shovqindan iborat bo‘ladi.
Akustik jihatdan tovushning balandligi, kuchi, tembri va cho‘ziqligi farqlanadi.
Tovushning balandligi tebranishning miqdori bilan belgilanadi: tebranish qancha ko‘p bo‘lsa, tovush ham
shunscha baland bo‘ladi va tebranish oz bo‘lsa, tovush ham past bo‘ladi.
Tovushning kuchi tebranishning shiddatiga bog‘liq. Tebranish darajasi qancha katta bo‘lsa, tovush ham
shuncha kuchli ciqadi. Tovushning tembri (sifati) asosiy ton va obertonlarning , shuningdek, rezonator tonlarning
qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Tembr bir tovushni boshqa tovushdan, bir kishining ovozini boshqa kishining
ovozidan, dutorning ovozini karnay ovozidan farqlaydi.
Tovushning cho‘ziqlik darajasi tebranish davom etgan vaqt bilan o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |