yoki bir baytidagi tazod usulidan foydalansa, Shoirning ayrim g'azallari boshidan-oxirigacha ushbu san'at asosiga ko'ra ko'ramiz. Masalan, masalan, g'azal mat'ida birinchi misra faqat zid ma'noli so'zlardan tashkil topganligini ko'ramiz:
Ne tirigmen, ne o'lug, ne sog', ne bemormen,
Ayta olmankim, firoqingdin ne yanglig' zormen.
(G‘aroyib us-sig‘ar, 497-g‘azal).
Гар ошиқ эсанг, зебу такаллуфни унут,
Яхшию ямон ишда тахаллуфни унут,
Ўтган гар эрур ямон, таассуфни унут,
Келган гар эрур яхши, тасарруфни унут.
Гар ошиқ эсанг, меҳру вафо қилма ҳавас,
Дард иставу дафъиға даво қилма ҳавас,
Ҳижрону висол мутлақо қилма ҳавас,
Дилдорингдин ғайри ризо қилма ҳавас.
Ғурбатда ғариб шодмон бўлмас эмиш,
Эл анга шафиқу меҳрибон бўлмас эмиш.
Олтун қафас ичра гар қизил гул бутса,
Булбулға тикандек ошён бўлмас эмиш.
Зоҳид сену ҳур, манга жонона керак,
Жаннат санга бўлсун, манга майхона керак.
Майхона аро соқию паймона керак,
Паймона неча бўлса, тўла ёна керак.
Менменму висол умидидин шод ўлған,
Бир-бир ғаму андуҳдин озод ўлған.
Оз-озғина берган сойи гул атри насим,
Булбулдек ишим нолаву фарёд ўлған.
LOREM IPSUM DOLOR
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir.
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidir.
Bu ruboiyda “vafo-jafo”, “yaxshi-yomon” so’zlari bir-biriga zid ma’noni ifodalaydi.
Keldi ramazonu men taqi bodaparast,
Iyd o’ldi-yu, zikri, may qilurmen payvast.
Ne ro’za-yu ne namoz yillar, oylar,
Tun-kun mayi ma’jun bila devonayu mast.
Ushbu ruboiyda tazod qo’llangan bo’lib, bu san’atni “tun-kun” so’zlari tashkil etgan.
Quyidagi ruboiyda esa, gul va tikon, hazil va jiddiy, yaxshi va yomon so’zlari orqali bu san’at yuzaga keltirilgan:
Har yerda gul bo’lsa, tikon bo’lsa ne tong,
Har qaydaki may durdidan bo’lsa netonga,
She’rimda agar hazil, agar jiddiy kechiring,
Yaxshi borida agar yomon bo’lsa ne tong.
Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen,
Sen shu'lasen-u ul shu'lag'a men kuldurmen.
Nisbat yo‘qtur deb ijtinob aylamakim, Shahmen elga, vale sanga quldurmen.
Uzun sochingdin uzmasmen koʻngulni,
Ayogʻing qanda boʻlsa boshim anda.
Buning ustiga, sochdan qilingan qiltoʻr oshiqni oʻz tuzogʻiga olgani ham anglashiladi. Oshiq shu qadar xoksor va yalinchoqki, maʼshuqaning “ayogʻi qanda boʻlsa, oshiqning boshi anda”. Yaʼni u suyuklisi tashlagan qadamga bosh uradi. Bu oʻrinda zidlik – tazod sanʼatidan foydalanadi
Sheʼrning maqtaʼsi gʻoyat samimiy bir tuygʻu ifodasi bilan yakun topgan: odamlar oshiqqa yuksak mansab-martabalar tilaydilar, lekin Atoyi – “sarvi ozod”ga banda, yaʼni qul. Buni u oʻzi istaydi. Shu oʻrinda qizning goʻzal qaddi-qomati “sarvi ozod” orqali berilganini koʻrish mumkin. Mumtoz adabiyotda qad hamisha sarvga oʻxshatilib kelingan. “Ozod” soʻzi lugʻatlarda tik, chiroyli oʻsgan sarvga aniqlovchi sifatida qoʻllanilgan. Umumiy maʼnosi xushqomat goʻzalga toʻgʻri keladi. Lekin bu muhim emas, muhimi sarvning “ozod”ligi bilan oshiqning “banda”, yaʼni qul ekani qarshilantirib tasvirlanayotganida:
Tilar el mansabi oliy va lekin
Atoyi sarvi ozodinggʻa banda.
Atoyi sheʼrlarida tazod – qarshilantirish sanʼatidan mahorat bilan foydalanadi. Chunonchi, “Soching chun laylat ul-qadr-u yuzing chun subhi sodiqdur” misrasi bilan boshlanadigan gʻazalida ham shu sanʼatni ustalik bilan qoʻllab, taʼsirli badiiy samaraga erishganligini koʻrish mumkin. Shoir yorning qop-qora sochini laylat ul-qadrga, oppoq yuzini esa subhi sodiqqa oʻxshatadi. Bir-birini inkor etuvchi ikki tushuncha ustalik bilan qoʻllangani uchun ham sanamning tengsiz chiroyini toʻldirishga xizmat qiladi.
Manga sensiz tirilgandin oʻlim yuz qatla ortuqdur,
Bu soʻzda, haq bilur, koʻnglum tilim birla muvofiqtur, –
deydi shoir shu gʻazalning uchinchi baytida. Samimiy iqror sheʼrning taʼsir darajasini oshirgan. Shoirning oshiqligi shu darajadaki, u maʼshuqasiz hayotdan oʻlimni afzal biladi va bu gapni chin dildan izhor etadi.
Keyingi baytda ham tazod faol tasvir vositasi sifatida qoʻllangan. Faqat bu yerda birinchi misradagi birdaniga ikkita soʻzning ziddi keyingi misradagi yana bir juftlikka zid holda qoʻllangan. Ayni paytda, oldingi misradagi soʻzlarning takrori shoir koʻzda tutgan maʼnoning yanada kuchaytirilishi uchun ham xizmat qilgan.
Diydor ila qoniʼ emas erdim esa, hajring
Bisyor jafo ayladi, kamdur manga, ey doʻst.
Tazodlar silsilasini istifoda etish keyingi bandda ham davom etadi. Bu yerda “bisyor” va “kam” soʻzlari shu vazifani ado etadi. Zehn solib qarasak, baytning birinchi misrasida ham zid maʼnoli soʻzlar ishtirokini ilgʻashimiz mumkin. Bu diydor va hajr soʻzlari orqali amalga oshgan. Aslida, “hajr”, “hijron” degan soʻzlar “vasl”, “visol” degan soʻzlar bilan zid maʼnolilikni tashkil etadi. Bu yerdagi “diydor” oʻsha “visol” soʻzining maʼnodoshidir. Demak, bu yerda ham sal yashirinroq tarzdagi tazod qoʻllanmoqda ekan.
Toʻrtinchi baytdagi tazod sen va men olmoshlari orqali namoyon boʻlgan. Ammo asosiy urgʻu oshiqning yorga sadoqatini izhor qilish hamda buning evaziga yana oxiri yoʻq jabr va sitamlarga duch kelayotganidan shikoyat etishga tushayotgani koʻrinib turibdi.
Odamgʻa seni oʻxshata bilmonki, parisen,
Nortek yanoqing bogʻi Iramdur manga, ey doʻst.
Bularning hammasi yorning chiroyi, goʻzalligi, oʻziga xosligini koʻrsatishga qaratilgan.
Navbatdagi bayt ham shu ruhni davom ettiradi. Bu niyatga odam va pari ziddiyatini keltirish orqali erishiladi. Endi tanosib sanʼati ishga solinadi. Bu sanʼatning mohiyatini matnda oʻzaro mantiqiy aloqador boʻlgan soʻzlardan foydalanish tashkil etadi. Eʼtibor bering: yuz (yanoq) odamda boʻladi. Bu yuzning rangi anorga oʻxshash. Demak, yorning yuzida bogʻning alomatlari mavjud. Ammo shoir yorni odamlar toifasidan emas, balki pari demoqda. Parining yashaydigan joyi esa Eramda, aniqrogʻi Eram bogʻidadir. Shoir yor goʻzalligini uning yuzidayoq mujassam ekanligini aytish uchun mana shu mantiqiy silsilalardan foydalangan.
Qoʻy qissayi Jamshedni jomi ilgingdin,
Gar boʻlsa dame mulkati Jamdur manga, ey doʻst.
E'TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT.
Do'stlaringiz bilan baham: |