Futbol toʻpi futbolda oʻynaluvchi sharsimon toʻpdir. Futbol qoidalariga koʻra toʻpning aylanasi 68-70 sm, massasi 410—450 g, ichki havo bosimi 55-80 kPa, usti charm yoki shunga oʻxshash material bilan qoplangan boʻlishi zarur.[1]
Futbol toʻplarini bir qolipga keltirish 1863-yilda, toʻplarning qanday boʻlishi haqidagi qoidalar joriy etilishi bilan boshlandi. 1872-yili bu qoidalarga oʻzgartirishlar kiritildi.
Hozirgi toʻplar 32 yoqli sharsimon ikosaedr shaklidadir, ulardan 12 tasi muntazam beshburchak, 20 tasi muntazam oltiburchakdir.
Ikosaedr va futbol toʻpi.
Futbol toʻplari avvalboshda bir rangli: jigarrang, oq boʻlgan. 1960-larda oq-qora televideniyedagi futbol matchlari efirlari uchun toʻplar oq-qora rangga boʻyala boshlandi. Rangli televideniye yoyilishi bilan bu odat keraksiz boʻlib qolib, endilikda toʻplar har xil ranglarga boʻyalmoqda.
Rossiyaning taniqli hakamlaridan biri Almir Kayumov chorshanba kuni Moskvadagi kvartirasida o'z joniga qasd qilmoqchi bo'ldi. Moskva ichki-ishlar xodimlarining ma'lum qilishlaricha, rossiyalik referi o'zini oynadan tashlamoqchi bo'lgan.
Kayumov o'zini pastga tashlamoqchi bo'lgan bir paytda kimdir uni kurib qolgan. Natijada hakamning qayoti saqlanib qolindi. Ayni damda Kayumov ruxiy shifoxonada tekshiruvdan o'tkazilmoqda. Unga qanday tashqis qo'yilgani esa sir saqlanmoqda.
“Marca” va “La Gazzetta dello Sport” nashrlari o'quvchilari Chempionlar ligasi 2008/09 yilgi mavsumining eng yaxshi o'yinchisini aniqlab berishdi.
Unga ko'ra, Messi ikki yuz ming dan ortiq ochko jamg’argan yagona o'yinchi sifatida qayd etildi va bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Undan keyingi o'rinlarni esa "Yuventus" sardori Alessandro Del Pero va Messining jamoadoshi Andres Inestalar egallashdi. Marhamat, to'liq ro'yxat bilan tanishing:
Lionel Messi (Barselona) -213.000 , Alessandro Del Pero (Yuventus) -196.000, Andres Inesta (Barselona)- 167.000, Krishtianu Ronaldu (Real)-103.000 , Frank Riberi (Bavariya)-70.000 , Stiven Jerrard (Liverpul)- 67.000, Serxio Aguero (Atletiko) -50.000 , Iker Kasilyas (Real) -44.000 , Raul Gonsales (Real)- 43.000 , Ruud Van Nistelroy (Real) - 38.000.
Bungacha Messi UEFA tomonidan Chemionlar ligasidagi ishtiroki uchun musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi va hujumchisi sovrinlari bilan taqdirlangan edi. Shuningdek, Ispaniya futbol federatsiyasi ham Messini Primeroning eng yaxshi o'yinchisi va qujumchisi deb topgan edi. Endilikda, ushbu futbolchini Evropa va Jahonning tengsiz futbolchisi deb topilishi qoldi xolos.
Germaniya milliy terma jamoasining yaqin o'tmishdagi darvozaboni, taniqli golkiper Robert Enke seshanba kuni bu dunyo bilan vidolashdi. U yurib ketayotgan poezd g’ldiraklari ostida halok bo'ldi. Politsiya, Enke o'z joniga qasd qilgan, degan taxminni ilgari suryapti, deya xabar bermoqda Assoshieyted Press. Shu yilning avgustida 32 yoshga to'lgan darvozabon 2007 yilda terma jamoa tarkibiga jalb qilingan va 8 o'yinda ishtirok etgan. Taniqli posbon Enke o'z professional faoliyatini 1995 yilda “Karl Tseys” (Yena) jamoasida boshlagandi. Keyin Myunxengladbaxning “Borussiya” klubida o'ynadi. 1999 yilda esa u Portugaliyaga ko'chib o'tdi. 2002 yilni u “Benfika” safida o'tkazgan. O'sha mavsumdan so'ng undagi iste'dodni payqagan “Barselona” murabbiylari uni Kataloniya jamoasiga taklif etishdi. Biroq bu jamoada u bor-yo'g’i bitta o'yinda maydonga tushdi va keyinchalik boshqa klublarga ijaraga berib yuborildi. 2004 yildan u “Gannover” tarkibida to'p surdi. 2009 yilda esa Germaniyaning eng yaxshi darvozaboni unvoniga sazovor bo'lgandi. Shunday qilib futbol yana bir iqtidorli vakilidan ayrildi.
Milan» yarim himoyachisi Ronaldino 40 yoshigacha yuqori saviyada o'ynashga tayyorligini ma'lum qildi. Ya'ni u Paolo Maldini yo'lidan bormoqchi. Oldinroq 29 yoshli futbolchining faoliyatini yakunlashi borasida xabarlar tarqagandi.
Shuningdek, Ronaldino faoliyatini «Milan»da tugatishi mumkinligini ham gapirib o'tdi. «Hozircha hayotimni futbolsiz tasavvur qila olmayman. Kuchim bor ekan o'ynashda davom etaman. Maldini singari 40 yoshimgacha futbol o'ynamoqchiman. Bundan tashqari faoliyatimni «Milan»da tugatish niyatidaman. Bu erda o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Gollarga assistentlik qilayotganimdan lazzat olmoqdaman. O'zimni hech qachon to'purar hisoblamaganman. Men uchun eng ma'quli hujumchilarga to'p uzatish»,-dedi Ronaldino «Gazetta dello Sport»ga bergan intervyusida.
Malumki o’zbek fanatlari orasida kompyuter o’yinlariga qiziquvchilar ko’pchilikni tashkil etadi. FIFA o’yning shinavandalari yetarlicha topiladi. Bundan bir qancha vaqt avval FIFA 09 va FIFA 10 o'yinlari uchun "Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalarining patchlari yaratilgandi. Hozirda ana shu yuklamalardan foydalanib, klublarimiz bilan g’alaba qozonayotgan geymerlarimiz qatoriga vodiylik, xususan farg’onalik geymerlar ham qo'shiladigan bo'ldi. Chunki yaqindagina "Paxtakor" klubi patchini yaratgan ijodkor geymerlar farg’onaliklarning iltimoslariga ko'ra "Neftchi" klubining patchini ham omma e'tiboriga havola etishdi. Aytish joizki, patch anchayin haqqoniy yaratilgan. Unda klub logotipi, formalari rangi va hatto stadion ko'rinishi ham imkon qadar haqiqiysiga yaqinlashtirilgan. Ushbu patchni ko'chirib olish uchun pastdagi havolani bosasiz.
http://file.comnet.uz/ru/download/1033
Mini-futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining delegatsiyasi 9 noyabr kuni soat 17:00 da Vetnamning Xoshimin shahridan Toshkentga qaytib keldi. Ma'lumki, Serjio Sapo shogirdlari Vetnamda bo'lib o'tgan yopiq sport inshootlaridagi III-Osiyo o'yinlarida ishtirok etib, faxrli uchinchi o'rinni band etdi.
Ta'kidlash lozimki, o'zbekistonlik futzalchilar guruh o'yinlarini yuz foizlik natija bilan yakunlab, 1-o'rinni egallashdi va musobaqaning chorak finalida ancha kuchli sanalgan Saponing sobiq jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga chiqishdi. 5:3 hisobida ishonchli g'alabaga erishgan terma jamoamizni yarim finalda Osiyoning grandlaridan biri Tailand termasi kutib turardi. O'yin ham bu narsani to'la isbotladi. 3:1 hisobidagi g'alaba Tailandni musobaqaning xal qiluvchi bellashuviga etakladi. O'zbekiston esa, 3-o'rin uchun bahsda qo'shni Turkmaniston terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi va musobaqaning bronza medallariga egalik qildi.
Dam olish kunlari yevropaning bir qator mamlakatlarida milliy chempionat uchrashuvlari, navbatdagi tur o’yinlari bo’lib o’tdi. "Kuchli beshlik"ning yetakchi davlatlari Italiya, Ispaniya va Angliya chempionatlari nabatdagi tur o’yinlarida qayd etilgan hisoblar bilan marhamat tanishib oling.
O’zbekiston Oliy Ligasining navbatdagi 2009-yilgi mavsumi ham yakuniga yetdi. Garchi xali oldinda qoldirilgan Mash’al – Bunyokor uchrashuvi bo’lsada musobaqa jadvalida o’zgarishni ko’rmaymiz. Keyingi yili Osiyo chempionlar Ligasida Bunyodkor va Pahtakor jamoalari, OFK kubogida esa Nasaf jamoasi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Oliy Ligani Buhoro va So'g’diyona jamoalari tark etishdi. Ularning o’rnini kim to’ldirishi hali aniq emasligi tufayli bu haqda yozmadik.
Yaqinda Madridning «Atletiko» rahbarlari Argentinalik Serxio Aguero borasida «Chelsi»dan taklif olganlari haqida ma'lum qilgandilar. Ammo londonliklar ustozi Karlo Anchelotti bu xabarlarni inkor etdi. Italiyalik murabbiyning ma'lum qilishicha, «Aristokratlar»ga hozircha Aguero kerak emas ekan. «Aguero yosh va jahonning eng iqtidorli futbolchilaridan biri hisoblanadi. U ajoyib futbolchi va har qanday jamoa Serxioni o'z safida ko'rishni istaydi. Lekin ayni paytda biz uni sotib olishni rejalashtirmaganmiz», - dedi Anchelotti.
«Manchester Siti»ning argentinalik hujumchisi Karlos Teves jahonning eng xunuk futbolchilaridan hisoblanadi. O'zining aytishicha, yuzidagi chandiqlardan voz kechish uchun hech qachon jarrohlik stoliga yotmas ekan.
«Men o'z yuzimni, badanimni dunyodagi barcha pullar evaziga ham alishtirmayman. Ya'ni yuzimdagi chandiqlarni yo'qotish uchun operatsiya qildirmayman. Xudo yuzimda chandiqlar bo'lishini xohlagan bo'lsa, shunday qoladi. Men qech narsani o'zgartirmoqchi emasman.
Bolaligim og’ir o'tgan. Men yashagan tumanda jinoyatchilik avj olgandi. Tunlari hayqiriqlar, o'q va yig’i ovozlari eshitilardi. Ertalab maktabga ketayotganimda ko'chalarda odamlar o'lib yotganini ko'p ko'rganman. O'sha insonlarning hayotlari narkotiklar bilan bog’liq edi. Ko'plari o'g’irlik tufayli shu ko'yga tushishgan. Eng yaqin do'stim bundan besh yil oldin politsiya tomonidan o'ldirilgan. Bolaligimda oldimda ikki yo'l bor edi: jinoyat va futbol. Men ikkinchi yo'lni tanlaganman. Futbolchi bo'lish eng katta orzum edi. Futbol mening hayotimni saqlab qolgan. Yuzimdagi chandiqlar esa menga bolaligimni eslatib turadi», - dedi Teves.
Azerisport.com saytining xabar berishicha, Ozarbayjon chempioni “Boku” jamoasi yanvar oyida Moskvada bo'lib o'tadigan navbatdagi “Hamdo'stlik Kubogi”da ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. “Boku” klubi menejeri Zeynal Mamedov “Bolshoy futbol” gazetasiga bergan intervyusida shunga sha'ma qilib o'tgan. Ammo yakuniy qarorni klub rahbarlari keyinroq ma'lum qilishadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan haftada O'zbekiston chempioni “Bunyodkor” ham Moskva bormaslikka qaror qilgandi.
Payshanba kuni tushdan so’ng O’zbekiston Oliy Ligasi 29-tur uchrashuvlari bo’lib o’tdi. E’tiborli tomoni barcha uchrashuvlar bir hil 14-30 da boshlandi.
Payshanba oqshomida Evropa Ligasi bahlari ham bo’lib o’tdi. Latsioni qabul qilgan Vilyarreal mehmonlar darvozasiga to’rtta top kiritishdi. Latsio esa bunga faqat bir bora javob qaytara oldi holos. Yana bir qiziqarli bahsda Roma Fulxem ustidan 2-1 hisobida g’alaba qozondi.
Marhamat barcha uchrashuvlarning natijalari bilan tanishib oling.
Angliya axborot manbalariga ko'ra, Evropa Chempionlar Ligasi doirasidagi “MYu” – CSKA (3:3) o'yinidan avval ingliz klubi va rus darvozaboni vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgan. Aytishlaricha, Akinfeev yanvardayoq “Qizil iblislar” tarkibiga qo'shilishi haqiqatga yaqin, deya xabar bermoqda “Sport-Ekspress”. Mankunianlarning ayni paytdagi asosiy darvozaboni Edvin van der Sar faoliyatini rasman dekabr oyida yakunlashini e'lon qilmoqchi, biroq agar xohlasa, keyingi yil yozigacha o'ynashni davom ettirishi mumkin.
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi portugaliyalik Krishtianu Ronaldu Gollandiyaga navbatdagi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun jo'nab ketdi. Eslatib o'tamiz, 2008 yilda ham Ronaldu aynan Gollandiyadagi mutaxassis ko'rigida bo'lgan edi. "Qaymoqranglilar" murabbiylar shtabi Ronalduning to'pig’idan olgan jarohati keyinchalik yana bezovta qilish-qilmasligini aniqlash maqsadida jo'natgan, deya xabar beradi Marca.
Mutaxassislarning javobi futbolchining JCh saralashining pley-offida Bosniya va 29 noyabr kuni primerada "Barselona"ga qarshi maydonga tusha olishi yoki tusha olmasligiga oydinlik kiritib beradi.
Avvalroq tarqatilgan xabarlarga ko'ra, Krishtianu kelayotgan shanbada, primeraning 10-turida "Atletiko"ga qarshi maydonga tushishi kerak edi. "Oltin to'p" - 2008 sovrindori Chempionlar ligasining guruh bosqichida "Marsel" bilan o'yinda jarohat olgan edi. JChning saralash o'yinida esa Vengriyaga qarshi yana maydonga tushib olgan jarohatini yanada jiddiylashtirib yuborgan edi. U madridliklarning so'nggi 7 uchrashuvini o'tkazib yubordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |