Ottenkalar tasnifi. Ottenkalar tilshunoslikda majburiy, individual va fakul`tativ turlarga
ajratiladi.
1.Majburiy ottenkalar fonemaning so‘z tarkibidagi yoki nutq oqimidagi fonetik qurshov
ta`sirida yoki ma`lum fonetik pozitsiya talabi bilan o‘zgargan ko‘rinishlaridir. Ular o‘z navbatida
kombinator ottenkalar va pozitsion ottenkalarga bo‘linadi:
a) kombinator ottenkalar so‘z tarkibidagi tovushlarning bir-biriga ta`siri natijasida yuzaga
keladi. Masalan, jarangli «z» fonemasi mazkur so‘zi tarkibida jarangsiz k undoshi ta`siriga
uchraydi va jarangsiz «s» tarzida (maskur deb) talaffuz qilinadi
b) pozitsion ottenkalar undosh fonemalarning so‘z oxirida kelgan, unli fonemalarning
urg‘uli yoki urg‘usiz, ochiq yoki yopiq bo‘g‘inlarda qo‘llangan ko‘rinishlaridir. Masalan,
jarangli «b» va «d» fonemalari so‘z oxirida jarangsiz «p»va «t» tarzida talaffuz qilinadi:
tartib>tartip,omad> omat kabi. Bundagi «p» va «t» tovushlari jarangli b va d fonemalarining
pozitsion ottenkalari sanaladi, i unlisi bilan so‘zida qisqa va kuchsiz (urg‘usiz bo‘g‘inda
bo‘lganligi uchun), o‘rik so‘zida kuchliroq (urg‘uli bo‘g‘inda bo‘lganligi uchun), bir so‘zida tor
(to‘la yopiq bo‘g‘inda bo‘lganligi uchun), endi so‘zida esa bir oz kengaygan holatda-ende
shaklida (so‘z oxiridagi ochiq bo‘g‘inda bo‘lganligi uchun) talaffuz etiladi. Bu ko‘rinishlarning
barchasi bitta i fonemasining turli pozitsion ottenkalari hisoblanadi
v) fonema ottenkalarining yuzaga kelishida ba`zan kombinotor va pozitsion omillar birga
qatnashadi, natijada fonemaning kombinator-pozitsion ottenkasi (aralash ko‘rinishi) shakllanadi.
Masalan old qator i fonemasi qilich so‘zining birinchi bo‘g‘inida q ning ta`siriga duch kelib, o‘
ga moyil talaffuz etiladi(kombinator ottenka), ayni paytda urg‘usiz bo‘g‘inda bo‘lganligi uchun
bu fonema kuchsizlanadi (pozitsion ottenka).
Fonemalarning kombinator va pozitsion ottenkalari tilshunoslikda shu fonemalarning
allofonlari deb ham yuritiladi.
Har bir fonema nutq oqimida o‘zining yuqoridagi ottenkalaridan biri shaklida namoyon
bo‘ladi, bunday ottenkalar ichida bittasi shu fonema uchun tipik bo‘ladi - kam o‘zgaradi yoki
butunlay o‘zgarmaydi: fonemalarning kuchli pozitsiyadagi ko‘rinishlari bunga misol bo‘ladi.
Masalan, daraxt so‘zi boshida yoki bodom so‘zi o‘rtasida qo‘llangan d fonemasining akustikartikulyatsion
belgilari shu fonemaning alohida (nutqdan tashqarida) olingan belgilaridan deyarli
farq qilmaydi. Fonemaning bunday ko‘rinishi shu fonemaning asosiy ottenkasi yoki fonema
qatoridagi dominanta deb qaraladi. qolgan barcha ko‘rinishlar esa asosiy bo‘lmagan (notipik)
ottenkalar sanaladi. Notipik ottenkalar fonetik qurshovdagi tovushlarga ko‘proq darajada qaram
bo‘ladi.
g) majburiy ottenkalarning adabiy so‘zlashuvga va jonli so‘zlashuvga xoslangan uslubiy
ottenkalari ham uchraydi ko‘ylak (l-adabiy so‘zlashuvga xos) > ko‘ynak (n-jonli so‘zlashuvga
xos), qarmoq (r-adabiy so‘zlashuvga xos)> qalmoq (l-jonli so‘zlashuvga xos) kabi.
Fonemalarning uslubiy ottenkalaridan uslubiy (stilistik) maqsadlarda foydalaniladi.
So‘zlovchi va tinglovchining xotirasida, odatda, fonemaning asosiy ottenkasi ornashib
qolgan bo‘ladi, shu bois inson nutq oqimida fonemaning o‘zgargan ottenkasi qo‘llanganligini
sezmaydi, uni asosiy ottenka sifatida qabul qiladi:fonemaning lingvistik-funktsional (fonologik)
xususiyati shuni taqozo etadi. Masalan, tub va tup so‘zlari oxiridagi b va p fonemalari bir xil
talaffuz etiladi tup (1) va tup(g‘) kabi, ammo inson bu ikki so‘zning ma`nolarini farqlashda
qiynalmaydi, chunki tub so‘zining oxiridagi fonemaning aslida p emas, b ekanligi uning
xotirasida mustahkam ornashib qolgan. Demak, fonemalarning til va nutqdagi tanituvchi
funktsiyalari realizatsiyasida ularning fizik-akustik belgilari emas, lingvistik-funktsional belgilari
muhim rol` o‘ynaydi. Bularni O‘rganish fonologiyaning vazifasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |